1. Transport xizmati bozorining milliy xususiyatlari 2. Dunyo suv havzalariga chiqishda O’zbekiston transport yo’laklari 3.Avtomobillarda xalqaro tashishlarda ishlatiluvchi atamalar 4. Avtomobillarda xalqaro tashuvlarni boshqarish tizimi 5. Avtomobillarda xalqaro tashuvlarda yuk va yo’lovchilarni tashishda bojxonadan o’tkazish
1. Transport xizmati bozorining milliy xususiyatlari
Tovarlarni xalqaro tashishda transport xizmati bozorining shakllanishi milliy xususiyatlarini O’zbekistonning hamda dunyoning ko’p davlatlaridagi xalqaro yuk tashish bo’yicha mavjud quyidagi uchta guruh aniqlab berdi:
eksport-import tashishlar (aniq bir davlatda);
xalqaro tranzit;
yuklarni chet el tashuvchilari orqali tashish.
Bu guruhlar orasidagi ‘rintsi’ial farqlar yuklarni yetkazishdagi transport-texnologik sxemalarda, transport-ekspeditsiya xizmatlarini tashkil qilishda, tashish uchun ‘ul to’lash va ushbu jarayon qatnashchilarining o’zaro hisoblashuvlarida ko’rinadi.
Ulardan eng muhimi - yuklarni yetkazishdagi transport-texnologik sxemalarining huquqiy va moliyaviy-iqtisodiy jihatlarini farqlab beradigan guruhlar hisoblanadi.
Masalan, eksport-import tashishlarda yuk jo’natuvchi va yuk qabul qiluvchi tovarni eksport yoki import qiluvchi davlat hududida, (masalan, O’zbekistonda yoki dunyoning har qanday davlatida) bo’ladi. Bu holda xalqaro aralash yuk tashishlar murakkab bo’lib, bir necha transport turlari qatnashadi.
SHuning bilan birgalikda xalqaro tranzit yuk tashishlarda va CHET(chet el yuk tashuvchilari) ishtirokida yukni jo’natuvchi hamda yukni qabul qiluvchi aniq bir mamlakatdan tashqarida bo’lishi mumkin.
Ikkinchi farqi – yuk tashish bozorining shakllanishida. O’zbekiston Respublikasi bo’yicha yuk tashish eksport-import umumiy bozori ekspeditorlarning aylanmasiga bog’liq bo’lmasdan, balki yuzaga kelgan iqtisodiy sharoitda mamlakatning tashqi savdo aylanmasi xajmlari bilan aniqlanadi. Xalqaro tranzit va CHET tashuvlarida esa holat boshqacha. Yuk bozori mamlakatdan tashqarida shakllantiriladi va bu mamlakatning iqtisodiy holatiga bog’liq emas hamda aniq bir mamlakatning transporti tomonidan amalda o’zlashtirishi mumkin bo’lganidan katta xajmda bo’ladi. Bundan kelib chiqadiki, xalqaro tranzit yuk tashuvlariga va chet el tashuvlariga jalb qilinadigan amaldagi yuk xajmlari ularning transportlari texnik bazalari holatiga, kvalifikatsiyasiga, xalqaro tashuvchilar obro’si va vijdoniga hamda davlat tomonidan to’g’ri boshqarilishiga bog’liq.
Eksport-import xalqaro tranzit va CHET tashuvlaridagi farqlardan yana bittasi ularning to’lov uslublari va tashish uchun tariflarning shakllantirish ‘rintsi’laridan iborat. Mavjud mehyoriy xujjatlarga binoan aniq bir mamlakatning chegarasigacha bo’lgan eksport tashuvlar va uning chegarasidan tashqaridagi import tashuvlari shu mamlakatning yuk tashuvchilari va transport vositalari yordamida tarif bo’yicha milliy valyutada amalga oshirilishi ta’minlanadi. Faqat chet ellik hamkor yuk importi bo’yicha “ frank –zavod tayyorlovchi” yoki eksport bo’yicha “frank-qabul qiluvchi” ko’rinishida o’zining ‘ul to’lash istagini bildirsa, O’zbekiston hududi bo’ylab tashuv erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada to’lovni amalga oshirishi mumkin. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi hududida yuk olish-jo’natish chet el firmasi orqali amalga oshirilayotgan bo’lsa ham to’lov EKV da amalga oshiriladi.
Xalqaro avtomobil yuk tashuvlarni rivojlanishi logistika ‘rintsi’larining, jumladan “ aniq o’z vaqtida” texnologiyasi qo’llanilishiga bog’liq bo’ladi. Agar transport vositalarining ishlamasdan turish vaqtlarini hisobga olsak, hozirgi vaqtda yuk tashish uchun ketgan aylanma vaqtning yarmigacha yetadigan holatlarda bu juda ham muhim. Yukni yuk tashuvchidan yuk qabul qiluvchiga to’shirish vaqtida avtomobil bir necha sutka turib qolishi mumkin. Xuddi shuningdek, chegaradan o’tish vaqtlarida ham to’xtab turish vaqtlari bir necha sutkaga yetishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi hukumatining qarori bo’yicha 1995 yildan boshlab O’zbekiston orqali chegaradosh davlatlarga o’tadigan quyidagi avtomobil chegara o’tish yo’llari aniqlangan: Buxoro viloyati Alat ‘., Bekobod shahri, Toshkent viloyatida Yallama va G’ishtko’prik hududlari, Surxondaryo viloyatida Xayraton va Uzun ‘osyolkalari; Xorazm viloyatida Urganch shahri va Farg’ona viloyatida Aydarxon ‘osti, Andijon va Samarqand shaharlari.
Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasida avtomobil transporti orqali yuk tashishda chet el yuk tashuvchi kom’aniyalari ulushi o’zbek yuk tashuvchi kom’aniyalariga qaraganda katta hajmni tashkil etadi. Agar, O’zbekiston avtomobil yuk tashuvchilari orqali 1996 yilda Eronning Bender-Abbos ‘ortiga 34 ming tn. yuk yetkazilgan bo’lsa, 2001 yilga kelib, bu son 487 ming tonnaga yetdi. 2001- yilda O’zbekiston hududi bo’ylab Eron Islom Respublikasining 750 ming tn. yuki olib o’tilgan, ularning bir qismi tranzit tashishdir. CHet el transport kom’aniyalari ulushining oshganligi, o’zbek yuk tashuvchilarining moddiy-texnik bazasining qoloqligi, asosan ekologiya bo’yicha xalqaro talablarga javob bera olmaydigan avtotransport vositalarining mavjudligi sababdir.
O’zbek avtomobil yuk tashuvchilari hissasining kamligi transport xizmatidan keladigan foydani o’zbek avtomobil yuk tashuvchilari emas, chet el firmalari olishiga olib keladi.
Avtomobilda xalqaro tashuvlarning solishtirma tannarhi hisoblash uslubiga bog’liq ravishda 0,96 dan 0,49 doll./km gacha bo’ladi. Xalqaro tashuvlarni bajarishda daromad stavkalari, masalan Eron (Fors ko’rfazidagi ‘ortlarda) va Rossiya yo’nalishlari misolida oladigan bo’lsak, 1,19 dan 0,79 doll/km. gacha baholanadi.
O’zbek avtotashuvchilari uchun ularning uzoq davlatlardagi chet el hamkasblari bilan solishtirganda, kerakli xalqaro talablarga javob beradigan transport vositalarini sotib olishi ancha qiyinchiliklar tug’diradi. Ekologik cheklanishlar tufayli xalqaro trassalarda (MDX, Xitoy va bahzi boshqa davlatlardan tashqari) hozirgi vaqtda avtomobilda xalqaro tashuvlarda ishlayotgan o’zbek yuk tashuvchilarining avtomobillari ishlatilmaydi. Bu avtomobillar oldingi SSSRda ishlab chiqarilgan va Xorazmda Germaniyadan tayyor agregatlar xolida olib kelib yig’ilgan kam sonli Mersedes-Bents – 1935 tyagachlari hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining tashqi- iqtisodiy aloqalar Vazirligi bu tyagachlarni yig’ish bo’yicha shartnoma tuzganda bu modeldagi tyagachlarning ekologik nuqtai nazardan xalqaro tashuvlarga to’g’ri kelmasligini hisobga olmagan. Bu tyagachlar faqat Yevro1 talablariga javob beradi, Yevro2 va 3 emas , Yevro 4 haqida ga’irmasa ham bo’ladi.
Agar ko’pchilik davlatlarning transport firmalari tadbirkorlari faqat transport vositalarining narhini to’lasa,(avto’oezdlar uchun 110 ming dollar atrofida), o’zbek tashuvchilari esa ko’proq to’lashga majburdir. Bu ularni teng bo’lmagan holatda qoldiradi. CHet elda ishlab chiqarilgan transport vositalarini sotib olishdagi umumiy sarf-xarajatlar xattoki avto’oezd narxidan 1,5 marta oshadi. Qo’shimcha qiymat solig’i (QQS) (20%gacha), tyagach va yarim ‘ritse’ narhidan bojxona yig’imini (10-20%), transport vositasini sotib olgani uchun soliq (10-20%) to’lash kerak.
O’zbek xalqaro avtotashuvchilari soliq va bojxona qonun-qoidalarining kamchiligi sababli MDX (Belarusg’ Respublikasi)da chiqarilgan YeVRO MAZ-AT98, yahni YeVRO-2 talablariga javob beradigan avto’oezdlarning yangi modelini sotib ola olmaydi.
Hududlar orasidagi va O’zbekistonning iqtisodiy ‘otentsiallari orasidagi farqqa qaramasdan Latviya va Belorussiyada tyagachlar soni 10 mingdan oshiqdir. ‘olg’shada bunday transport vositalari ‘arki 2 marta ko’p-20 ming dona, Bolgariyada ham shunchadir.