Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari


Transport-ekspeditorlik xizmatlarni bajarishga nisbatan qo‘yiladigan asosiy



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/74
tarix19.05.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#117204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   74
Transport-ekspeditorlik xizmatlarni bajarishga nisbatan qo‘yiladigan asosiy
talablar.
Transport ekspeditorlik xizmat ko‘rsatishning asosiy vazifasi yuklarni
buyurtmachi uchun ko‘proq samarali bo‘lgan bitta yoki bir nechta transport
turlarida etkazib berishning optimal variantini qidirish bo‘lib hisoblanadi.
Transport tizimining yaxlitligi yuklarni jo‘natish punktidan oxirgi iste’mol
punktigacha transportning har xil turlarini qo‘llash bilan tashishni tashkil qilish
imkonini beradi. Bizning mamlakatimizda bu ko‘proq dolzarb bo‘lib hisoblanadi
va territoriyaning kattaligi, tabiiy suv yo‘llarining ko‘pligi, noqulay iqlim
sharoitlariga ega bo‘lgan hududlarning borligi, landshaftning turli-tumanligi va
boshqa davlatlar bilan suv va quruqlik orqali o‘tadigan chegaralarning borligi bilan
shartlanadi. Aralash tashishda yuklarning katta qismi oxirgi iste’molchiga
avtomobil transportidan foydalanish bilan etkazib beriladi.
Keyingi o‘n yilliklarda transportning rivojlanishi sezilarli o‘zgarishlarni
boshdan kechirdi. Tovarlarni etkazib berishning sifatiga nisbatan qo‘yiladigan
talablarning ortishi, transportga nisbatan qo‘yiladigan ekologik talablarning
qat’iylashishi aralash va kombinatsiyalangan tashishlardan foydalanishni
kengaytirishga chaqiradi. Etkazib berish jarayoni murakkablashmoqda, etkazib
berish muddatlari va grafiklariga nisbatan qo‘yiladigan talablarning ortishi bilan
bir paytda tobora ko‘plab bosqichlar paydo bo‘lmoqda. Xalqaro birlashmalar va
assotsiatsiyalar transport-ekspeditsion operatsiyalar va xizmatlarning asosiy
qoidalari va sifat darajasini shakllantirmoqda, ular ekspeditor spravochnigida
keltirilgan.
Ekspeditorlik faoliyati transport jarayonining ajralmas qismi bo‘lib
hisoblanadi va yuklarni tashish bilan bog‘liq bo‘lgan va tashuvchining
majburiyatlari doirasidan tashqariga chiqadigan murakkab va ko‘p mehnat talab
qiladigan ishlar majmuasini qamrab oladi.
O‘zining Nizomiga muvofiq yoki bevosita tashuvchi, ya’ni transport
tashkiloti bo‘lib hisoblanmagan holda ma’lum bir to‘lov evaziga yuklarni tashib


15
berishni ta’minlaydigan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs ekspeditor
bo‘lishi mumkin. Ekspeditor shuningdek yuklarni to‘plash, bojxona ko‘rigidan
o‘tkazish, barcha to‘lovlarni amalga oshirish va boshqalar bo‘yicha ekspeditsiya
shartnomasini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlarni ham bajaradi.
Ekspeditolrning bunday tushunilishiga aralash tashish operatorining ta’rifi ham
mos keladi.
Ekspeditorlarga keng huquqlarning taqdim qilinishi ularning zimmasiga mos
keluvchi majburiyatlar va javobgarlikni yuklashni ham ko‘zda tutadi. Xususan,
yuridik yoki jismoniy shaxs ekspeditsion faoliyatni amalga oshirishga ruxsat olishi
uchun quyidagi talablarga javob bera olishi lozim:
· malaka guvohnomasi bilan tasdiqlangan mos keluvchi kasbiy tayyorgarlikka
ega bo‘lish;
· yuksak axloqiy mavqega ega bo‘lish, bu mazkur shaxs hech qachon sudning
qarori bilan aldov, firibgarlik va boshqa shunga o‘xshash jinoyatlarda aybdor
deb topilmaganligini, diskvalifikatsiyaga tortilmaganligi yoki ekseditorlik
operatsiyalarini bajarish huquqidan mahrum qilinmaganligini, ekspeditorlik
faoliyati qoidalarini buzishda aybdor deb topilmaganligini, mehnat va soliq
qonunlarini hamda ijtimoiy ta’minot talablarini buzmaganligini bildiradi;
· tovarni ekspeditsiyalashga berilgan topshiriqni bajarishga moliyaviy va
iqtisodiy jihatdan qodir bo‘lish.
Ekspeditor yuklarni tashishda ishtirok etadigan barcha tomonlar bilan
hamkorlik qiladi, tovarni eng ishonchli, eng tezkor, eng tejamli usulda tashishni
tashkil qiladi. Samarali xalqaro faoliyat yuritish uchun ekspeditor tajribali va
ishonchli korrespondentlik tarmog‘iga ega bo‘lishi yoki dunyoning ko‘proq muhim
bo‘lgan tijorat markazlarida o‘zining bo‘limlariga ega bo‘lishi zarur bo‘ladi. SHu
tufayli u yuklarni tashishga buyurtmalar qabul qilishi, transport vositasining bo‘sh
qaytmasligini ta’minlashi va yukning harakatlanishini nazorat qilishi mumkin
bo‘ladi.
Unchalik katta bo‘lmagan transport-ekspeditsion korxonalar doirasida
iqtisodiy xo‘jalik yuritishning turlicha formalari samarali ravishda qo‘llanilishi,


16
ilmiy-texnik eksperimentlar o‘tkazilishi, transport-ekspeditorlik xizmat
ko‘rsatishning yangi turlari sinovdan o‘tkazilishi mumkin.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin