5.rasm.O‘rta Osiyoda bedananing tarqalish areali: 1.Uya qurishi. 2.Yozgi uchrash joyi. 3.Bahorda uchib o‘tish joyi. 4.Kuzda uchib o‘tish joyi. 2.3. Qirg`ovul - Phasianus colchicus U. Qirg‘ovul turi doirasida 30 ta kenja turlari borligi ma’lum (Stepanyan, 1990). O‘rta Osiyo qirg‘ovulning 8 ta kenja turlari geografik izolab xolida uchraydi. Bular: Yettisoy, Zarafshon, Amudaryo, Xiva, Tojik, Murg‘ob va Fors qirg‘ovullari deb nomlangan. Shulardan O‘zbekiston Respublikasi hududida 6 ta kenja turi yashaydi. Quyida ana shu kenja turlar haqidagi ma’lumotlarni keltiramiz.
Z arafshon qirg`ovuli. R. S. Zerafschonicus tarn. Bu kenja tur qirg`ovullar Zarafshon vodiysi bilan Qashqadaryoning Shahrisabz va Kitob rayonlari atroflaridagi to‘qayzorlarda yashaydi. Zarafshon qirg‘ovulini bazan tog‘ daralarida ham uchratish mumkin. Zarafshon va Qashqadaryo vodiysidagi qirg‘ovullar keyingi yillarda juda kamayib ketdi. Ayrim joylarda uni topish amri mahol. Shuning uchun 1959-yili Samarqanddan 12 km narida Zarafshon zakaznigi tashkil qilingan edi.
Xiva qirg`ovuli R. S. Chrysomelos sev. Qirg‘ovulning bu turi Xorazm va Qoraqalpog`istonda tarqalgan bo‘lib, Amudaryo vohasi daryo irmoqlari va o‘zlashtirilgan yerlarda, orol dengizi bo‘ylarida yashaydi.
Tojikiston qirg`ovuli. P. C. Bianchii but. Bu xil qirg‘ovulni Surxon vohasining To‘ralang daryosi irmog‘i boshlanadigan joydan tortib
6-rasm. Amudaryogacha bo‘lgan maydonlarda uchratish mumkin. Bu yerlarda ham qirg`ovul kamayib ketayotganligini ko‟zda tutib, 1962-yilda yo‘qolib borayotgan ba’zi hayvon va parrandalarni, jumladan, qirg‘ovulni saqlab qolish hamda ko‘paytirishi maqsadida konfrensiya tashkil etilgan edi.
Sirdaryo qirg`ovuli. P. C. Turcestaincus lorenz. Angeren, Sirdaryo va Chirchiq daryolari bo‘ylarida hamda Farg`ona vodiysida yashaydi. To‘qayzorlar va qamishzorlarning o‘zlashtirilishi, shuningdek, surinkasiga ov qilinganligi oqibatida bu yerlarda qirg‘ovul haddan tashqari kamayib ketdi. Qushning butunlay qirilib ketmasligi maqsadida ular bor joylarda, shu jumladan, Chinoz rayonida Oqqum zakaznigi, Dalvorzin hamda Oqchinda Turkiston Harbiy okruglarining ov xo‘jaliklari barpo etilgan.Qirg`ovullarning hamma turiga xos biologik ma’lumotlarni eslatib o‘tish kerak.