Yangi XXI asrda mamlakatlarning milliy iqtisodi globallashib, axborotlashgan iqtisod shakliga aylanmoqda. Ya’ni milliy iqtisoddagi axborot va bilimlarning tutgan o'rni tobora yuksalmoqda va ular strategik resursga aylangan. Dunyoda jamg'arilgan axborot va bilmlarning 90 % i so‘nggi 30 yil mobaynida yaratilgan. Axborot va bilmlar hajmining kundan-kunga ortib borishi milliy iqtisodning barcha sohalarida. jumladan, ta ’limda ham axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalaridan keng ko'lamda samarali foydalanishni talab etmoqda.
Hozirgi zamon fan texnika taraqqiyoti axborot oqimining juda ham kengayishiga olib keldi. Axborot oqimining tobora kengayib borayotganidan shu narsa ham dalolat bera oladiki, o'tgan asrning 70-yillari o'rtalariga keliboq ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyoti shunday darajaga yetgan ediki, ulardan oqilona foydalanish, ijtimoiy ishlab chiqarishni jadallashtirish uchun yiliga 10" arifmetik amalni bajarish kerak bo'ladi. Tabiiyki. Bunday murakkab hisob kitobni cho't qoqib amalga oshirib bo'lmaydi. 10 milliard kishini bir yil davomida tinmay ishlagan taqdirdagina shuncha arifmetik amalni yecha olishi mumkin.
Axborotlashtirish jarayoni deganda — inson faoliyatining muhim yo'nalishlarida olingan bilimlardan samarali foydalanish uchun ko'rilgan kopleks chora- tadbirlar tushuniladi.
Jamiyatni axborotlashtirish — yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy- texnikaviy jarayonidir.
Axborotlashgan jamiyat — ko'pchilik ishlovchilarning axborot, ayniqsa uning oliy shakli bolmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash,qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo'lgan jamiyatidir.
Axborot madaniyati deganda — jamiyat a’zolarining axborotdan maqsadli foydalanish, axborotni qayta ishlash va uzatish, zamonaviy texnik tashkiliy vositalardan va usullaridan foydalanish ko'nikmalariga ega bo'lishi tushuniladi.
Axborotlashgan jamiyatning o'ziga xos jihatlari quyidagilarda namoyon bo'ladi: