TO’YINGAN UGLEVODORODLAR. To’yingan uglevodorodlar – bu uglevodorodlarning molekulalarida hamma uglerod atomlari sp3 – gibridlangan holatda bo’ladi va ular bir – biri bilan faqat σ – bog’lanish orqali birikadi.
To’yingan uglevodorodlarda uglerod atomlari orasida faqat yakka bog’ bo’lib, ikki yoki uch bog’lar bo’lmaydi, uglerodning qolgan valentliklari vodorod atomlari bilan bog’langan bo’ladi.
To’yingan uglevodorodning eng muhim xususiyatlari quydagilardan iborat :
umumiy formulasi CnH2n+2 bu yerda n ≥1.
molyar massslari M = 14n+2
nomlariga - “an” qo’shimchasi qo’shiladi.
to’yingan uglevodorodlardagi vodorod atomalarini boshqa atom yoki atomlar gruppasi almashinishi natijasida olingan alkanlarning molekulalari qoldiqlariga alifatik radikallar yoki alkillar deyiladi va R – bilan yoki ALK bilan belgilanadi.
Bir valentli qoldiqlarning (alkillar) umumiy formulasi CnH2n+1, bu yerda n≥1.
Alkillarning molyar massalari M = 14n+1.
Alkillarning nomlari “il” qo’shimchasi bilan tugallanadi.
Alkan molekulalarining tuzilishidagi o’ziga xoslik: