Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari


Ekspeditorlik xizmatlari ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/74
tarix19.05.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#117204
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   74
Ekspeditorlik xizmatlari ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari
Ekspeditor yuk egasi bilan transport ekspeditsiyasi shartnomasidan tashqari
konteyner parkining egasi bilan konteynerlarni qaytarish bo‘yicha ekspeditorning
javobgarligi to‘g‘risida shartnoma tuzadi. Yuk egasining ekspeditori sifatida u
yukning ham, konteynerning o‘zining ham saqlanishini ta’minlash uchun yukni
konteynerga joylashtirish jarayonini nazorat qilishga majburdir. Bunda
konteynerlarni yuklashning quyidagi qoidalariga amaal qilinadi:

yukning og‘irligining konteynerning butun poli bo‘ylab bir tekis
taqsimlanishi;

og‘ir predmetlarni konteynerning tubiga, engil predmetlarni ularning ustiga
joylashtirish;

yuk bilan konteyner devorlari o‘rtasidagi bo‘sh kenglikni oraliq
materiallar bilan to‘ldirish;

xavfli yuklar bilan yuklangan konteynerlarni markirovkalash uchun
maxsus etiketkalarni yopishtirish;

yukning og‘irlik markazining konteynerning markaziga mumkin qadar
yaqinroq joylashishini ta’minlash, aks holda bu to‘g‘rida tashuvchiga informatsiya
berish;

yuklashda konteyner yoki treylerning eng chekka yuk ko‘tarish quvvatiga
amal qilish (ularni hech qachon oshiqcha yuklamaslik);

konteynerning eshiklarini yopish va qulflash, tomning yopqichini (tent)
ehtiyotkorlik bilan tortish;

o‘rnatilgan namunadagi plombani qo‘yish.
Bu ro‘yxat to‘liq ro‘yxat emas. Tovarning xarakteriga bog‘liq ravishda
yuklash yo‘riqnomalari o‘zgarishi mumkin. Xususan, har bir joyning og‘irligi 300
kg dan oshmasligi tavsiya qilinadi. Tashuvchilar, qoidaga ko‘ra, konteyner bilan
birgalikda quyidagi hujjatlarning berilishini talab qiladi:
1.
Har bir konteynerdagi yukning joylashish plani. U jo‘natuvchi va qabul
qilib oluvchining nomi, konosament nomeri, yukning nomi-spetsifikatsiyasi, uning
og‘irligi va hajmi, o‘rinlar soni, har bir o‘rinning og‘irligi va hajmi hamda


133
o‘rinlarning konteynerda joylashishini o‘z ichiga oladi. Yuklangan yukka muhr
bilan tasdiqlangan schet-fakturani qo‘yish tavsiya qilinadi, ba’zi bir hollarda esa –
talab qilinadi.
2.
Xavfli yuklar yuklangan konteynerlarning har bir konteyner bo‘yicha
amaldagi jo‘natuvchining va qabul qilib oluvchining nomi, xavflilik yorlig‘i,
yukning klassifikatsiyasi, uning netto og‘irligi ko‘rsatilgan ro‘yxati. Bunday
konteynerni qabul qilish/topshirish to‘g‘risidagi tilxatga yuk zaharli yoki
portlashga xavfli ekanligini bildiruvchi shtamp bosilgan bo‘lishi lozim.
3.
Refrijeratorli konteynerlarning har bir konteyner bo‘yicha uning nomeri,
tipi, o‘lchami, talab qilinadigan temperatura, brutto og‘irligi ko‘rsatilgan ro‘yxati.
Konteynerli tashishlarda transport vositalarining (kemalar va avtotyagach-
konteynerovozlarning) tezkorlik bilan harakatlanishi va yuklash-tushirish
operatsiyalarining intensivligining ortishi natijasida ularning turish vaqtining
qisqarishi munosabati bilan tovar-taqsimlash hujjatlarini (masalan,
konosamentlarni) tayyorlash va uzatishning an’anaviy tizimining konosamentning
elektron-hisoblash mashinasida tayyorlanadigan va kompyuterlararo aloqa
kanallari bo‘yicha uzatiladigan alternativasi – shoshilinch yuk hujjati (rus. SGD)
ga o‘tish sodir bo‘ldi. Shoshilinch yuk hujjati tovar-taqsimlash hujjati bo‘lib
hisoblanmaydi, biroq qabul qilib oluvchiga yukli konteynerni tushirilgandan keyin
darhol olish imkonini beradi (konosament originalining bank, pochta va hokazolar
orqali kelishini kutish olib chiqib ketishni kechiktirganlik uchun, konteynerlarni
terminalda saqlash va hokazolar uchun jarima to‘lanishiga olib kelishi mumkin).
Ekspeditor yuk egasiga konteynerlashtirilgan yukning harakatini nazorat
qilishni, yukning ham, konteynerning ham holatining inspeksiyalanishini
ta’minlashi shart ekanligini esdan chiqarmasligi lozim.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin