Airways” AJ qatnovlariga tariflarni qo‘llash bo‘yicha quyidagi qoidalar amal qiladi.
Aviachipta - yo‘lovchi tashish xizmatini taqdim etish uchun yo‘lovchi va aviakompaniya o‘rtasidagi shartnoma hisoblanadi. Transport xarajatlarini dastlabki hisoblanishi oferta emas. Shartnoma tariflarni qo‘llashning amaldagi qoidalariga muvofiq va aviachipta rasmiylashtirilgandan so‘ng to‘liq qiymat to‘langanidan keyin tuzilgan hisoblanadi. "Uzbekistan Airways" AJ yo‘lovchiga aviachipta rasmiylashtirilguniga qadar tariflarni qo‘llash shartlariga o‘zgartirish kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Uchish kuponlari parvoz joyidan boshlab, aviachiptada ko‘rsatilgan qatnov yo‘nalishining qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha parvozlar uchun amal qiladi.
Agar qayta rasmiylashtirish yoki qayta bron qilish tarifni qo‘llash shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa:
Bron klassini, tarif turini, yo‘nalishni, tashuvchini, aviachiptaning amal qilish muddatini o‘zgartirganda aviachiptani qayta rasmiylashtirish talab etiladi.
Uchib ketish sanasi yoki qatnov raqami o‘zgartirilganda, avvalgi tashish yo‘nalishi va tarif turi qolishi sharti bilan, qayta bronlash amalga oshiriladi.
Aviachiptani qayta rasmiylashtirish yoki qayta bron qilishda, yig‘im olinadi.
Qayta bron qilish va qayta bron qilish uchun yig‘im bitta darajada belgilanadi va tarif turiga bog‘liqdir. Yig‘im bir marta, yoki qayta rasmiylashtirish yoki qayta bron qilish uchun qo‘llaniladi. Qayta rasmiylashtirish yoki bron qilish uchun yig‘im, dastlab rasmiylashtirilgan aviachipta uchun tariflar qoidalariga muvofiq, ya’ni o‘zgartiriladigan tarif bo‘yicha olinadi.
Pasportni almashtirganda pasport ma’lumotlarida ismni o‘zgarganligi sababli aviachiptani qayta rasmiylashtirish uchun yig‘im 10 Yevroni tashkil etadi.
Bir aviachiptada bir nechta segmentni qayta rasmiylashtirishda tashuvda eng ko‘p cheklovli tarifga amal qiladigan qoidalar bo‘yicha qayta rasmiylashtirish yoki qayta bron qilish uchun yig‘im bir marta olinadi. Bitta segment o‘zgartirilishida, mazkur segment uchun tarifni qo‘llash qoidalari qo‘llaniladi.
Qayta rasmiylashtirishda tashuvni qayta hisoblash, sayohat boshlangan joydan boshlab barcha yo‘nalish bo‘yicha yangi sharoitlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bunday holda, quyidagi hisoblash qoidalari qo‘llaniladi:
to‘liq foydalanilmagan aviachiptani qayta rasmiylashtirishda, qayta hisoblash qayta rasmiylashtirish kuni amal qiluvchi tariflar, to‘lovlar, yig‘imlar va valyuta o‘tkazish kurslaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
qisman foydalanilgan aviachiptani qayta rasmiylashtirishda qayta hisoblash tashuvni sotish sanada amal qiladigan tariflar, yig‘imlar va valyuta o‘tkazish kurslaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Dastlabki aviachiptaning o‘rniga yozib berilgan, har qanday to‘liq foydalanilmagan, qayta rasmiylashtirilgan aviachiptaning tashish uchun yaroqlilik muddati, tashish boshlanishining yangi sanasi asosida aniqlanishi lozim. Qisman foydalanilgan aviachiptani qayta rasmiylashtirishda yangi aviachiptaning amal qilish muddati dastlabki aviachiptada belgilangan tashishning boshlanish sanasidan boshlab hisoblanishi kerak.
Agar qayta rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan, tashish qisman amalga oshirilgan aviachiptada, yo‘lovchi aviachiptani qayta rasmiylashtirish uchun tashuvchiga murojaat qilgan mamlakat ichidagi mahalliy tashish uchun mo‘ljallangan parvoz kuponlari saqlanib qolgan bo‘lsa, bunday aviachipta keyinchalik xalqaro tashish uchun qayta rasmiylashtirilmaydi. Bunday holda, yo‘lovchi tomonidan xalqaro yo‘nalish bo‘yicha talb etilgan aviachipta, xalqaro tashishga yangi aviachipta sifatida qayta rasmiylashtirilishi kerak.
2021-yil 28-martdan bagajsiz va qaytarib berilmaydigan tariflar bo‘yicha xarid qilingan aviachiptalarni majburiy qayta bron qilish yoki qayta rasmiylashtirish uchun quyidagi shartlar amal qiladi:
qatnov uchishidan oldin, qayta bron qilish/qayta rasmiylashtirish uchun belgilangan yig‘im olinadi;