Transport logistikasi kafedrasi



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə61/86
tarix19.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#186111
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   86
MA\'RUZALAR

Nazorat savollari:

1.Hajmi katta bir turli yuklarni tashishning asosiy xususiyatlari nimada?


2.Kam miqdordagi bir turli yuklarni tashish qanday marshrutlar asosida amalga oshiriladi?
3.Konteynerlar va tagliklarda yuklarni tashishning afzalliklari nimada?
4.Konteynerlar maydoni va almashtirish punktlari qanday o’lchamlarga ega bo’ladi?
5.Qanday yuklarni tashishda maxsus avtomobillardan foydalaniladi?
6.Konteynerlarda tashish qanday sxemalar asosida amalga oshiriladi?
10-MA’RUZA


АSОSIY TURDАGI YUKLАRNI TАSHISH TЕХNОLОGIYASI

Reja:
1. Qurilish yuklarini tashish


2. Qishloq xo’jaligi yuklarini tashish
3. Savdo tarmoqlari yuklarini tashish
4. Sanoat korxonalari yuklarini tashish

Tayanch so’z va iboralar: Uyib tashiluvchi yuklar, suyuq va yarim suyuq yuklar, temir-beton buyumlar, qishloq xo’jalik yuklari, savdo yuklari, sanoat yuklari.
1. Qurilish yuklarini tashish
Hozirgi kunda qurilish yuklarini tashishda konteyner, paket va boshqa ilg’or usullarni qo’llash keng tarqalgan.
Qurilish yuklari quyidagi guruhlarga ajratiladi:
1. Uyilib tashiluvchi va sochiluvchan yuklar (tuproq, qum, shag’al va hokazo).
2. Suyuq va yarim suyuq yuklar (bitum, tsement, gips, tsement qorishmasi, suyuq, beton va hokazo).
3. Tara va tarasiz turli massali va gabaritli o’lchamdagi yuklar (g’isht, bochka, qop va yashiklarga joylangan materiallar, santextika buyumlari va qurilish buyumlari va hokazo).
4. Uzun o’lchamdagi yuklar, temir-beton buyumlar va konstruktsiyalar (panel, balka, ferma, plita, ustun, kolonna va hokazo).
Uyib tashiladigan va sochiluvchan yuklar — qurilish yuklarini tashish hajmining 75—80 % ini tashkil qiladi. Bunday turdagi yuklar samosval kuzovli avtomobil va avtopoezdlarda tashiladi.
Suyuq va yarim suyuq yuklarni tashishda tsisterna kuzovli avtomobillardan keng foydalaniladi. Ayrim holatlarda tsisternali konteynerlar va yumshoq konteynerlardan ham foydalaniladi.
TSement maxsus idishlarda tashilganda 5—10 % mahsulot isrof bo’ladi. TSement tashilganda changiydi va inson salomatligiga xavf tug’diradi. shuning uchun ham maxsus tsisterna kuzovli avtomobildan yoki yumshoq konteynerlardan foydalanish yaxshi natija beradi.
Beton qorishmasi (suyuq beton) samosval kuzovli avtomobillarda konteynerlar yordamida tashiladi. Manfiy haroratda avtomobil kuzovi va konteyner maxsus issiq saqlovchi materiallar bilan yoki dvigateldan ishlatib chiqayotgan gaz bilan isitiladi.
Uzoq masofalarga beton va beton qorishmalarni tashishda maxsus avtomobillardan foydalaniladi.
Qurilish qorishmalari (tsement, ohak qorishmalari va hoqazo) kuzovi germetik berk samosval avtomobillarda yoki maxsus qorishma tashiydigan avtomobillarda tashiladi. Bu avtomobillar kuzovlari qish oyida issiq saqlovchi materiallar bilan jihozlanadi yoki ishlatib chiqayotgan gazlar bilan isitiladi.
Donali yuklar (g’isht, bochka, qop, yashikdagi materiallar, santexnika buyumlari va hokazo) bortli avtomobil va avtopoezdlarda tashiladi. Qurilish yuklari ichida ko’pincha g’isht tashiladi. G’isht 1—2 t • m3 kub hajmda yoki maxsus konteynerlarda tashiladi.
Paket usulida g’ishtlar “Archa" shaklida taglikka joylashtiriladi. Silikat g’ishtlar tagliklarda va tagliklarsiz tashiladi. Silikat g’ishtlar tagliklarga „piramida" shaklida joylashtiriladi va tasma o’rab mahkamlanadi.
Uzun o’lchamdagi yuklar, temir-beton buyumlar konstruktsiyasiga maxsus transport vositalari: panel tashuvchi avtopoezd; blok tashuvchi past ramali yarim tirkama va avtomobil-tyagach; balka va ferma tashuvchi avtomobillarda tashiladi.
Qurilish yuklarini tashishda quyidagilar ilg’or usulda hisoblanadi:
1. „G’ildirakdan-montajga" usuli. Bu usulning xalq xo’jaligidagi samaradorligi juda yuqoridir. Bunda binolarni montaj qilish muddati qisqaradi, qurilishda tushirish ishlarining hajmi kamayadi, qurilish omborxonalari tashkil qilishga sarflanadigat xarajatlar qisqaradi va qurilish maydonlarida qurilish buyumlarining shikastlanishi deyarli yo’qoladi.
2. Tyagachni uchta yarim tirkama bilan birga tashish moki usuli. Bunda haydovchilarning mehnat unumi oshadi, ortish-tushirishda to’xtab turish vaqtlari keskin qisqaradi.
3. Smena-soat grafigi asosida yig’ma elementlarni montaj qilish va tashish usuli. Bu usulda ish ishtirokchilar o’rtasida kelishilgan tarzda tashkil qilinadi va muntazam operativ nazorat o’rnatiladi.
4. Taglik, konteyner va maxsus transport vositalaridan keng foydalanish usuli.
Uyilib tashiladigan yuklarni (tuproq, qum, tosh, shag’al va hokazo) tashishda avtomobilning muddatidan oldin eyilishi, ishdan chiqishi va nosozligining oldini olish maqsadida samosval avtomobil kuzovi hajmi ekskavator cho’michidan 3—5 marta katta bo’lishi kerak (cho’mich hajmining kuzov hajmiga nisbati 1:3—1:5). Agar bu tenglik bajarilmasa, samosval avtomobili unga yuk ortish paytida ko’p vaqt to’xtab qoladi, ish unumi pasayadi.


Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin