Assimilatsiya. Assimilatsiya (lotincha assimilatio - "o‘xshash bo‘lish") deb tovushlarning bir-biriga ta`siri natijasida ulardan birining ikkinchisiga o‘xshash bo‘lish hodisasiga aytiladi. Odatda unlilar unlilarga, undoshlar undoshlarga assimilatsiya qilinadi.
Agar o‘zaro ta`sir natijasida tovushlar bir-biriga butunlay o‘xshash bo‘lib qolsa, to‘liq assimilatsiya deyiladi. Agar tovushlarning biror artikulyatsion - akustik belgisi o‘xshash bo‘lib qolsa, to qliq bo‘lmagan (qisman) assimilatsiya deb ataladi. Masalan, ketdi (ketti) so‘zida (t) va (d) oldingi (t) jarangsiz undosh ta`sirida o‘xshash bo‘lib qoladi. Tovushlar bir-biriga ta`sirining yo‘nalishiga ko‘ra progressiv va regressiv assimilatsiya farqlanadi. Oldin kelgan tovush keyingi tovushga ta`sir qilib, o‘ziga o‘xshatsa - progressiv assimilatsiya, aksincha, keyingi tovush oldingisiga ta`sir qilsa - regressiv assimilatsiya deyiladi. O‘xshash bo‘luvchi tovushlar yonma-yon bo‘lsa - kontakt assimilatsiya, ular o‘rtasida boshqa tovushlar bo‘lib, o‘xshash bo‘luvchi tovushlar bir-biri-dan uzoq bo‘lsa - distant assimilatsiya deyiladi.
Assimilatsiya bir so‘z ichida va so‘z birikmalari oraliғida ro‘y berishi mumkin. Masalan, o‘zbek tilidagi sotdi, otgan, rus tilidagi lodka, karobka so‘zlarida progressiv kontakt assimilatsiya jarangsizlanish bo‘yicha amalga oshiriladi.
Taqsimot (taxsimot), uluғsifat (uluxsifat), o‘taketgan (o‘taketgan), o‘qchi (o‘xchi), tanbur (tambur) so‘zlarida regressiv assimilatsiya uchraydi. Surnay (sunnay), kamay (kannay), tipirlatmoq (tipillatmoq), mahkam (makkam) (Toshkent shevasida) kabilar to‘la regressiv kontakt assimilatsiyaga misoldir. Qantak (o‘rik), qo‘ltiqtayoq (qo‘ltiғtayoғ), to‘ғnaғich (to‘naғich) kabilarda to‘la distant assimilatsiya uchraydi.
3. O‘zgarishlarning boshqa turlari. Assimilatsiya natijasida nutq tovushlari o‘rtasidagi farqlar yo‘qolib, ular bir yoki bir necha belgilari bilan o‘xshash bo‘ladi yoki uyғunlashadi. Biroq bu hodisaga aksincha bo‘lgan tovushlarning o‘zaro ta`siri ham borki, bunda tovushlarning o‘xshash-lik xususiyati yo‘qoladi. Agar so‘zdagi ikki bir-biriga o‘xshash tovushlardan biri o‘zgarib, natijada ular biror artikulyatsion-akustik belgisi yoki bir necha belgilari bilan farqlanib qolsa, dissimilatsiya (lotincha dissimilatio - "o‘xshamaslik") deyiladi. Masalan, rus va o‘zbek oғzaki nutqida dissimilatsiya ko‘p uchraydi: tumba (tunba), Tambov (Tanbov), tramvay (tranvay), kombayn (konbayn), djemper (djenper), ambar (anbar).