Tovushlarning nutqdagi pozitsion va kombinator o‘zgarishlari
Tovushlarning almashuvi. YUqoridagi tovushlar almashuvi ikki yoki undan ortiq tiUarda uchraydi. Bir tildagi so‘zlarning har xil formalarida ham tovushlar almashuvi ro‘y beradi. Bunday tovushlar almashuvi alternatsiya deb ham yuritiladi. Almashinuvchi tovushlarni esa, alternantlar deyiladi. Tovushlar almashinuvining turli morfe-malardagi xususiyatlarini morfonologiya o‘rganadi.
Tovushlarning almashinuvi ikki xil bo‘ladi: fonetik (pozitsion) va ta-rixiy. Fonetik almashuv deb tilning hozirgi talaffuz normasiga asosan ro‘y beravchi alternatsiyaga aytiladi. Bunday almashuv tovushlarning o‘rniga boғliq bo‘lib, ma`lum holatda uchraydi.
1.CHet tilidan o‘tgan so‘zlarning bunday berilishi transliteratsiya deyiladi. Bu haqda keyinroq to‘xtaladi. Masalan: sez - seskanmoq, uyqu - uyғonmoq, sariq - sarғaymoq, bilak - bilagi kabi. Tovushlar almashuvi slavyan tillarida, ayniqsa rus tilida juda ko‘p uchraydi. Masalan, rus tilidagi ot - prefiksi sakkiz xil talaffuz qilinadi: otpusk (otpusk), otzov (odzuf), otxod (atxot). otgadat’ (adgadat), ottesnit’ (attisnit), otsepit’ (atsepit), ottepel’ (olttepel), otdelit’ (atdelit). Ularning har biri fonetik holatiga boғliq: yumshoq undosh (f), (d) undoshlaridan oldin keladi: affrikatlar (s) dan oldin, (o) urғuli holatda, (a) urғusiz holatda va
Ba`zi tovushlar almashinuvi tarixiy faktlar asosida tasdiqla-nishi mumkin. SHu sababli ularni tarixiy tovush almashinuvlari deyiladi. O‘zbek tilidagi ba`zi affikslar tarixiy jihatdan har xil bo‘lgan: -gil, -ғil, -qil, -kil, -gali, -ғali, -kali, -qali shaklida yozilgan va shunday talaffuz etilgan g-k-q tovushlari almashinuvi ana shunday tarixiy jihatdan shakllangan alternatsiyaga kiradi.
Rus tilidagi k-ch tovush almashinuvi (masalan, ruka-ruchka so‘zlarida) undoshlardan keyin kelgan til oldi unlisining ta`siri-da bo‘lgan. Aslida sifatlarning suffiksi -`n bo‘lgan. Ruch- fonetik holatiga boғliq bo‘lmay qolgan va k-ch almashinuvi pozitsion boғliqlikdan chiqib, tarixiy bo‘lib qolgan. SHu sababli uni hozirgi rus adabiy tili talaffuz normasi yordamida tushuntirish mumkin emas
Fonetik va tarixiy almashuvlari o‘rtasidagi o‘xshashlik ularning har ikkisi ham morfologik funksiyani bajarishida ko‘rinadi. Biroq fonetik tovush almashuvi tilning hozirgi talaffuz normasi bilan bogiiq bo‘lsa, tarixiy tovush almashuvi bunday xususiyatga ega emas.