Transport logistikasi kafedrasi


Multimodal tashish bozorlari



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə77/86
tarix19.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#186111
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   86
MA\'RUZALAR

Multimodal tashish bozorlari
Multimodal tashish bozorlari murakkab bo’lib, quyidagi o’zaro munosabatlar bilan xarakterlanadi:

  • yuk jo’natuvchi – yuk qabul qiluvchi (mahsulot – tovar);

  • yuk jo’natuvchi – avtotransport kom’aniyasi (mahsulot – yuk birligi);

  • avtotransport kom’aniyasi – multimodal transport kom’aniyasi (mahsulot – terminalga avtomobilda tashish);

  • multimodal transport kom’aniyasi – temir yo’l kom’aniyasi (mahsulot – terminalga yetkazish);

  • multimodal transport kom’aniyasi – avtotransport kom’aniyasi (mahsulot – avtomobil transportida tashish);

  • avtotransport kom’aniyasi – yuk qabul qiluvchi (tovar –mahsulot).

Multimodal tashishning samaradorligi deb yuk qabul qiluvchi nuqtai nazaridan qaralganda alg’ternativ yuk tashish marshrutlariga nisbatan narhlarining arzon bo’lishiga aytiladi.
Intermodal tashishlar
Intermodal tashishlar – yuklarni bitta yuk birligida (konteynerlar) yoki bir necha transport turidan foydalanib, transport vositasida yuk birligini qayta shakllantirmasdan harakatlanishidir. Bunda tashishni tashkil qilgan shaxs, yagona hujjatni rasmiylashtirishda nechta transport turi qatnashganidan qathiy nazar yuk uchun javobgar bo’ladi. Tashishni bu turi yuklarni yagona transport bo’limida, yahni konteynerda tashishni ko’zda tutadi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, sarmoya va savdo-sotiq Vazirligining Oq-oltin terminalidan (Guliston shaxri yaqinida) (Batumi) ‘oti ‘ortiga, Guliston – Samarkand - Buxoro – Olot --CHorjou- Turkmanboshi port – Boku porti (paromda) –poti porti(Batumi). Yoki Angrendan chiqadigan konteyner (sirlangan cho’yan vanna) CHikago (AQSH) ga yetkaziladi. Bu yerda oldin avtomobil, dengiz, keyin esa Boston ‘ortidan CHikagogacha avtomobil yoki temir yo’l transportida yetkaziladi.
Multi va intermodal tashishlarni mamlakatdan tashqarida amalga oshirib, (eksport-import operatsiyalarda) yuklarni rasmiylashtirish ishlarida bojxona operatsiyalari hamda transport qonunchiligi va yukni olib o’tish marshruti bo’yicha tashishda tijorat huquqiy as’ektlari (jihatlari) muhim ahamiyat kasb etadi.
Multimodal va intermodal tashishlarda transport jarayonini axborot-kom’g’yuter vositalari orqali qo’llash katta ahamiyatga ega. Transportirovka uchun telekommunikatsiya tarmog’i, s’utnik aloqa tizimi va transport vositalari uchun navigatsiyalar asosiy rolni bajaradi.
Tranportirovka, transport turi va logistik vositachilarni tanlash bir necha kriteriyalar asosida qilinadi. Transport turi va tashish usulini tanlashda asosiy kriteriyalar quyidagilardir:

  • transportirovka uchun minimal sarf-xarajat;

  • yukni yetkazish vaqti;

  • maksimal ishonch va xavfsizlik;

  • transport turining quvvati;

  • yukning saqlanishini ta’minlash.

Transportirovka sarf-xarajatlariga nafaqat aniq hajmdagi yukni yetkazib berishdagi transport tariflari balki transport-ekspeditsiya operatsiyalari bilan bog’liq bo’lgan sarf-xarajatlar, yuklash, tushirish, qadoqlash, yukni kuzatib borishdagi logistik operatsiyalar xarajatlari kiradi.
Yukni aniq belgilangan muddatda yetkazib berish tanlangan tashish sxemasini ishonchli ekanligini bildiradi. Bundan tashqari, yukni yetkazib berish vaqti qisqargani, yuklarni tashish bozorida firma uchun keng yo’l ochadi. Yo’lda yukning saqlanishini, yuk sifati standartlari, xalqaro ekologiya talablarini ta’minlash tanlashning muhim sharti hisoblanadi.
Bugungi kunda dunyo bozorida tovarlarni yetkazib berish jarayoni bir qator ishlarni amalga oshirish jarayoni bilan bog’liq bo’lib, bularga yuklarni samarali yetkazib berish kompleksi, yuklarni teng taqsimlash operatsiyalari va xizmatlari kiradi. Transport-ekspeditorlik korxonalari aynan ushbu ishlarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan.

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin