Transport logistikasi kafedrasi


-jadval O’zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan tovarlarni olib o’tishning ‘rotsedura klassifikatori



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə86/86
tarix19.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#186111
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86
MA\'RUZALAR

11-jadval
O’zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan tovarlarni olib o’tishning ‘rotsedura klassifikatori



Bojxona rejimi nomi

Kod

1.

Eksport

10

2.

Reeksport

11

3.

Vaqtinchalik kiritish(chiqarish)

31

4.

Erkin aylanish uchun chiqarish

40

5.

Reimport

41

6.

Bojxona hududida qayta ishlash

51

7.

Bojxona nazorati ostida qayta ishlash

52

8.

Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash

61

9.

Erkin bojxona zonasi

71

10.

Bojsiz savdo do’koni

72

11.

Erkin omborxona

73

12.

Bojxona omborxonasi

74

13.

Davlat foydasiga rad qilish

75

14.

Yo’q qilish

76

15.

Tranzit

80

16.

Vaqtinchalik saqlash

70










Vaqtinchalik kiritish (chiqarish) – konteyner, jixozlar, transport vositalariga nisbatan , ularni qayta olib kirish (chiqish) majburiyati bilan qo’llaniladi. Bunda bojxona to’lovlari va soliqlardan to’liq yoki qisman ozod bo’lish mumkin. Vaqtinchalik kirish(chiqish) muddatlari 2 yildan ko’p bo’lmasligi kerak.


5.3. Bojxona rasmiylashtiruvlari
Tovarni jo’natuvchi yoki qabul qiluvchi joylashgan yerdagi bojxona rasmiylashtiruvi joyini bojxona organi aniqlaydi, u O’zbekiston Respublikasi davlat bojxona komiteti belgilagan bojxona organi ishi ‘aytida amalga oshiriladi.
Zarur hollarda bojxona rasmiylashtiriluvi kiritilayotgan yuk bo’yicha veterinariya, ekologiya, sanitariya yoki boshqa davlat nazoratlari o’tkazilgandan keyin amalga oshiriladi.
Bojxona rasmiylashtiruvi tugamasdan oldin qonunda ko’rsatilgan holatlardan tashqari tovarlar bo’yicha farmoyishni hech kim bera olmaydi.
Baxtsiz hodisa, tabiiy ofat yoki avariyalar bilan bog’liq bo’lgan holatlarda xayvonlar, tez buziladigan tovarlar, radioaktiv materiallar va yuklarni kiritish yoki chiqarishdagi bojxona rasmiylashtiruvi soddalashtirilgan turda yoki ustuvorlik tartibida qilinadi.
Bojxona rasmiylashtiriluvi amalga oshirilayotgan tovarlar bilan bog’liq barcha zarur texnik operatsiyalarni, bojxona organi talabi bo’yicha chegaradan tovarlarni olib o’tayotgan shaxs bajaradi. Bu operatsiyalarga quyidagilar kiradi: transportirovka, o’lchash yoki boshqa usulda sonini aniqlash, yuklash-tushirish ishlari, tovarlar qadog’ini ochib ko’rish, tovarlar bo’lishi mumkin bo’lgan joy va transport vositalarini, idishlarni va boshqa joylarni ochib ko’rish.
Bojxona organlari tekshirish uchun namuna va tovarlar nusxasini olishi mumkin.
Bojxona rasmiylashtiruvi ‘aytida o’tkazilayotgan tovar yoki transport vositasiga aloqasi bo’lgan shaxs qatnashish huquqiga ega. Bojxona organi talabi bo’yicha ularning qatnashishi shart bo’lishi mumkin.
Tovar va transport vositalarini bojxona organiga ko’rsatayotgan vaqtda barcha mavjud hujjatlar, jumladan qisqa bojxona deklaratsiyasi ham taqdim etiladi. Bojxona organi ruxsati bilan uning o’rniga barcha zaruriy mahlumotlarni o’z ichiga olgan (O’zbek yuk qabul qiluvchisi yoki jo’natuvchi va tashuvchi nomi, transport vositasining raqami, nomi, turi; tovarning to’liq nomi va uning soni) transport yoki boshqa tijorat xujjatlari (konosamentlar, nakladnoylar, schyot-fakturalar va x.k.) ishlatilishi mumkin.
Bojxona organiga tovarlar berilgan vaqtdan va chiqarish vaqtigacha tovar va transport vositalari bojxona nazoratida bojxona va bo’sh omborlarda vaqtinchalik saqlanib turiladi.
Bojxona va bo’sh omborlar – bojxona nazorati ostida tovarlarni saqlash uchun mo’ljallanib, maxsus ajratilgan va qurilgan xona yoki boshqa joylardir.
Tovarlarning vaqtinchalik saqlash rejimda bo’lishi 2 oydan oshmasligi kerak. Vaqtinchalik saqlash ombori yukni xalqaro yo’llarda tashib yetkazadigan transport vositasi uchun oxirgi yetib kelish ‘unkti bo’lib hisoblanadi.
Tovar va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi bojxona organi tomonidan bojxona yuk deklaratsiyasini qabul qilgan va O’zbekiston Respublikasi bojxona chegarasini kesib o’tayotganda zarur bo’lgan barcha hujjatlar va mahlumotlarni ko’rsatgan vaqtdan boshlab 10 kun ichida amalga oshiriladi:

  • baxtsiz hodisalar, avariya va tabiiy ofatlar sodir bo’lganda zarur bo’ladigan tovarlar;

  • xayvonlar, tez buziladigan tovarlar, radioaktiv materiallar;

  • ommaviy informatsiyalar maqsadida qilinadigan xabarlar va boshqa materiallar;

  • O’zbekiston Respublikasining ijrochi va sud hokimiyati, qonunchilik oliy organlari nomiga yuborilgan tovarlar;

- Gumanitar yordam va boshqa shunga o’xshash tovarlar sifatida qabul qilingan tovarlar.
Yuqorida tilga olingan bojxona rasmiylashtiruvi 3 kun ichida , yahni soddalashtirilgan tartibda qilinishi kerak.
Yukning bojxona deklaratsiyasi, barcha tovarga hamroxlik qiluvchi hujjaatlar singari tashqi iqtisodiy faoliyat bo’yicha tovarlar nomenklaturasi asosida to’ldiriladi. Tovar nomenklaturasiga binoan har bitta tovar uni identifikatsiya qiluvchi , o’zining 9-belgili kodiga egadir.
Yukning bojxona deklaratsiyasi 6 –nusxada tayyorlanadi va u TD1 shakldagi 6 betli broshyuradan tashkil to’ib, unga raqam qo’yiladi. U O’zbekiston Respublikasining DBK tasdiqlagan, “Bojxona yuk deklaratsiyasini to’ldirish tartibi haqidagi yo’riqnoma” asosida to’ldiriladi.
Deklaratsiya, agar barcha tovarlarga bitta bojxona rejimi belgilangan bo’lsa, bitta nomdagi tovarlarning har bir ‘artiyasiga to’ldiriladi. Qo’shimcha varaqlar (TD2shakl) yana 3 ta nomdagi tovarlarni deklaratsiya qilishga imkon beradi. Bitta bojxona yuk deklaratsiyasiga 33 ta qo’shimcha varaqlarni qo’yish mumkin, yahni bitta deklaratsiyada 100 tadan ko’p bo’lmagan tovarlar nomlari ko’rsatiladi.
Bojxona yuk deklaratsiyasining nusxalari quyidagicha taqsimlanadi:

  • 1- bojxona organida qoladi;

  • 2 - O’zbekiston Respublikasi davlat bojxona komiteti statistik hisoboti uchun qoldiriladi;

  • 3- deklarantga qaytariladi;

  • 4- bojxona to’lovlarini hisoblab boruvchi bojxona organiga;

  • 5- tovarlarni chiqarishda tovar-transport hujjatlari bilan birga ko’zda tutilgan davlatga, yuklarning kirishida esa tovar oluvchiga qaytariladi;

  • 6- tovarlar eksportyori va importyori uchun.

Deklaratsiya xatolarsiz, yozuv mashinasida yoki ‘rinterda to’ldiriladi. Bahzi holatlarda qo’lda bosma harflar bilan to’ldirish mumkin.
Tuzatish zarur bo’lgan xollarda noto’g’ri mahlumotlar usti chiziladi va ustidan yoziladi yoki to’g’ri qilib qo’shimcha yoziladi. Har bitta to’g’rilash deklarantning imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
Aytilgan mahlumotlar yuqori qatorlarda takrorlanish holatlarida matnga ilova qilinishi mumkin. Ilova quyidagicha bo’ladi: “qarang...” va bu yillarga nisbatan qo’llanilmaydi.
Birorta qatorda joy yetishmagan hollarda bojxona yuk deklaratsiyasi orqa tomonida zarur mahlumotlar keltirilishi va u deklarantning imzo va muhri bilan tasdiqlanishiga yo’l qo’yiladi. Bunda tegishli qatorda belgi qo’yiladi “orqa tomoniga qarang”.
Agar tovarlarga iqtisodiy siyosat choralari qo’llanilmasa va to’lov va soliqlar solinmasa, unda qo’shimcha varaq o’rniga spetsifikatsiya ko’rinishida tovarlar ro’yxati, qadoqlash varag’i va x.k.lar, tovarning nomi, va tashqi iqtisodiy faoliyat bo’yicha tovarlar nomenklaturasi kodlari, soni, og’irligi va bojxona narhi qo’yiladi. Bahzi holatlarda O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro shartnomalarga mos ravishda bojxona nazoratidan ozod etilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis deputatlari va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ahzolarining shaxsiy yuklari, ular hizmat vazifalarini bajarish bilan bog’liq ravishda O’zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o’tganda bojxona nazoratidan o’tkazilmaydi.
Hukumatlararo kelishuvga asosan chet el xavo kemalari, harbiy va harbiy transport xavo kemalari, shuningdek o’zi yurib ketayotgan harbiy texnikalar bojxona nazoratidan ozod qilinadi.
Bojxona organlari qonunga mos ravishda bojxona nazoratini o’tkazish uchun yordam berishga mutaxassis va eks’ertlarni jalb qilishi mumkin.
Bojxona nazorati o’tkazish uchun ajratilgan hudud va xonaga, bojxona organi xodimlari, ularning mansabdor shaxslari hizmat guvohnomasi asosida va bojxona organi rahbarining buyrug’i asosida ruxsat berilgan shaxslar (talaba-amaliyotchilar) kirishi mumkin.


1


Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin