21
olish, ularni qabul qilish, tashish, saqlash va
boshqa kerakli harakatlarni
bajarish shartnomalari (kelishuvlari)ni tuzish.
2.1.2. Boshqaruvchiga (Boshqaruvchi bilan kelishilgan joyda) tovarlarni zaruriy
hujjatlar, bajarilgan ish haqidagi hisobotni topshirish. Bunda taqdim etilgan
tovarlar barcha hujjatlar talabnomaga mos
ravishda Boshqaruvchi nomiga
rasmiylashtirilgan bo’lishi kerak.
2.2.
Agent huquqlari:
2.2.1. Boshqaruvchidan kelib tushgan barcha summa hisobidan qonuniy
tasdiqlangan chiqimlarni ushlab qolish.
2.3.
Boshqaruvchi majburiyatlari:
2.3.1. Agentdan shartnoma bo’yicha uning bajarmalarini qabul qilish.
2.3.2. Agentga shartnomada ko’zda tutilgan o’lcham,
tartib va muddatda u
bajargan xizmatlari uchun mukofot to’lash .
2.3.3. Agentga shartnomani bajarish maqsadida u sarflagan xarajatlarni qoplash.
2.3.4. Shartnomada ko’zda tutilgan boshqa najburiyatlarni bajarish.
2.3.5. Agentga uning talabiga binoan ushbu shartnomada ko’zda tutilgan ishlarni
bajarish uchun ishonchnoma berish.
3. Hisob – kitob olib borish va hisobot tayyorlash tartibi
3.1.
Boshqaruvchi agentni u bo’yniga olgan majburiyatlarni to’liq hajmda
bajarishi uchun zaruriy moddiy mablag’ bilan ta’minlaydi.
Biroq bunda
agentning bankdagi hisobiga kelib tushgan barcha pul mablag’lari
Boshqaruvchiga tegishli deb hisoblanadi.
3.2.
Agentga sotib olingan tovarlarning _____ foizi qiymatidagi mukofot
tariqasida beriladigan summa Agentning
bankdagi hisobiga tushirilib
beriladi yoki uning hisobiga tushgan avvalgi mablag’dan Agentning o’zi
tomonidan ushlab qolinadi.
3.3.
Agent Boshqaruvchiga tovarlarni bergandan ____ kun ichida shartnoma
bajarilganligi haqidagi hisobotni va unga ilova
tariqasida Tovarlarning
narxini tasdiqlovchi va shuningdek Agent sarflagan xarajatlarini
tasdiqlovchi hujjatlarni topshirishi zarur.
Dostları ilə paylaş: