TO’YINGAN UGLEVODORODLARNING GOMOLOGIK QATORI
Gomolog - grekcha o’xshash deganidir.
Kimyoviy xossalari jihatidan o’xshash bo’lib molekulalarining tarkibi jihatidan bir – biridan bir yoki bir necha CH2 gruppa bilan farqlanuvchi birikmalar gomologlar deyiladi va gomologik qatorni hosil qiladi.
Gomologik qatorda har qaysi uglevodorod o’zidan oldindagi uglevodoroddan CH2 atomlar gruppasiga farq qiladi. CH2 gruppasiga gomologik farq deyiladi.
To’yingan uglevodorodlarning gomologik qatorini nemis olimi Karl Shorlemmer tekshirgan.
Alkanlarning gomologik qatori tarkibida C – C bog’I bo’lmagan eng sodda uglevodorod CH4 –ni ham o’z ichiga oladi.
Bu birikma to’yingan uglevodorodlarning eng sodda birinchi vakili bo’lib, unga metan (CH4) deyiladi. Normal to’yingan uglevodorodlarning gomologik qatori (tarmoqlanmagan) molekulalari va ularning bir valentli qoldiqlari (alkillar) quydagi jadvalda berilgan.
Dostları ilə paylaş: |