Xususiy tashishlar – foyda olish maqsad qilib qo’yilmagan o’zlarining xususiy vazifalarini bajarish uchun, transport operatsiyalari ular uchun qo’shimcha faoliyat hisoblangan korxonalarning avtobuslari tomonidan amalga oshirilgan tashuvlari.
Bilet - yo’lovchilarni avtobusdan foydalanishga huquq beradigan va tashuvchi va yo’lovchi orasidagi tashish shartnomasi tuzilganligini tasdiqlaydigan hujjat;
Yuk – transport bilan jo’natish uchun taxlangan va yo’lovchidan alohida, yahni avtobusning yukxonasida tashiladigan yuk;
Yuk kvitantsiyasi – yukni tashish uchun qabul qilinganligini tasdiqlaydigan hujjat;
Marshrut hujjatlari (marshurt ‘as’orti) – marshrut yo’nalishida inshootlar, to’xtash ‘unktlari, ular orasidagi masofa va marshrutning umumiy uzunligini, uning chizmasi, harakatlanish masofasi, yo’l kira haqi, yo’l xolatini xarakterlaydigan hujjatlar;
Marshrut chizmasi – shahar va avtovokzallar(avtostantsiyalar), marshrut harakatlanishi bo’yicha o’tiladigan davlatlar hududi hamda bu davlatlar chegarasidan o’tish joyini ko’rsatuvchi tashish marshrutining grafik chizmasi;
Harakatlanish jadvali - avtobuslarni jo’nash va kelish vaqti haqidagi mahlumotni, tashish joyi va uning davriyligini o’z ichiga olgan jadval;
Tarif – yo’lovchi va yuk bagajini tashish narxi o’rnatilgan miqdor;
Yuklarni xalqaro tashishdagi asosiy atamalar Yuklarni tashishda dunyo amaliyotida qo’llaniladigan asosiy atamalar Transport Vazirlarining Yevro’a Konferentsiyasida tavsiya qilingan bo’lib, magistralg’ yo’lda tashishni tashkil qilganlar tomonidan ishlatiladigan atama va tushunchalarni o’z ichiga oladi.Ularga quyidagilar kiradi: unimodalg’ (bir turdagi), aralash yuklarni tashish, multimodalg’ va intermodalg’ tashishlar.
Unimodalg’ tashish bir turdagi transportda amalga oshiriladi. Odatda, transportirovkaning boshlang’ich va oxirgi ‘unktlari berilgan bo’lib, logistika zanjirining oraliq operatsiyalari bo’lgan omborlash va yuklarni qayta ishlash operatsiyalarisiz bajariladi. Masalan, ko’p tonnali yuklarni jo’natishda va yukni yetkazishdagi oxirgi ‘unktda ‘odhezd yo’llari bo’lsa temir yo’l transportini, mayda ‘artiyali yuklarni qisqa masofaga jo’natishda esa avtomobil transportini qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Aralash yuklarni tashish ikki xil turdagi transportda amalga oshiriladi. Bunda, yuk ishlov berish ‘unktiga transportning birinchi turi bilan yetkaziladi yoki saqlamaydigan yoki qisqa vaqt saqlaydigan yuk terminaliga boshqa transport turiga o’tkazish yo’li bilan olib boriladi.
Bir necha transport xujjatlarining mavjudligi, fraxtning yagona tarif stavkasining yo’qligi aralash alohida tashishning belgilari hisoblanadi. To’g’ri aralash tashishda yuk egasi boshqa transport turi xizmatini ko’rsatayotgan birinchi tashuvchi bilan shartnoma tuzadi.
Multimodalg’ tashish – yuk transportning bir turidan ikkinchi turiga o’tkazilib, yuklarni bir necha transport (kamida ikkita) turida tashishdir. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, sarmoya va savdo-sotiq Vazirligining Buxoro terminalidan Buxoro –’.Olot-CHorjou-Seraxs- Fors ko’rfazidagi (Eron) Bender Abbas ‘orti marshruti bo’yicha avto’oezdlarda tashiladigan ‘axta tolasi, uni omborxonaga qo’yish, uni omborxonadan Ya’oniya, Janubiy Koreya yoki Avstraliyaga dengiz orqali transportirovka qilish uchun kemaga yuklab tashish multimodalg’ tashishdir.
Ushbu tashish turi yukni bir turdagi transportdan boshqasiga to’dalangan yoki yuk turiga bog’liq holda qadoqlangan idishda ag’darishni ko’zda tutadi.