Transformatorlarni ishlatish


 Operativ xizmat ko‘rsatish



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix02.01.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#46256
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
5-Ma'ruza

5.4. Operativ xizmat ko‘rsatish 

 

 

Ishlash  rejimining  nazorati.  Transformatorning  ishlash  rejimini 

vaqti-vaqti bilan (periodicheski) nazorat qilish yuklanish, kuchlanish va 



moy  haroratini  o‘lchov  asboblari  yordamida  tekshirish  orqali  amalga 

oshiriladi.  O‘lchangan kattaliklar natijalari kunlik qaydnomada belgilab 

boriladi:  elektr  stansiyalari  va  nimstansiyalarida  doyimiy  navbatchi 

xodim  tomonidan  1÷2  soat  ichida  bir  marta  o‘lchovlar  olib  boriladi;   

nimstansiyalarda doyimiy navbatchi xodim bo‘lmasa - operativ xodimlar 

ob’ektni  har  bir  ko‘rishga  kelishganida  va  teleo‘lchov  (masofadan 

o‘lchov)  uslubida  o‘lchovlar  olib  boriladi.  YUklanish  ortishi  sodir 

bo‘lganda nazorat tez-tez amalga oshiriladi. 

Doyimiy  navbatchi  personal  bo‘lmagan,  hamda  teleo‘lchov  usku-

nalari bilan ta’minlanmagan gidroelektrostansiyalar va nimstan-siyalarda 

qo‘shimcha, kamida bir yilda ikki martadan (aksariyat, qishda va yozda) 

transformator  ishchi  rejimlari  yuklanishlari  mavsumiy  o‘zgarishlarini 

aniqlashtirish,  uchun  soatbay  yozuvlari  amalga  oshiriladi.  Bundan 

tashqari, yuklanish ortishi uzluksiz avtomatik  ravishda nazorat qilinadi.  

 

Transformator  holatini  vizual  ko‘zdan  kechirish.  Transfor-



matorlarning  nosozligi  rivojlanishi  o‘z  vaqtida  aniqlanmasa,  u  holda 

avariya  holatiga  olib  kelishi  muqarrar.  Uning  oldini  olish  maqsadida, 

barcha  transformatorlarning  vaqti-vaqti  bilan  tashqi  ko‘rigi  (tarmoqdan 

uzmagan holatda) o‘tqizishadi.  

Doimiy operativ navbatchi personali bo‘lganda elektr stansi yalar va 

nimstansiyalarning  asosiy  transformatorlari,  hamda  nimstansiyalardagi 

o‘zlarining xos energiya zaruratlari uchun ishlatiladigan transformatorlari 

va 


ishlab 

chiqarish 

korxonasi 

ifloslangan 

xududlaridagi 

transformatorlarning  rejali  ko‘rigi,  har  kuni  bir  martadan  va  doyimiy 

navbatchi  xodim  bo‘lmaganda  -  bir  oyda  bir  marta  rejali  ko‘rigi 

o‘tkaziladi. Boshqa transformatorlar, doyimiy navbatchi xodimi bo‘lsa bir 

xaftada bir martadan, doyimiy navbatchi xodimi bo‘lmasa – bir oyda bir 

marta, transformator punktlarida - olti oyda bir marta ko‘rigi o‘tqiziladi.  

Rejali  vaqti-vaqti  bilan  o‘tkaziladigan  ko‘rikda  quyidagilar 

tekshiriladi:  transformator  tashqi  izolyasiyasi  holati  –  kirish  ulamalari, 

ularga  o‘rnatilgan  razryadniklar  va  tayanch  izolyatorlari  (farforlarning 

butunligi,  yoriqlarning  mavjudligi,  yuzalarni  ifloslanish  darajasi) 

tekshiriladi.  Bundan  tashqari,  saqlovchi  trubasi  membranasi  butunligi, 

flanets  ulanishlarni  zichligi  va  moy  oqishi  yo‘qligi  tekshiriladi.  Ko‘rik 

davrida ko‘zga tashlanadigan kontakt ulanishlar holati nazorat qilinadi.  

Transformator  baki  va  kengaytirgichdagi  moy  satxining  moy 

ko‘rsatkich  va  moy  o‘lchagich  shishalari  orqali  aniqlanadi,  hamda 

moyning rangiga (moy rangining to‘qligi, yuqori qizish natijasida termik 

parchalanishidan darak beradi) e’tibor qaratiladi. Kuzatish oynalari orqali 



transformator baki va kirishidagi havo sovitkichning indikatorli silikageli 

kuzatiladi.  Silikagelni havo rangidan pushti rangga o‘zgarishi sorbentni 

nam  tortganidan  darak  beradi  va  havo  sovitkichning  zaryadini  oshirish 

kerakligini ko‘rsatadi.  

 

Transformator holatini undan chiqayotgan shovqin (ventilyatorlarni 



to‘xtatib eshitish kerak) harakterlab beradi.  Bak razryadi bilan bog‘liq 

(aktiv qismni zaminlantirishning uzilishi) chirsillash yoki tiqillashlar,  shu 

bilan birga, shovqin darajasi va tovushini davriy o‘zgarishi nosozliklardan 

darak beradi.  

Transformatorni kunning yorug‘ paytida yoki yoritkichlar ulangan 

vaqtda ko‘rikdan o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Qorong‘ulikda nur 

sochish  manbai  bo‘ladigan    defektlarni  ko‘rsatish  mumkin:  kontakt 

ulanishlarning qizishi, tashqi izolyasiya yuzasidagi razryadlar turlari  v.b. 

Tashqarida  o‘rnatilgan  transformatorlarni  ekstremal  sharoitlarda 

navbatsiz  ko‘rikdan  o‘tkazish  zarur:  muhit  havo  haroratining  birdaniga 

tushib ketishi, bo‘ron, kuchli qor yog‘ishida, er muzlaganda. Bunda moy 

satxi, kirish izolyatorlari holati va sovitish tizimi tekshiriladi.       

   

Navbatdan  tashqari  ko‘rikdan  o‘tkazish  chulg‘amlarda  qisqa 



tutashuv (q.t.) sodir bo‘lgandan so‘ng, hamda gaz relesi signali berilishi 

bilan ham o‘tkiziladi. Birinchi holatda q.t. toki o‘tgan o‘tkazgich zanjirlari 

holati,  dinamik  yuklanish ta’sirini  o‘tkazgan izolyatorlar,  ikkinchisida  - 

gaz relesi va uning zanjiri  tekshiriladi. Zaruriat bo‘lganda, holati shubhali 

bo‘lgan element puxta o‘rganilishi kerak bo‘lganda yoki tekshirilayotgan 

ob’ektning  kuchlanishini  uzmasdan  ko‘rik  o‘tkazib  bo‘lmaydigan 

transforma-torlarni  o‘chirib,  navbatdan tashqari ko‘rik o‘tkaziladi.  


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin