Transport logistikasi kafedrasi


Tovar-transport nakladnoyin



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə68/86
tarix19.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#186111
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   86
MA\'RUZALAR

Tovar-transport nakladnoyini yuk jo’natuvchida to’ldirish
1-t shakldagi tovar-transport nakladnoyi yuk jo’natuvchida:

  • yukni berish uchun mashul bo’lgan shaxs (sotish bo’limining xodimi, ta’minot bo’limining xodimi);

  • tovarlarni berayotgan moddiy javobgar shaxs (ombor mudiri, omborchi);

  • narxlar va tovar-transport nakladnoyi tovar bo’limining boshqa moliyaviy mahlumotlari to’g’riligi uchun javob beradigan xodim tomonidan to’ldiriladi.

Tovar-transport nakladnoyiga ilova qilinadigan ilova hujjatlari rasmiylashtirish, ular bo’yicha ombor, tezkor, buxgalteriya hisoblari yuritiladi hamda tovar-material boyliklar kirim va chiqim qilinadi.
Ushbu xollarda tovar-transport nakladnoyidagi "Yuk to’g’risidagi mahlumotlar" bo’limining 1,2 3,4,5 va 6-ustunlari to’ldirilmaydi.
Ko’rsatib o’tilgan ustunlarning yig’ma qatorlarida ilova hujjatlarining nomi, tartib raqami va ular to’ldirilgan sana yozilsin;
"Hammasi bo’lib so’mlik berildi" qatoriga yuklab jo’natilgan tovarlarning qiymati so’zlar bilan yozilsin;
"Berishga ruxsat etildi" qatorida tovar-moddiy boyliklar yuklab jo’natilishi uchun javobgar bo’lgan shaxsning lavozimi ko’rsatilsin, u o’z imzosi bilan qayd etilgan yozuvlarning to’g’riligini tasdiqlaydi va yukning yuk oluvchiga jo’natilishiga ruxsat beradi;
"Yukka berilgan hujjatlar" ustuniga tovar-transport nakladnoyiga ilova qilinadigan hujjatlarning (temir yo’l nakladnoylari, sertifikatlar, guvohnomalar) tartib raqami va nomi yozilishi kerak. Ko’rsatib o’tilgan hujjatlarni haydovchi-ekspeditor qabul qilib olishi va yuk bilan birgalikda yuk oluvchiga to’shirishi shart.
"O’rash turi" ustuniga yuk tashiladigan idishning turi qisqartirib yozilishi kerak (masalan, "yash.", "sav.", "boch.", "‘ak"). O’rab-joylanmagan yuk tashish uchun taqdim etilgan taqdirda qisqartirilgan xolda "o’ralmagan" deb yozilishi kerak;
"O’rinlar soni" ustuniga 1-ustunda qayd etilgan yuk nomlarining har biri va o’rashning har bir turi bo’yicha urinlar soni alohida yozilishi kerak.
Yuk konteynerda tashilganda ushbu ustunga konteynerlar soni ko’rsatilishi kerak.
Yuk ‘aketlari ‘oddonlarda tashilganda ‘aketlar soni ko’rsatilishi kerak.
Yuk uyilgan, to’kilgan yoki quyilgan xolda tashilganda tegishli yozuv qayd etiladi va o’rinlar soni ko’rsatilmaydi;
Tovar xususiyatiga ega bo’lmagan yuk tashilganda № 1-t shaklli tovar-transport nakladnoyining 1, 3, 4, 5, 6, 7, 8 va 9-ustunlari to’ldirilmaydi.
Yukni tashish to’g’risidagi va tovar-transport nakladnoyida qayd etilgan barcha yozuvlar "Tashishga to’shirdim" qatorida yuk jo’natuvchining bitta imzosi bilan va "Qabul qildim haydovchi- ekspeditor" qatorida haydovchining imzosi bilan tasdiqlanadi;
"Og’irlikni aniqlash usuli" ustunida yukning og’irligi qaysi usulda aniqlanganligi yozilishi kerak.
Yuk tortilganda tosh-torozining turi ko’rsatilishi kerak ("to», tosh-torozi", "avtotorozi"). Agar yukning og’irligi standart, o’lchab ko’rish yoki hisoblab chiqish yo’li bilan aniqlangan bo’lsa, ustunda tegishli yozuv qayd etiladi;
13-"Brutto og’irligi, tonna" ustuniga tovar-transport nakladnoyining tovar bo’limidagi "brutto og’irlik" qatorida ko’rsatilganga o’xshash yuk og’irligi ko’rsatiladi. Og’irlik tashilayotgan yuklarning nomlari turlari va yukning umumiy vazni bo’yicha 0,01 tonnagacha aniqlikda tonnalarda yoziladi;
yuk talonlar bo’yicha tashilganda va yuk bilan bir necha qatnovlar bitta tovar-transport nakladnoyi bilan rasmiylashtirilganda "Qatnashlar soni" qatorida bajarilgan qatnovlarning umumiy soni yoziladi.
Tovar-transport nakladnoyining transport bo’limida yukning haydovchi-ekspeditor va tovarlarni berayotgan moddiy javobgar shaxs o’rtasida qabul qilib olinishi-to’shirilishini aks ettiruvchi qatorlarda yukni tamg’alash amalga oshirilgan tamg’aning izi namunasi (yoki tartib raqami), (yuk konteynerlarda, tsisternalarda va hokazolarda tamg’a ostida tashilganda) yuk o’rinlarining umumiy soni yoki konteynerlar soni (yozuv bilan), bitta tovar-transport nakladnoyi bo’yicha tashish uchun to’shirilgan umumiy og’irlik tonnalarda 0,01 tonnagacha aniqlikda (yozuv bilan) ko’rsatiladi:
a) "To’shirdim" qatorida yukni tashish uchun bergan yukni to’shiruvchi vakilining familiyasi, ismi, otasining ismi yoziladi. Ushbu vakilning shu qatorning o’zidagi imzosi va yuk jo’natuvchi korxonaning shtam’i bilan tovar-transport nakladnoyiga yozilgan barcha mahlumotlarning to’g’riligi tasdiqlanadi. Tovar-transport nakladnoyi, shuningdek, yukning tashish uchun berilishi to’ldirishning mazkur tartibiga muvofio’ yuk jo’natuvchi tomonidan rasmiylashtirilishi kerak. Yozuvlar o’ayd etilmagan ustunlar ustidan chiziq tortiladi;
b) "Qabul qildim haydovchi-ekspeditor" qatorida yukni tashish uchun qabul qilib olgan haydovchining familiyasi, ismi va otasining ismi yoziladi. U mana shu qatorning o’zida tamg’a izi yozuvini, o’rinlar sonini, tashish uchun qabul qilib olingan yukning massasini yoki tashish uchun qabul qilib olingan konteynerlarning tartib raqamini o’z imzosi bilan tasdiqlaydi.
Yukning yuk jo’natuvchidan tashish uchun qabul qilib olinishi tovar-transport nakladnoyining barcha nushalarida haydovchi- ekspeditor imzosi bilan tasdiqlanadi.
Tovar-moddiy boyliklar yuk oluvchining ishonchnomasi bilan tashish uchun qabul qilib olinayotganda yukni qabul qilib oluvchi vakil uni olish uchun "Yukni qabul kildim" qatoriga imzo chekishi kerak. Bunda yuk jo’natuvchi ishonchnoma kim tomonidan berilganligini, uning tartib raqamini va berilgan sanasini ko’rsatadi.
Yuk jo’natuvchining yukni ortish ishlarini bajarganligi to’g’risidagi mahlumotlar ortish uchun mashul bulgan shaxs tomonidan quyidagi izchillikda to’ldiriladi.
"Ortish-tushirish operatsiyalari" bo’limida "Ortish" qatoriga quyidagi mahlumotlar to’ldiriladi:
15-"Usul" ustunida ortish usuli ko’rsatiladi (qo’l bilan ortish, mexanizatsiya yordamida, quyish, bunkerdan, ekskavator cho’michining sig’imi);
17-"Kelish sanasi va vaqti" hamda 18-"Ketish sanasi va vaqti" ustunlarida yuk ortish uchun avtomobilning kelishi hamda ketishi yili, kuni, oyi, soati va minutlari yoziladi yoki shtam’-soat bosiladi. Haydovchi tomonidan yul varaqasi kirish darvozasida yoki nazorat-o’tkazish ‘unktida, yohud yuk jo’natuvchi tashkilotning tovar yuklanishi uchun mashul shaxsiga ko’rsatilgan vaqt yuk ortish uchun kelingan vaqt deb hisoblanadi. Tovar-transport nakladnoyi imzolangan va tovar ortib jo’natilishi uchun mashul bo’lgan shaxs tomonidan haydovchiga berilgan vaqt avtomobilning yuk ortish joyidan jo’nagan vaqti hisoblanadi. Agar bir qatnashda yuk bir necha tovar-transport nakladnoyi bo’yicha yuklansa, yuk ortish uchun kelingan vaqt ularning birinchisiga, yuk ortib bo’lingandan keyin jo’nab ketilgan vaqt ularning oxirgisiga yoziladi, qolgan tovar- transport nakladnoylarining tegishli ustunlarga chiziq tortib qo’yiladi.
Bitta tovar-transport nakladnoyi bilan bir necha qatnovlarni rasmiylashtirishda: 17-"Yuk ortish uchun kelish vaqti" ustuniga avtomobilning mazkur tovar-transport nakladnoyi bo’yicha yukni ortish uchun birinchi qatnovga kelgan vaqti, 18-ustunga esa oxirgi qatnovga ketish vaqti yoziladi. Ayni bir vaqtda 19-ustunda yuk ortish uchun avtomobilning turib kolgan jami vaqti ko’rsatiladi.
"Transport xizmatlari" qatorida yukni ortishda haydovchi tomonidan ko’rsatilgan transport xizmatlari (o’rab-joylash, yukni bog’lash, brezent bilan yo’ish, axborot xizmatlari) sanaladi va ularning soni ko’rsatiladi.
Yukni jo’natuvchining yuk ortish ishlari uchun mashul bo’lgan shaxsi ko’rsatib o’tilgan rekvizitlar to’ldirilishining to’g’riligi uchun 20-"Mashul shaxs imzosi" ustunida imzo chekadi.
Manzil tomon borilayotgan yo’lda tovar-transport nakladnoyini to’ldirish
Agar manzil tomon borilayotgan yo’lda yukni kayta yo’llash yohud ushbu tashishga tegishli da’olatnomalarni tuzish zarur bo’lib qolsa, bu haqdagi yozuv haydovchidagi mavjud uchala tovar-transport nakladnoyi nushalaridagi "Qayta yo’llash" yoki "Tuzilgan dalolatnomalar to’g’risidagi qaydlar" qatoriga yoziladi.
Yuk kayta yo’llanganda "Yukni oluvchi" va "Yukni tushirish manzili" qatorlaridagi rekvizitlarning usti chiziladi (yozuvlarni o’qish mumkin bo’ladigan tarzda) va "Qayta yo’llash" ustuniga yangi yuk oluvchining rekvizitlari qo’yiladi hamda joylashgan manziliga havola qilingan xolda yuk kim tomonidan qayta yo’llanganligi to’g’risida belgi qo’yiladi. Ushbu yozuvlarning barchasi haydovchining imzosi yohud tashuvchining vakili imzosi bilan tasdiqlanadi.
Mazkur jo’natishga tegishli dalolatnomalarni tuzishda "Tuzilgan dalolatnomalar to’g’risida qaydlar" ustunida dalolatnomaning tartib raqami, u tuzilgan sana va u nima haqda tuzilganligi yoziladi (masalan: "O’rinlar yetishmasligi to’g’risida", "Tamg’a buzilganligi to’g’risida" va hokazo).
Manzilga borish yo’lida yuk boshqa avtomobilga qayta ortilganda "Haydovchi", "Tashuvchi" va "Avtomobil" qatorlarida oldingi rekvizitlar ustidan chiziladi (yozuvlarni o’qish mumkin bo’ladigan tarzda) hamda avtomobil va haydovchi to’g’risidagi yangi mahlumotlar, shuningdek, tashuvchining rekvizitlari qo’yiladi. Ushbu tuzatishlar tashishga rahbarlik qilgan xodimning imzosi bilan tasdiqlanishi kerak. SHu bilan birga yukning bir haydovchi-ekspeditordan boshqa haydovchi-ekspeditorga berilishi xolati belgilangan shakldagi dalolatnoma bilan tasdiqlanadi. Bu haqda "Tuzilgan dalolatnomalar to’g’risida qaydlar" qatorida tegishli belgi qo’yiladi.
Tovar-transport nakladnoyini yuk oluvchida to’ldirish
Yuk yuk oluvchiga yetkazib berilgandan keyin haydovchi- ekspeditor uch nushadagi tovar-transport nakladnoyini yuk qabul qilib olinishi uchun mashul bo’lgan yuk oluvchi tashkilotning vakiliga to’shiradi, u nusha ko’paytiradigan qog’oz qo’ygan xolda tovar-transport nakladnoyi transport bo’limining tegishli rekvizitlarini to’rtinchi, uchinchi, ikkinchi nushalar izchilligida to’ldirishi shart.
"Ortish-tushirish ishlari" bo’limida "Tushirish" qatorida kuyidagi rekvizitlar to’ldiriladi:
15-"Usul" ustunida tushirish usuli (qo’lda, mexanizatsiyalashtirilgan xolda, to’kkan xolda, o’ziag’dargich bilan va hokazo) yoziladi;
17 va 18-ustunlarga avtomobilning yuk ortish uchun kelishi va so’ngra jo’nab ketishi kuni, oyi, soati va minutlari yoziladi yoki shtam’-soat bosiladi;
19-ustunga avtomobilning yuk tushirish uchun turib qolgan vaqti yoziladi.
Haydovchiga zarur tarzda to’ldirilgan tovar-transport nakladnoyi to’shirilgandan keyin tushirish tamom bo’lgan deb hisoblanadi.
20-"Mashul shaxs imzosi" ustunida yuk oluvchining tushirish ishlari uchun javob beradigan vakili tegishli qatorlar to’g’ri to’ldirilganligini hamda tushirish ‘aytida haydovchi tomonidan yuk oluvchiga ko’rsatilgan transport xizmatlari (har bir xizmat bo’yicha soni ko’rsatilgan xolda) yoziladigan "Transport xizmatlari" qatoridagi yozuvlarning to’g’riligini tasdiqlaydi.
Tovar-transport nakladnoyining yukning haydovchi-ekspeditor bilan tovarlarni qabul qiluvchi (kirim qiluvchi) moddiy javobgar shaxs o’rtasida qabul qilinishi-to’shirilishini aks ettiruvchi qatorlarida yetkazib berilgan yuk tamg’alangan tamg’aning izi namunasi (yoki tartib raqami) ko’rsatiladi.
Yuk yuk oluvchiga konteynerlarda, furgonlarda, tsisternalarda tamg’a ostida yetkazib berilgan xollarda yuk o’rinlarining yoki konteynerlarning umumiy soni (yozuv bilan), mazkur tovar-transport nakladnoyi bo’yicha yetkazib berilgan yukning umumiy og’irligi 0,01 tonna aniqlikkacha tonnalarda (yozuv bilan) ko’rsatiladi.
"To’shirdim haydovchi-ekspeditor" qatorida haydovchi o’z imzosi bilan yukning yuk oluvchiga to’shirilganligini tasdiqlaydi.
"Qabul kildim" qatorida yukni qabul qilib olgan moddiy javobgar shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi yoziladi va uning o’sha qatorning o’zidagi imzosi hamda yuk oluvchi korxonaning shtam’i bilan yukning qabul qilib olinganligi tasdiqlanadi.
Tovar-transport nakladnoyining tashuvchi tomonidan to’ldirilishi
Tovar-transport nakladnoyining yuk jo’natuvchi va yuk oluvchining imzolari va muhrlari bilan tasdiqlangan uchinchi va to’rtinchi nushalari yo’l varaqasi bilan birgalikda tashuvchining dis’etcheriga to’shiriladi.
Tovar-transport nakladnoyining sarlavha kismida tashuvchi tomonidan:
"Tashish turi" qatorida tashish turining nomi yoziladi, bunda ushbu tashishlarning turlari hisobga olinadi;
"Buyurtmachi (to’lovchi) kodi" qatori to’ldiriladi.
"Yuk to’g’risidagi mahlumotlar" bo’limida 11 va 12- ustunlarda tashilayotgan yukning kodi va klassi yoziladi.
"Boshqa mahlumotlar" bo’limida:
yo’l guruhlari bo’yicha 21, 22, 23, 24 va 25-ustunlarda yukni tashish masofasi yoziladi;
26-ustunga yuk ekspeditsiyasi kodi yoziladi;
27 va 28-ustunlarga ko’rsatilgan transport xizmatlari uchun transport buyurtmachisidan haydovchiga berilishi kerak bo’lgan summa yoziladi.
"Qiymat hisob-kitobi" va "Taksirovka" bo’limlarida mazkur tovar-transport nakladnoyi mahlumotlariga muvofiq avtotransport xizmatlari qiymati va haydovchining ish haqi tashuvchining taksirovka qiluvchisi tomonidan hisob-kitob qilinadi.



Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin