Transformatorlar va ularning ishlash prinsipi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix18.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#116030
  1   2
transformatorlar-va-ularning-ishlash-prinsipi



SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
785 
TRANSFORMATORLAR VA ULARNING ISHLASH PRINSIPI 
Hamidova Sarvinoz 
Fizika va astronomiya ta‟lim yo‟nalishi talabasi, Navoiy davlat pedagogika instituti 
Bekniyozov Sarvar 
Fizika va astronomiya ta‟lim yo‟nalishi talabasi, Navoiy davlat pedagogika instituti 
Ilmiy rahbar: t.f.d. (DSc), dots. D.I.Kamalova 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7440976 
Annotatsiya. Ushbu maqolada transformator, uning turlari va ishlash prinsipi haqidagi 
ma’lumotlar keltirilgan. 
Kalit so’zlar: elektr va magnetizm, transformator, texnik talablar, fizik kattaliklar, 
asbobning shartli belgisi. 
ТРАНСФОРМАТОРЫ И ПРИНЦИП ИХ РАБОТЫ 
Аннотация. В данной статье представлена информация о трансформаторе, его 
видах и принципе работы. 
Ключевые слова: электричество и магнетизм, трансформатор, технические 
требования, физические величины, условный знак устройства. 
TRANSFORMERS AND PRINCIPLE OF THEIR WORK 
Abstract. This article provides information about the transformer, its types and the 
principle of operation. 
Keywords: electricity and magnetism, transformer, technical requirements, physical 
quantities, device symbol. 
Turmushda foydalaniladigan jihozlarning hammasi ham ayni bir 220 V kuchlanishga 
mo‟ljallangan emas. Bu elektr asboblaridan foydalanish uchun kuchlanishni o‟zgartirish kerak 
bo‟ladi. Bunday vazifani odatdan transformatorlar bajaradi. O‟zgaruvchan kuchlanishni 
o‟zgartirib beruvchi qurilmaga transformator deyiladi. Transformator umumiy po‟lat o‟zakka 
kiydirilgan ikkita izolyatsiyalangan sim cho‟lg‟amli g‟altakdan iborat (1-rasm). 
1-rasm 
G‟alataklarni birini birlamchi cho‟lg‟am, ikkinchisini ikkilamchi cho‟lg‟am deyiladi. 
Birlamchi cho‟lg‟am yuzasida hosil bo‟lgan magnit oqimi ikkilamchi cho‟lg‟amda ham hosil 
bo‟lishi uchun o‟zaklar odatda magnit singdiruvchanligi yuqori bo‟lgan ferromagnit 
materiallardan tayyorlanadi. Bu ferromagnit o‟zaklarda aylanma Fuko toklari hosil bo‟lib, o‟zak 
qizib ketmasligi uchun o‟zak bir – biri bilan ajratilgan plastinalar shaklida tayyorlanadi. 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
786 
Birlamchi cho‟lg‟amdagi o‟ramlar soni N
1
, kuchlanish U
1
, tok kuchi I
1
bo‟lsa, ikkilamchi 
cho‟lg‟amda esa o‟ramlar soni N
2
, kuchlanish U
2
, tok kuchi I
2
bo‟ladi. 
Cho‟lg‟amlardagi kuchlanishlar nisbati mos holda o‟ramlar soni nisbatiga teng bo‟lib, bu 
nisbatga transformatsiya koeffitsiyenti deyiladi. 
Transformatorlar uchun k koeffitsiyent muhim ahamiyatga ega. Kuchlanishni qancha 
o‟zgartirish kerakligiga qarab k ning qiymati tanlanadi. Ayniqsa transformatsiya 
koeffitsiyentining birdan katta yoki kichik bo‟lishiga qarab transformator kuchaytiruvchi yoki 
pasaytiruvchi bo‟lishi mumkin. 
Agar k>1 bo‟lsa, u holda U
2
1
bo‟lib, bunday transformator pasaytiruvchi hisoblanadi. 
Agar k=1 bo‟lsa, u holda U
2
=U
1
bo‟lib, bunday transformatorda o‟zgarish bo‟lmaydi. 
Agar k<1 bo‟lsa, u holda U
2
>U
1
bo‟lib, bunday transformator kuchaytiruvchi 
hisoblanadi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin