1991— 2008-YILLARDA 400 DAN ORTIQ NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR CHIQARILDI.AXBOROTLASHTIRISH FAOLIYATI SOHASIDA QONUNCHILIK YARATISH YO'LIDAGI MUHIM QADAM SIFATIDA 1995-YIL 25-YANVARDA QABUL QILINGAN „AXBOROT,AXBOROTLASHTIRISH VA AXBOROTNI HIMOYA QILISH TO'G'RISIDA“GI O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING QABUL QILINISHINI VA KUCHGA KIRITILISHINI KO'RSATISH LOZIM.
Bu Qonun ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o'rtasidagi munosabatlarni quyidagicha tartibga soldi:
favqulotda holatlarning oldini olish va xabar berishning axborot tizimlarini yaratish.
2000-yildan boshlab O'zbekiston Moliya vazirligida global integrirlashgan axborot- analitik tizimi ishga tushib, respublikamiz byudjetiga oid faoliyatni axborot bilan
ta’minlab,quyidagi ishlarni amalga oshirishni nazarda tutadi:
respublika byudjeti xarajatlarini aniqlash va bashorat qilish;
byudjet tashkilotlari o'rtasida qisqa muddatli sudalar, subvensivalar va o'zaro
hisob- kitoblarni amalga oshirish.
Global integrirlashgan axborot-analitik tizimi yordamida har kuni respublikarniz Moliya vazirligiga 214 ta tijorat banklaridan, valuta birjasidan,
Markaziy bankdan axborot uzatilib, Moliya vazirligidan esa bu tashkilotlarga qayta ishlangan axborot va ma'lumotlar yuboriladi. Bundan ko'rinib turibdiki, republikamiz
moliya tizimi yagona iqtisodiy axborot tizimini qurishga har tomonlama tayyor turibdi.
1997-yiIdan boshlab mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi yagona iqtisodiy axborot tizimi sohasidagi ishlarni boshlab yuborgan,
Respublikamiz aholisini nafaqa bilan ta’minlashda ma’lumotlar bazasi
shakllantirilgan,nafaqalar hajmini hisoblash va ularning indeksatsiyasi to'lov hujjatlari shakllari bir me’yorga keltirilgan.
Respublikamizdagi barcha tijorat banklari Markaziy bankning axborot markazi bilan bank telekommunikatsion tarmog'i orqali ulangan. Markaziy bank tomonidan bank axborotini uzatish tarmog'i yaratilgan bo'lib, u raqamli va kommutatsiya paketlari tarmoqlari majmuasidan iborat. Ushbu telekommunikatsiya tarmog'i Toshkent shahrida 1996-yildan beri samarali faoliyat ko'rsatib kelyapti. Tarmoq yordamida tijorat banklarining barcha filiallaridan Markaziy bankning bosh axborotlashtirish markaziga 64 Kbit/s tezlikda ma’lumotlar uzatilib, tizim raqamli optik tolali va radioreleli aloqa tarmoqlari yordamida faoliyat yuritadi.