Transformatorlarni ishlatish



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix02.01.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#46256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
5-Ma'ruza

Moyli transformatorlar 

YUklanish β 

1,3 

1,45 


1,6 

1,75 


2,0 

Davomiylik, minut 

50 

80 


45 

20 




Quruq  transformatorlar 

YUklama β 

1,2 

1,3 


1,4 

1,5 


1,6 

Davomiylik, minut 

60 

45 


32 

18 




 

 

 

 

5.3. Transformator yuklanish qobiliyati 

 

Transformator  yuklanishining  izolyasiya  eskirishiga  ta’siri

Transformatorlarning  yuklanish  qobiliyati  deganda,    ishlatishning 

ma’lum shartlarida (oldingi va keyingi yuklanish kattaligi, sovitish muhiti 

harorati,  transformatorning  alohida  qismlari  joiz  bo‘lgan  harorati) 

nominaldan  yuqori  bo‘lgan  yuklanish  bilan  ishlay  olish  qobiliyati 

tushuniladi.  




Transformatorlarning  ishlash  muddati  avvalo,  o‘zgaruvchan 

kattaliklardagi  yuklanish  natijasidagi  harorati,  kuchlanish  va  sovitish 

shartlari  ta’sirida  izolyasiyalarning  eskirishi  bilan  aniqlanadi.  Xizmat 

qilish muddati tugashiga yaqin qolganda izolyasiya butunlay eskiradi va 

transformator  doimiy  avariya  holatiga  tushib  qolish  xavfida  bo‘ladi. 

Nominal yuklamali rejimda ishlagan transformatorlarning hisobiy xizmat 

muddati  20÷40  yilni  tashkil  etadi.  Bunda  moyli  transformator 

chulg‘amining  eng  yuqori qizigan  nuqtasi  nominal  harorati  θ



N

 sifatida 

(issiqlikka  chidamlilik  toifasi  A)  Xalqaro  elektrotexnika    komissiyasi 

(XEK)  tavsiyasiga  asosan  98

0

S  harorat  qabul  qilingan.  Issiqlikka 

chidamlilik  toifasidagi  nominal  haroratlar  orasidagi  farqlar  (issiqlikka 

chidamlilik  toifasi  A  uchun  joiz  bo‘lgan  uzoq  muddatli  105

0

S    harorati 



mos  keladi)  shu  bilan  tushintiriladiki,  bir  necha  bir  turdagi  izolyasion 

materiallardan tuzilgan bir toifadagi izolyasiya tizimi uchun joiz bo‘lgan 

uzoq  muddatli  harorati,  bir  turdagi  izolyasiyaga  nisbatan  kamroq  etib 

qabul  qilinadi.  Izolyasiyaning  ishlash  muddati  hisoblanishida  qabul 

qilingan  qoidaga  ko‘ra,  nominal  miqdorga  nisbatan  harorat  6

0

S  ga 



ortishida  (olti  gradus  qonuni),  A  turdagi  izolyasiyasining  xizmat 

muddatini  hisoblashda, u ikki marta kamayadi deb qabul qilingan.  



A  turdagi  izolyasiyasining  xizmat  muddatini  quyidagi  ifoda  bilan  

baholashni  XEK tavsiya qiladi: 

 

                   V = Ce



αθ

,                                                             (5.1) 

 

bunda  S  =  (7,5  ÷  1,5)·  3



4

  yil  va  α  =  0,45  -    o‘zgarmas    koeffitsient  

(80÷140

0

S  gacha  bo‘lgan  harorat  uchun);  θ  -  chulg‘amning  eng  yuqori 

qizigan nuqtasidagi izolyasiyasi harorati, 

0

S

Amaliyotda  ko‘proq  absolyutdan  emas,  balki  izolyasiya  xizmat 

muddatining nisbiy qiymatlaridan foydalaniladi: 

 

                  υ = V/V



𝑒



–∝(𝜃–𝜃

𝑁

)



                                              (5.2) 

 

 yoki izolyasiyaning nisbiy eskirishidan 



                   F=1/υ = 

𝑒

–∝(𝜃–𝜃



𝑁

)

,                                                 (5.3) 



bu  erda  V

N

  –  chulg‘am  eng  yuqori  qizigan  nuqtasi  izolyasiyasidagi 



nominal harorat θ

N

 bo‘lgan izolyasiya xizmat muddati. 

Izolyasiyaning  nisbiy  eskirishi  F,  chulg‘amning  eng  qizigan 

nuqtasida berilgan harorat θ da izolyasiyaning eskirishi, me’yoriy harorat 

N

  =  98



0

S)da  bo‘lganidan  necha  marta  katta  (kichik)  ekanligini 


ko‘rsatadi.  Qizish  harorati  θ

N

  =  98



0

S  bo‘lganda  izolyasiyaning  nisbiy 

eskirishi  F = 1 bo‘lganligi uchun, izolyasiya harorati θ = 86

0

S  bo‘lganda 

uning  nisbiy  eskirishi    F=0,25  bo‘lishini  hisoblash  qiyinchilik 

tug‘dirmaydi (nisbiy xizmat muddati v = 4), θ = 110

0

S bo‘lsa, F = 8 (v = 



0,125).  

Aksariyat,  transformatorlar  o‘zgaruvchan  yuklanishda  ishlaydi. 

Bunda,  yuklanishning  maksimal  qiymati  transformator  nominal 

quvvatidan  katta  bo‘lmasa,  moy  va  chulg‘am  harorati  me’yordan  past 

harorat diapozonida o‘zgaradi. SHu sababli izolyasiyaning eskirishi  F < 

1  va  transformator  xizmat  muddatiga  ta’sir  etmasdan,  transformator 

yuklanishini nominaldan kattaroq qilish mumkin  bo‘ladi.  

Transformatorning  yuklanish  qobiliyati  hisoblash  yoki  bo‘lajak 

yuklanish  grafigining  joiz  ekanligini  tekshirish  uchun,  yoki  berilgan  

transformator uchun, oldindan o‘ta yuklanish vaqti va miqdori berilganda, 

ushbu  transformator  uchun  mos  bo‘lgan  yuklanish  grafigini  aniqlash 

uchun bajariladi.    Ikkala  masala  ham  transformator  quvvatini tanlashda 

bajariladi. 

O‘ta  yuklanishlar  sistematik  va  avariyaviy  turlarga  bo‘linadi. 

Muntazam  o‘ta  yuklanish  -  o‘zgaruvchan  yuklanish  grafigi  xos  bo‘ladi 

(soatli, kunlik, oylik), transformatorda yuklama oshib ketishi va  xizmat 

muddati  qisqarishi  mumkinligiga  qaramay,  avariyaviy  o‘ta  yuklanish 

iste’molchini  elektr  energiyasi  bilan  ta’minlash  o‘ta  zarurligidae  kelib 

chiqadi.   

Quvvati    100  MV·A    bo‘lgan  moyli  transformatorlar  uchun    davlat 

standarti GOST 14209-85 tomonidan joiz va sistematik o‘ta yuklanganlik 

miqdorlari  o‘rnatilgan  bo‘lib,  boshqa  turdagi  transformatorlar  uchun  – 

texnik shartlar va yo‘riqnomalar yoki standartlar bilan belgilangan.  

Muntazam  o‘ta  yuklanganlik  qiymatlari,  1  dan  yuqori  bo‘lmasligi 

kerak bo‘lgan o‘rtacha izolyasiya eskirishi bilan chegaralanadi: 

               F

O’R

 = Σ F





t

 

T ≤ 1,                                                (5.4) 

bunda F

i

t



i 

t



i 

muddatli i - yuklamali izolyasiyaning nisbiy eskirishi; T = 



Σt

i

 – ko‘rilayotgan  yuklama grafigi muddati (odatda 24 soat). 

 

Izolyasiyani  eskirishini  hisoblashda  qo‘shimcha  chegaralar 



kiritiladi. Muntazam o‘ta yuklanish ortishida - maksimal  yuklama β

m

 ≤ 


1,5, chulg‘am eng yuqori qizigan nuqtasining harorati θ

Ch.E.yuq.q

 ≤ 140 

0

S, 



moy yuqori qatlamlaridagi harorat  θ

m

 ≤ 95 



0

S; avariyaviy o‘ta yuklanish 

-    maksimal    yuklanish  β


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin