32
Konventsiya avtomobillarda yuklarni tashishni tartibga solishda oliy yuridik
kuchga ega bo`lgan halqaro shartnoma hisoblanadi. Unga Evropaning barcha
davlatlari va Osiyo hamda Afrikaning bir qator davlatlari a’zo.
Bu konventsiyaning amal qilish doiralari: tashuvchining javobgarligi,
tashish shartnomasini tuzish va bajarish, e’tiroz va da’volar, bir nechta
tashuvchilar orqali tashishni tashkil etish va boshqalar.
Havo transporti.Havo transporti HH asrning boshlarida paydo bo`lib, u
passajirlarni, pochta va yuklarni mamlakatlar va dunyoning yirik shaharlari orasida
muntazam tashishlarni amalga oshirib kelmoqda. Tahminan 40 yil ichida halqaro
liniyalarda passajirlarni tashish deyarli 42 baravarga ortdi.
Havo transporti sohasida katta avtoritetga ega bo`lgan halqaro tashkilot
Grajdan aviatsiya sihalqaro tashkiloti hisoblanadi. Butashkilot 1947 yilda Chikago
konventsiyasi asosida BMT tomonidan tashkil etilgan bo`lib, unga 150 davlat a’zo
bo`lgan. SHtab-kvatirasi Monreal shahrida joylashgan.
Uning asosiy vazifasi:
· havo huquqibo`yicha halqaro konventsiya loyihalarini va boshqa
hujjatlarni tayyorlash;
· standartlarni ishlab chiqish va tasdiqlash, havo navigatsiyasi
havfsizligi turli muammolarini va atrof muhitni muhofaza qilish
bo`yicha tavsiyanomalarni ishlab chiqish;
· havo transporti bo`yicha konkret muammolarni o`rganish va
natijalarni manfaatdor davlatlarga taqdim etish.
Bundan tashqari “Halqaro tranzit havo aloqalari haqida”, “Halqaro havo
tashuvlar haqida va “Halqaro havo tashuvlariga taalluqli ayrim qoidalarni
unifikatsiya qilishhaqida” gikonventsiyalar ham amal qiladi.
Dostları ilə paylaş: