Ma’ruza mashg’uloti rejasi



Yüklə 139,55 Kb.
səhifə1/5
tarix07.01.2024
ölçüsü139,55 Kb.
#208416
  1   2   3   4   5
14.1-maruza matni. Turizmda transport xizmatlari.




MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:


14.1.Mintaqaviy darajada transport xizmatlarini tashkil etish. 14.2.Mahalliy tashuvchilarning xizmatlarini bron qilish.
Tayanch so’z va iboralar: mintaqaviy darajada transport xizmatlarini tashkil etish,mahalliy tashuvchilarning xizmatlarini bron qilish.
O’RTMT: Turizmda transport xizmatlarining mintaqaviy xususiyatlari.

14.1.Mintaqaviy darajada transport xizmatlarini tashkil etish.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “O‘zbekiston respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF 5611 sonli qarorida “Respublikada turizm bozorining turli segmentlariga yo‘naltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini diversifikatsiya qilish, ularning raqobatbardoshligini yanada oshirish, transport yo‘nalishlarini kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirish, turizm mahsulotlarini keng targ‘ib qilish, shuningdek, mamlakatimizning sayohat va dam olish uchun xavfsiz manzil sifatidagi imijini mustahkamlash vazifasi yuklatilgan” .


Ma’lumki, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida uning qon tomiri bo’lgan transport tizimi juda muhim ahamiyatga ega bo’lib, jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida iqtisodiyot nafaqat ishlab chiqarish, balki minglab xizmat turlarini mujassamlashtirgan sohalar majmuiga aylanib bormoqda. Transport xizmatdan foydalanuvchi sayohatchilar tomonidan transport vositalari va transport marshrutining tanlanishi manzilni tanlashda muhim o’rin tutadi.
Jahon banki tomonidan olingan ma’lumotlarga ko’ra, jahon transport xizmatlarining YaIM tarkibidagi miqdori 4,2 trln. AQSh dollari (6,8%)hajmida baholanib, yiliga 110 mlrd. tonna yuk va 1 trln. dan ortiq yo’lovchilar tashilgan, transport infratuzilmasida band bo’lgan xodimlar soni 100mln. kishini tashkil etadi Sayohat qilish vaqt va makon bo'yicha harakatlanish, tegishli maqsadlar va qolish muddati bilan belgilanadi. Turar joyni o’zgartirmasdan turib, turizm haqida gapirishdan ma’no yo’q. Turistik resurslar ma'lum hududlar bilan bog'langan va ularning mashhurligi va foydalanish darajasi bunday hududlarning transport
imkoniyatlari bilan belgilanadi.
Shubhasiz, transportning rivojlanishi turizmning rivojlanishini ta'minladi. Dunyoning ilgari noma'lum bo'lgan hududlariga chiqish imkoniyati paydo bo'ldi, shuningdek avvalgidan tezroq va uzoqroq harakat qilish imkoniyati paydo bo'ldi.
Stefen Peyjning ta’kidlashicha, transport infratuzilmasining asosiy vazifasi turistik oqimlarning erkin harakatlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) ning fikricha “Transport turizmning asosiy omili bo'lib, turistlarni o'z joyidan ko'chirishda va turli diqqatga sazovor joylarga borishini ta’minlab, turizm bozorida hudud va

sayohat manzilgohlarida ichki harakatini osonlashtirish va bog’lash vazifasini o’taydi.
Rus olimi Kuskov Aleksey Sergevichning so'zlariga ko'ra “transport infratuzilmasi transport kompleksining asosini tashkil qiladi va yuk va yo'lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan haqiqiy transport tarmog'ini, shuningdek, transport vositalari va doimiy qurilmalardan samarali foydalanishni ta'minlaydigan tashkiliy tuzilmani ifodalaydi.
Birjakov Mixail Borisovich o’zining “turizm industriyasi” kitobida Transport turizm biznesining mohiyati yoki muhim tarkibiy qismi bo'lib, transport vositalari nafaqat turistlar va sayohatchilar, shuningdek ularning yuklarini bir joydan ikkinchi joyga tashishga xizmat qilishi, balki koʻngilochar, sport, muzey kolleksiyalari predmeti, modellashtirish, savdo vositasi boʻlishi ham mumkin .
O’zbekistonlik olimlardan M. Q. Pardayevning fikricha “Transport servisi deyilganda insonning, mehnat jamoasining, hududning, davlatning va jamiyatning yo‘lovchi va yuk tashish bilan bog‘liq ehtiyojini sifatli xizmat ko‘rsatish yo‘llari bilan qondirishga qaratilgan transport xodimlarining nafli faoliyati tushuniladi”.
O’rganilgan nazariy manbalar shuni ko’rsatmoqdaki, turizm va transport jahon iqtisodiyoti uchun katta ahamiyatga ega bo’lib tashqi muhitga (siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va tabiiy hodisalar) va turistik mavsumiylik omiliga bog'liq bo'lgan ko'p bo'g'inli tuzilishga ega yirik tarmoqlararo majmualardir.
Bugungi kunda taklif etilayotgan turli xil transport turlari mavjud, chunki uning jozibadorligi sayohatchilar va dam oluvchilarni transportni boshqarish tajribasiga katta miqdorda pul sarflashga olib keladi. Har xil transport turlari ko'pincha bir xil darajada jozibadorlikka ega bo'lgan boshqa transport turlarini to'ldiradi, garchi transport vositasining o'zi jozibador bo'lmasa ham, shu transport juda jozibali hudud bo'ylab amalga oshirilishi mumkin.
Transport vositalarini turistik diqqatga sazovor joylar sifatida turli jismoniy xususiyatlariga ko'ra ajratiladi, ammo qiziq bo'linish xususiyati shundagiki, u namoyish etadigan turistik tajribaning tabiatiga asoslangan bo'lib tuyuladi.
Bazi shahar va mamlakatlarda transport vositalari turistik qiziqish ob’ekti sifatida qabul qilinib, ular turistik hudud qiyofasining ramzi hisoblanadi. Bularga mashhur Londonning ikki qavatli qizil avtobuslari, Nyu-Yorkning sariq taksilari, Male jiplari, Kolombo tuk-tuklari, Bombey velorikshalari, Tokiodagi tez yurar poyezdlar, Moskvaning metrosini misol qilsak bo’ladi.
Turizmda transport vositalarining barchasidan foydalaniladi, chunki ular nafaqat transport, balki sayyohlarning dam olishi uchun ko'ngilochar funktsiyani ham o’z ichiga oladi. Turistik sayohatlarda muayyan transport vositalarining ulushi, shu jumladan ularning ahamiyati ham har bir joyda turli xil darajaga ega.
Turizm maqsadidagi xalqaro sayohatlar haqida gap ketganda, jahon turizm tashkiloti tomonidan olingan ma’lumotlarga ko’ra havo qatnovining ulushi 2020- yildagi 46 foizdan 2021-yilda 59 foizga oshdi, yer usti transporti shu davrda 49 foizdan 35 foizga kamaydi (chizmaga qarang).
Havo transportiga bo’lgan talabning oshishiga sabab bugungi kunda qit'alararo sayohat havo yo'lovchi tashishning eng tez rivojlanayotgan segmentidir, bu o'sish jahon savdosining rivojlanishi va aholi farovonligining oshishi bilan bog'liq bo’ladi. Shuningdek muntazam tashishlarni amalga oshiradigan kompaniyalar mashhur sayyohlik joylarida turli xil charter dasturlarini ishlab chiqishgan.

Fuqaro aviatsiyasi korxonalarining (FK) daromadlari turdosh tarmoqlarda (aviatsiya, yoqilg'i ta'minoti, turizm va aholiga xizmat ko'rsatish va boshqalar) qo'shimcha tovar aylanmasini keltirib chiqaradi.






14.1.1-chizma. 2021 yilda transport turlari bo'yicha xalqaro turistlarning kelishi1


Temir yo'l transporti ommaviy turizm rivojlanishining boshlanishi bo'lsa- da, uning ulushi bugungi kunda faqat kichik turistik sayohatlarda juda muhim ahamiyat kasb etmoqda. temir yo'llarni jonlantirishni, shu jumladan, mavjud relslar yordamida bir xil yo'nalishdagi oddiy poezdlarga qaraganda ancha


yuqori tezlikda harakatlanadigan “afrosiyob” nomi bilan tanilgan poezdlar O’zbekistonda havo transportidan keyingi o’rinni egallamoqda.
Qisqa muddatli sayohatlar bilan bog'liq bo'lgan avtobuslar va yengil avtomobillardan foydalanish ham muhim omil bo'lib, u sayohat uchun ajratilgan umumiy vaqt ichida sezilarli ulushni egallashi mumkin va uning ahamiyati qo'shimcha ravishda oshadi.
Turli trаnspоrt tizimlаri o’rtаsidа yaqin hаmkоrlik trаnspоrt хizmаtlаri ko’rsаtish sоhаsidаgi muhim yo’nаlishlаrdаn biridir. Bu multimоdаl vоkzаllаr tаshkil etish, qаtnоv jаdvаllаrini muvоfiqlаshtirish, trаnspоrt хizmаtlаrini uyg’unlаshtirish vа yo’lоvchilаrgа kоmplеks хizmаtlаr ko’rsаtish imkоnini bеrаdi. Yo’lоvchilаrning хаvfsizligini tа’minlаsh trаnspоrt хizmаtlаri ko’rsаtishning eng muhim mаsаlаsi bo’lib, u hаrаkаtlаnаdigаn tаrkibdаn fоydаlаnish qоidаlаrigа riоya qilishni, trаnspоrt vоsitаlаrining hаrаkаtini tа’minlоvchi turli хizmаtlаr prоfеssiоnаl tаrzdа vа uyushqоqlik bilаn ishlаshini, yo’lоvchilаr hаm хulq-аtvоr qоidаlаrigа riоya qilishini, ekоlоgik tоzа trаnspоrt turlаridаn fоydаlаnishni nаzаrdа tutаdi. Turistlаrning uyushgаn guruhlаrini tаshish mаrshrutlаr ishlаb chiqish, chiptаlаrni buyurtmа qilish, trаnspоrtdа jоylаshtirish, tur dаsturlаrini аmаlgа оshirish bilаn bоg’liq аyrim o’zigа хоs хususiyatlаrgа egа bo’lgаnligi uchun turistik firmаlаr trаnspоrt kоmpаniyalаri bilаn yaqin аlоqаlаr o’rnаtishigа to’g’ri kеlаdi. Bundan kelib chiqib turli xil transport turlaridan foydalananiladi.

Yüklə 139,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin