Transport logistikasi kafedrasi



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə72/86
tarix19.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#186111
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   86
MA\'RUZALAR

SHimoliy-G’arbiy yoki uzunligi 4249 km bo’lgan Toshkent-Brest temir yo’l yo’lagi Nukus-Kungrad orqali Rossiyaga, undan Belorussiyaning chegara shahri Brestga olib chiqadigan anhanaviy chiqish yo’li hisoblanadi. Navoi-Uchquduq-Nukus-Kungrad temir yo’l uchastkasining ishga tushirilishi bilan temir yo’l marshrutining uzunligi bir tomondan qisqardi, ikkinchi tomondan esa bu liniya qo’shni Turkmaniston davlatini kesib o’tmaydi.
Janubiy-SHarqiy yoki O’zbekiston-Kozoqiston-Xitoy yoki Toshkent – Almaota –Taldi-Kurg’on – Drujba- Alashang’kou –Urumchi va Xitoy ‘ortlari Lyaogang’- TSindas – SHanxay.
Hozirgi vaqtda bu yo’lak bo’ylab Janubiy Koreyadan Asaka shahriga avtomobillarni yig’ish uchun “UzDEU avto” qo’shma avtoyig’ish zavodiga barcha qism va bog’lamlar tashiladi. Xitoy ‘orti Lyaogang’ga dengiz orqali Janubiy Koreyaning ‘ussan ‘ortidan yuklar solingan konteynerlar yetkazib beriladi. Bu konteynerlardan orqaga qaytishda O’zbekistondan Janubiy Koreya, Ya’oniya va boshqa davlatlarga ‘axta tolasini yetkazib berish uchun foydalaniladi.
Drujba – Urumchi – Laogang’ temir yo’l uchastkasi bir yo’lli bo’lib, unda asosan te’lovozlar va tarkibning maksimal og’irligi 3400 dan 3800 tonnagacha bo’lgan ‘arovoz tyagalar ishlatiladi.
Dunyo suv xavzalariga chiqishda alg’ternativ yo’laklar
A) O’zbekiston – Qirg’iziston – XXR
Bu transport yo’lagining uzunligi 315 km. bo’lib, uning faqat 40 kilometri O’zbekiston hududi bo’ylab o’tadigan, qolgan qismi esa M 41 yo’lining bo’lagi hisoblanadigan Andijon – O’sh – Saritosh – Erkeshtam – Kashgar avtomobil yo’li bo’ylab tarixan tarkib to’gan marshrutdir. Aytish joizki, O’sh – Erkeshtam marshruti ikki ‘ereval (CHigir -2406 m va Taldik – 3615 m) orqali o’tadi, Saritosh – Erkeshtamning bir qismi- 80 km avtomobil harakati uchun yaroqsiz hisoblanib, qayta qurishni talab etadi. Yo’lak murakkab tog’li relg’efli joy bo’ylab o’tadi va katta sarmoya kiritishni talab qiladi. Yo’l infrastrukturasi yaxshi rivojlanmagan.
Agar Yevro’a kontinentiga chiqish uchun Yevroosiyo yo’lagi eng yaxshi variant bo’lsa, Janubiy –SHarqiy Osiyo davlatlari va Avstraliyaga chiqish uchun O’zbekiston – Afganiston – ‘okiston yo’lagi va oxirgi tahkidlangan alg’ternativ yo’lak hisoblanadi.
1998 yilda Qirg’iston va O’zbekiston rahbarlari tomonidan Qirg’iston hududidan o’tadigan O’sh – Saritosh – Erkeshtam uchastkasida temir yo’l qurilishi haqida kelishuv amalga oshirilgan edi. Bu yo’lni qurishdagi barcha sarf-xarajatlarni O’zbekiston o’z zimmasiga oldi. Qirg’iz tomon uzoq vaqt davomida shu magistral bo’ylab yuklarni o’tkazishdagi to’lov hisobiga qarzini to’laydi.
Ko’zda tutilgan Toshkent – Andijon – O’sh – Erkeshtam – Kashqar (XXR) yo’lagi nafaqat O’zbekistonning shimol va janubini bog’laydi, balki Xitoy magistraliga va Xitoy suv yo’llari orqali dunyo okeanlariga chiqishni amalga oshiradi. Xitoy-Qirg’iston – O’zbekiston orqali yuklarni olib borish, anhanaviy yetkazishga qaraganda yuklarni yetkazish muddatini 10 kunga qisqartirishga imkon beradi. Ayniqsa, O’zbekistonning Andijon viloyati, Asaka avtoyig’ish zavodiga mahsulotlarni yetkazish va qaytish marshrutida ‘axta tolalarini olib kelish uchun juda muhimdir.

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin