135
refrijeratorlar va hokazolardan foydalanish zarurligi bilan operativ muammolar hal
qilinadi. Uzoq muddatli ijarada shartnomalar yarim yildan to bir necha yilgacha
bo‘lgan muddatlar uchun tuziladi.
Ekmpluatatsion ijaraning uchinchi, asosiy tipi "master-liz" (master-lease)
hisoblanadi. Ijaraga beruvchi tashuvchiga shartlashilgan punktlarda asbob-
uskunalarning kelishilgan o‘rtacha oylik sonining ta’minlanishiga kafolat beradi,
tashuvchi esa, o‘z navbatida, sutkalik ijara stavkalarini (geografik koeffitsientlarni
qo‘shish bilan) amalda foydalanilgan konteyner-sutkalar soniga ko‘paytirish yo‘li
bilan hisoblanadigan ijara to‘lovini oyma-oy to‘lash majburiyatini oladi.
Asbob-uskunalarni ijaradan chiqarishda lizing kompaniyalari asbob-
uskunalar parkining texnik holatiga nisbatan qattiq siyosat olib boradi. Ular
konteynerlar, roll-treylerlar, avtotreylerlar va hokazolarning har qanday (hatto eng
kichik) shikastlanishlari uchun tashuvchiga to‘lov schetlari taqdim qiladi. SHu
munosabat bilan ijaraga olishda, ijaradan chiqarishda, ta’mirlashdan oldin,
ta’mirlashdan keyin asbob-uskunalarni ko‘zdan kechirishda mustaqil syurveyerlik
(ekspertlik) firmalarining xizmatlaridan foydalanish tavsiya qilinadi. Bunday
ko‘zdan kechirishlarda syurveyerlar konteynerlarni ijaraga beruvchilarning
Xalqaro instituti - IICL (InternationalInstituteofContainerLessors) standartlariga
amal qiladilar.
Dostları ilə paylaş: