Transport logistikasi kafedrasi


BMTning Yevro’a iqtisodiy komissiyasi



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə80/86
tarix19.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#186111
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   86
MA\'RUZALAR

BMTning Yevro’a iqtisodiy komissiyasi

Xalqaro transport harakatini tashkil etish masalalari avtomobil transportida yo’lovchi va yuk tashish mehyoriy hujjatlar asosida boshqariladi, ularni ishlab chiqishda har xil davlat organlari va tashkilotlari ishtirok etadi. Ularni quyidagi 8 ta guruhga ajratish mumkin:

  • xalqaro tashishlarga ruxsat beriladigan transport vositalariga talablar;

  • avtomobil yo’llarida transport vositalarining xavfsiz harakatlanish qoidalari va uni tashkil etish;

  • avtomobilda xalqaro harakatlanish uchun ochilgan avtomobil yo’llarining Yevro’a tarmog’ini aniqlaydigan hujjatlar va bu yo’llarga bo’lgan texnik talablar;

  • Xalqaro tashishlarni bajarayotgan va haydovchilar mehnatini tashkil etayotgan transport vositalari haydovchilariga bo’lgan talablar;

  • avtomobilda xalqaro tashish shartlarining bajarilishi, huquqlari, burchlari va tashish jarayonida ishtirok etuvchi tomonlarning javobgarligi;

  • avtomobilda xalqaro tashishda chegara va bojxona nazorati qonunlari;

  • Xalqaro tashish va ularda ishtirok etuvchi transport vositalarini soliqqa tortish;

  • Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash.

Xalqaro tashishlarni rivojlantirish masalalari, transport vositalarini takomillashtirish, chegaradan o’tishda yo’lovchi va yuk harakatlanishidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha nafaqat milliy balki xalqaro tashkilotlar ham shug’ullanadi: Yevro’a va boshqa iqtisodiy komissiyalarning transport organlari(YaIK) BMT, Yevro’a Hamjamiyati va boshqalar.
BMTning 1947 yilda tashkil etilgan YaIKsi
(EEK) iqtisodiy hamkorlikni yo’lga qo’yish va amalga oshirish, davlatlar-ishtirokchilar orasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash hamda uning faoliyatini tadqiqot qilishga qaratilgan. SHunga o’xshash BMT ning Komissiyalari dunyoning uchta regionida tashkil etilgan. Ular xalqaro savdo-sotiq, ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirishga, uzoq vaqtli iqtisodiy o’sishni ta’minlab beruvchi umumiy yo’nalishni ishlab chiqishga hamda atrof-muhitni yaxshilashga qaratilgan. Asosan muhokama ‘redmeti bo’lib, siyosatga bog’lik bo’lmagan iqtisodiy sohalar o’sishi hisoblanadi.
Yilda bir marta chaqiriladigan YaIK ‘lenar sessiyalari ishida 34 ta davlatning hukumat vakillari ishtirok etadi. Bular sharqiyevro’a va g’arbiy yevro’a davlatlari, Kanada va AQSH hamda ko’p sonli xalqaro tashkilotlar vakillaridir (assotsiyalar, ittifoqlar, federatsiyalar va sh.o’.).
BMT ning YaIK shtab-kvartirasi Jenevada joylashgan. YaIKning amaliy faoliyati sessiyalar orasida uning yordamchi organlari, komitetlari, ishchi guruhlari va b. orqali amalga oshiriladi.
BMT ning Iqtisodiy komissiyasi xalqaro yo’l harakatini rivojlantirishda nafaqat Yevro’a davlatlari uchun balki undan tashqaridagi davlatlar uchun ham muhim o’rin tutadi. Buning tahsiri natijasida dunyoning ko’p yerlarida, jumladan O’zbekiston Respublikasi BMTning maxsus rezolyutsiyasi ramkasida YaIK konventsiyasini imzoladi, masalan, TIR konventsiyasi, poddon, konteynerlarda tashish bo’yicha va x.k.
Komissiya faoliyati, ahzo bo’lgan davlatlar hukumati tashkilotlari vakillaridan, odatda maxsus xalqaro tashkilotlar ishlarida ishtirok etish uchun taklif qilingan rasmiy shaxslardan iborat bo’lgan har xil maxsus Komitetlar tashabbusi va rahbarligida o’tkaziladi. Bularning bittasi Ichki transport komiteti hisoblanadi.


    1. Yüklə 2,02 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin