Transport logistikasi kafedrasi


Sanoat korxonalari yuklarini tashish



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə64/86
tarix19.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#186111
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   86
MA\'RUZALAR

4. Sanoat korxonalari yuklarini tashish

Sanoat yuklariga yog’och, ruda, metall, yoqilg’i, ehtiyot qismlar, jihozlar va shunga o’xshash yuklar kiradi. Yog’och va yog’och materiallar maxsus jihozlangan transport vositalarida tashiladi. Yog’och uzunligiga qarab kichik (3 m), uzun (3 dan 12 m gacha) va juda uzun (12 m dan ortiq) yog’ochlarga ajratiladi. Tashilgan yog’ochlar tonna yoki kubometrda hisobga olinadi. Taxta materiallar paket usulida tashiladi. Metall prokatlar va quvurlarni tashishda bortli avtomobil va avtopoezdlardan foydalaniladi. Uzun prokat (6-14 metr) va quvurlarni tashishda maxsus avtopoezdlardan foydalaniladi.


5-6 va 10-12 metrli metall quvurlar avtomobil-tyagach va ajratiladigan tirkamali avtopoezdlarda, uzunligi 24-48 metrli yig’ma metalla quvurlar esa avtomobil-tyagach va ikki tirkamali avtopoezdlarda tashiladi.
Xavfli yuklarni tashish jarayonida zarur qoida va ko’rsatmalarga qathiy rioya qilish kerak.
Avtomobil transportida xavfli yuklar tashish ko’rsatmalarida belgilangan tartibda tashkil qilinadi. Tashish ishlari faqat maxsus jihozlangan transport vositalarida bajariladi. Avtomobillarni boshqarish tibbiy ko’rik va maxsus tayyorgarlikdan o’tgan, kamida 3 yillik mehnat malakasiga ega bo’lgan xavfli yuklarni tashishga ruxsatnomasi bo’lgan haydovchilargagina ruxsat etiladi.
Xalq xo’jaligida ballonlarda kislorod, vodorod, butan-propan va tabiiy gazni tashish keng tarqalgan. Ballonlarda siqilgan va suyultirilgan gazlarni tashishda tara koeffitsienti qiymati katta bo’lib, yuk ortish-tushirish ishlarida juda ko’p mehnat sarflanadi.
Siqilgan kislorod hajmi 40 litr bo’lgan maxsus metall ballonlarda tashiladi. Balloning sof og’irligi 70 kg bo’lib, undagi kislorod massasi 8 kg ni tashkil qiladi. Ballonlar maxsus moslamalar yordamida bortli avtomobillarda tashiladi. Bunda ballonlar kuzovga ventillari bir tomonga yo’naltirilib, gorizontal holatda 3-4 qator qilib joylashtiriladi. Yuklash-tushirish ishlari qo’lda bajariladi.
Ballonlardagi butan-propap gazlarini tashishda shassisida maxsus kuzovi bo’lgan avtomobillardan foydalaniladi. Kuzovga 48 ta ballon gorizontal holatda joylashtiriladi. Ballondagi gazlarni tashishda konteynerlardan ham foydalaniladi. Konteyterlarga 4-8 dona ballon vertikal holatda joylashtiriladi. Yuklash-tushirish ishlari mexanizmlar yordamida bajariladi. Konteyterda ballonlarni tashishda krani bor avtomobillardan foydalanish yaxshi samara beradi.
Neft mahsulotlaridan yoqilg’i, moy va mazutlar, tarasiz usulda, tsisterna kuzovli avtomobillarda tashiladi. Neft mahsulotlarini temir bochka, flyaga va bochkalarga quyib, bortli avtomobillarda tashish ham amalda keng qo’llaniladi.
Avtomobil tsisternasining ichki qismi sektsiyalarga ajratilgan bo’lib, u erga to’lqin so’ndiruvchi moslamalar joylashtiriladi. TSisternaning yuqori qismida suyuqlikni quyish joyi bo’lib, pastki qismiga tushirish moslamasi (nasos qurilmasi) o’rnatiladi.
Neft omborxonalarida maxsus rezervuar (idishlar)dan nasoslar yordamida tsisternalarga yoqilg’i quyiladi.
Ruda tashishda BELAZ, Yukli va Katerfillar rusumli samosval avtomobillardan foydalaniladi. Bu avtomobillarning yuk ko’taruvchanligi 12 dan 150 tonnagacha. Kuzovi burilish kuchlariga qarshilik ko’rsata oladigan qilib ishlangan. Ruda tashishda samosval kuzovli avtomobillarning karyerdagi harakati qarama-qarshi, tupik va halqasimon ravishda tashkil qilinadi.
Katta massali gabaritsiz yuklarga transformatorlar, turbinalar, reaktorlar, dastgohlar, qozonlar va shunga o’xshashlar kiradi. Bu yuklar balandligi 6-7 metr, uzunligi 40-50 metr, eni 5-7 metrga yaqin bo’ladi. Massasi 40 tonnagacha bo’lgan yuklarni tashish uchun avtomobil-tyagach va yuk ortish balandligi 800-1300 mm ni tashkil qiladigan yarim tirkamali avtopoezdlardan foydalaniladi. Yuk ko’taruvchanligi 15 tonnadan katta bo’lgan yarim tirkamalarda ikkita o’q bo’lib, har bir o’qda 8 tadan g’ildirak bo’ladi. Ayrimlari yarim tirkamalar, ko’targich, ko’prik va chig’irlar bilan jihozlanadi.
Katta massali gabaritsiz yuklarni tashish uchun transport vositasini tanlash, yuk ortish-tushirish ishlarini tashkil qilish va shu kabi muhim ishlarni bajarish kerak.
Sanoat korxonalaridagi yuklarni tashishda tsex, zavod ichidagi va tashqi transportlardan foydalaniladi. Sanoat yuklari markazlashgan usulda tashilsa, tashqi transport xizmatidan foydalanilmaydi. Sanoatda yuk tashish ishlarida konteyner va tagliklardan keng foydalaniladi.
Qurilish ashyolari, konstruktsiyalar va materiallarni tashish jarayoni qurilish surhati va samaradorligiga bevosita tahsir ko’rsatadi. Qurilishda avtomobil asosiy transport turi bo’lib hisoblanadi. Qurilish yuklarining turi ko’pligidan tashishda turli rusumdagi transport vositalaridan foydalaniladi.

Nazorat savollari:


1. Sanoat yuklari deganda qanday yuklarni tushunasiz?
2. Sanoat transporti tarkibiga qanday transportlar kiradi?
3. Qurilish yuklarining qanday turlari mavjud?
4. Qurilish yuklarini tashishda qanday ilg’or usullardan foydalaniladi?
5. Qishloq xo’jalik yuklarini tashishni tashkil qilishning qanday usullarini bilasiz?
6. Qishloq xo’jalik yuklarini tashishning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
7. Tez buzuluvchan yuklarga qanday yuklar kiradi?
8. Tez buzuluvchan yuklarni tashishda qanday transport vositalaridan foydalaniladi?

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin