Transport logistikasi kafedrasi


-MA’RUZA YUK АVTОMОBILI HАRАKАTINI TАSHKIL ETISH



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə55/86
tarix19.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#186111
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   86
MA\'RUZALAR

8-MA’RUZA


YUK АVTОMОBILI HАRАKАTINI TАSHKIL ETISH

Reja
8.1. Yuklаrni tаshishni mаrshrutlаshtirish


8.2. Mаyatnik mаrshrutlаr
8.3. Hаlqаsimоn mаrshrutlаr
8.4. Yuk tаshish mаrshrutlаridа trаnspоrt vоsitаlаri ish ko’rsаtkichlаrini hisоblаsh
8.5. Аvtоmоbil tyagаchlаrning аlmаshtiriluvchi tirkаmа vа yarim tirkаmаlаr bilаn ishlаshini tаshkil etish
8.6. Trаnspоrt vоsitаsi hаrаkаt grаfigi


Tayanch so’z va ibоralar: mayatnik marshrut, halqasimоn marshrut, radial marshrut, sirtmоqsimоn marshrut


1. Yuklаrni tаshishni mаrshrutlаshtirish
Yuk avtomobillari harakati sxemasi mayatnikli (2 nuqta orasida qatnov), halqasimon, radial va sirtmoqsimon marshrutlardan iborat bo'lishi mumkin.
Ish marshrutini tanlash yuk jo'natuvchilar va qabul qiluvchilar joylashuvi hamda transport vositasining unumli ishlashi bilan bog'likdir. Bunda tashiladigan yuk turi, Kuzov konstruktsiyasi, tashishning shoshilinchligi kabilarni e'tiborga olish lozim.
Ba'zi hollarda ikki va undan ortiq marshrutlarni birgalikda qo'llash maksadga muvofiq bo'lishi mumkin. Masalan, halqasimon marshrutda ishlayotgan avtomobilning ishdagi vaqti bir oz bajarilmay qolsa, avtomobilni o'sha qisqa vaqt ichida mayatnikli marshrutda ishlatish va h.k.
Mayatnikli marshrut deyilganda ikki o'zgarmas ortish - tushirish punkti orasida qaytariluvchi qatnashlar tushuniladi. Bunda qatnovlarning yukli yoki yuksiz, yoki orqaga qaytishda ayrim qismi yukli yoki yuksiz bo'lishining ahamiyati yo'q. Ortish va tushirish punktlari orasidagi masofa marshrut elkasi deyiladi. Mayatnikli yuk tashish tizimi to'rt xil bo'ladi: ikki tomonlama yukli qatnov, orqasiga yuksiz qatnov; orqaga qatnovda marshrut elkasining bir qismida yukli qatnov, orqaga qaytishda asosiy marshrutdan chiqib, yqlakay yuk tashish. Oxirgi keltirilgan qatnov turi umumiy yukli qatnov masofasi, yuksiz qatnov masofasidan ortiq bo'lgandagina ishlatiladi. Asosiy marshrutdan chiqib ishlash transportning aylanish vaqtini oshirgani uchun har doim ham bunday tashishlar o'zini oqlay olmasligini nazarda tutish kerak.
Halqasimon marshrutda avtomobil bir yo'nalishda o'zaro birlashuvchi chiziqda bir necha ortish-tushirish joylaridagi yuklarni tashish bilan shug'ullanadi. Ko'pincha bunday tashishlar mayda yuklarni yig'ib tashish yoki, aksincha, tarqatib tashishda qo'llaniladi. Bunda tashish asosiy talablarga javob berishi kerak. Masalan, yuk tashishning shoshilinchligi, yuklar turi kabilar. Agar turli xil juda ko'p yuklar halqasimon tashilsa, ajratiladigan avtomobillar ularni tashishga mos bo'lishi zarur.
Radial marshrutda bir jo'natish joyidan barcha qabul etuvchilar yoki barcha jo'natuvchilardan bir joyga yuk tashiydi.
Sirtmoqsimon marshrutda avtomobillar bir necha tur marshrutlarda aralash ishlatiladi.

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin