Transport logistikasi kafedrasi



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə81/86
tarix19.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#186111
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86
MA\'RUZALAR

Ichki transport komiteti

ITK hukumatlaro umumevro’a organi hisoblanib, Yevro’adagi ko’p sonli transport masalalari bilan shug’ullanishga chaqirilgan. ITK maslahat organi sifatida faoliyat yuritadi va aniq bir davlatga nisbatan ularning roziligisiz hech qanday harakat qilaolmaydi. Komitet ularga tegishli bo’lgan masalalar bo’yicha xalqaro transport tashkilotlarining fikrini so’raydi va umumlashtiradi hamda bu tashkilotlar bilan ular bilan kelishilgan shartlarga binoan hamkorlik o’rnatadi, xalqaro ichki transport turlarining har bittasining koordinatsiyasini o’rganadi va bu yo’nalishda kerakli bo’lgan tadbirlarni o’tkazishga tavsiya beradi. Bu tavsiyalar, diskriminatsion tadbirlarni va Yevro’a xalqaro ichki transporti harakatlanishi sohasidagi ortiqcha chegaralashlarni bartaraf etishni, Komitet kom’etentsiyasiga kiruvchi barcha masalalar bo’yicha hukumatlar orasidagi informatsiyalar almashishini ta’minlaydi. Ichki transport bilan bog’liq bo’lgan, Yevro’a umum iqtisodiyotiga bevosita tahsir etadigan masalalar bo’yicha mahlumotlarni YaIK(EET) ga jo’natadi va komissiya to’shiradigan boshqa vazifalarni bajaradi.
Komitet tasdiqlangan reja asosida sessiya o’tkazish muddatini belgilaydi va YaIK qaerda joylashgan bo’lsa o’sha yerda,yahni Jenevada o’tkazadi. Amalda, YaTK sessiyasi yilda bir marta chaqiriladi.
Komitet raisi va rais o’rinbosarlari bir yilga saylanadi, ularni yana bir yilga egallab turgan lavozimiga saylash mumkin, keyinchalik ularni yana shu lavozimga bir yillik tahtildan so’ng saylash mumkin.
Yuqorida qayd qilinganidek, ITK tavsiyalari YaIK ga taqdim etiladi.
ITK YaIK ning boshqa yordamchi organlari bilan maslahatlashishi va majlislar o’tkazishga haqi bor. Bu majlislarni tashkil etish YaIK ning ijro kotibi zimmasiga yuklatiladi. ITK ga ham yordamchi organlarni tashkil etish huquqi va ular zimmasiga sessiyalar orasida ‘aydo bo’ladigan maxsus muammolarni o’rganish yuklatilishi mumkin. Bu yordamchi organlarga avtomobil transporti bo’yicha ishchi guruhlar, transport vositalarining tuzilishi, harakat xavfsizligi, tashish, avtomobil, temir yo’l, suv va xavo yo’llari transport turlarining bojxona masalalari kiradi.
Ishchi guruhlar sessiyalari har yili Komitet belgilagan muddatda o’tkaziladi.
YaIK ga ahzo-davlatlardan tashqari, ITK va uning yordamchi organlari ishlarida ko’pchilik, asosan nodavlat xalqaro tashkilotlar, jumladan xalqaro avtomobil transporti ittifoqi va ko’pgina boshqalar qatnashadi.
1947-yilda tashkil qilingan ITK bir necha yillar mobaynida Yevro’ada ‘aydo bo’ladigan har xil transport muammolarini yechish uchun chora-tadbirlar qabul qilish bilan shug’ullanadi.
SHu bilan bir qatorda, o’z faoliyati davomida u uzoq muddatlarga ko’zda tutilgan boshqa muammolar bilan ham shug’ullanadi. Xalqaro nodavlat tashkilotlarning faol ishtiroki va katta yordami tufayli ITK tomonidan nafaqat Yevro’adagi xalqaro tashishlarni yengillashtirish uchun qator konventsiya, kelishuv, tavsiyalar ishlab chiqilgan, balki milliy tavsiyalarni unifikatsiya qilish va yaxshilash borasida ham yaxshi ishlar qilingan. Masalan, O’zbekiston davlatiga yordam berish maqsadida yuklarni TRACECA(savdo-sotiq, bojxona rasmiyatchiliklari va yuklarni eks’edirlashda) regional “yo’lagi” bo’yicha transportirovka (jumladan, ‘axta) qilishni rivojlantirish, O’rta Osiyo davlatlarining savdo-sotiq aloqalarini tashqi dunyo bilan bog’lash (“Buyuk I’ak yo’li” ni qayta tug’dirish) – BMT tranzit tashish sohasida regional hamkorlik vositasini kengaytirish uchun texnik hamkorlik dasturi tasdiqlangan.
ITK faoliyatida barcha masalalar, shu jumladan xalqaro avtomobil harakatini tashkil etish, yo’lovchi va yuklarni tashish masalalari o’z aksini to’gan.
Yuqorida qayd qilingan ishlarni amalga oshirish uchun Ichki transport komissiyasi avtomobil, temir yo’l va ichki suv transportlari bo’yicha hukumat uchun bevosita tavsiyalar berish huquqiga ega bo’lgan ishchi guruhlarni tashkil qilgan.
Avtomobil transporti bo’yicha ishchi guruh, faolligi bilan ajralib turadi, uning ishlari quyidagilardan iborat:

  • yagona texnik shart-sharoitlar (SEM konventsiyasi) asosida qurilgan asosiy Yevro’a transport magistrallari tizimlarini yagona dizaynda rivojlantirish;

  • yuklarni (CMR) xalqaro avtomobilda tashish shartnomalari bo’yicha konventsiya;

  • yuk jo’natilgan davlatning bojxona hizmatchilari mahkamlagan yuk avtomobillarini boshqa davlat chegarasidan o’tishda belgilangan joygacha iloji boricha yukni tekshirmasdan, bojxona rasmiyatchiliklarini yengillashtiruvchi TIR konventsiyasi kelishuvi;

  • yagona yo’l belgilari, signallari va ko’rsatkichlari (butun dunyoda qabul qilingan) bo’yicha kelishuv;

  • harakat xavfsizligini ta’minlash, atmosferani ifloslanish darajasini va shovqinni kamaytirish maqsadida, avtotransport vositalarini standart ishchi xarakteristikasi bo’yicha jihozlash va 47 dan ko’proq qarorlarni birlashtiruvchi va x.k. kelishuv;

  • haydovchi litsenziyasi muddati va ularni olish uchun qo’yilgan minimal talablar, haydovchilar uchun testlar, harakat xavfsizligi bo’yicha tavsiyalar hamda avtomobilda xalqaro yuk tashishda tijorat yuk avtotransport vositalari bilan shug’ullanadigan haydovchilar uchun belgilangan ish vaqti;

  • xalqaro tashish jarayonida tez buziladigan oziq-ovqatning shartlari haqidagi kelishuv;

- xavfli yuklarni (ximikatlar, ‘estitsidlar, ‘ortlovchi moddalar) avtomobil yo’llarda xalqaro tashishda Yevro’a kelishuvi ratifikatsiyasi;

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin