Ma’ruza mashg’uloti rejasi


- Bagajsiz, qaytarib berilmaydigan tariflardagi bronlar klassini yangilash taqiqlanadi!



Yüklə 139,55 Kb.
səhifə5/5
tarix07.01.2024
ölçüsü139,55 Kb.
#208416
1   2   3   4   5
14.1-maruza matni. Turizmda transport xizmatlari.

- Bagajsiz, qaytarib berilmaydigan tariflardagi bronlar klassini yangilash taqiqlanadi!


- bron qilish klassi (upgrade) oshirilgan taqdirda, faqat bagajni qaytarish va olib o‘tish bo‘yicha bir xil shartlarga ega bo‘lgan tariflargacha oshirishga ruxsat etiladi (ya’ni bron qilish klassini qaytarib berilmaydigan/bagajsiz tarifdan qaytariladigan/bagaj bilan yoki aksincha bo‘lgan tarifgacha).
Agar qaytarish tarifi qo‘llash shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa:
To‘liq yoki qisman foydalanilmagan aviachipta bo‘yicha summani qaytarish, qoidalarga muvofiq qaytarilmaydigan aviachiptalar bundan mustasno, tashuv sotilgan mamlakatda amalga oshiriladi.
Suumani qaytarish, tashuvning dastlabki to‘lovi valyutasida amalga oshiriladi. Yo‘lovchi aviachiptani dastlab xarid qilgan joyiga qaytolmasa, summani qaytarish yo‘lovchining, yuridik rasmiylashtirilgan ishonchnomasi mavjud bo‘lgan vakolatli shaxsiga, yoki mavjud sharoitlarga ko‘ra qaytarish mumkin bo‘lgan valutada, da’vo tartibida amalga oshiriladi.
Qaytarish uchun aviachiptaning amal qilish muddati - 1 yil:

  • to‘liq foydalanilmagan aviachipta – tashuv sotilgan sanadan

  • qisman foydalanilganda - dastlab rasmiylashtirilgan aviachiptada ko‘rsatilgan tashuv boshlangan sanadan.

Tashishdan ixtiyoriy voz kechilgan holda, tariflarni qo‘llash qoidalariga muvofiq ixtiyoriy rad etishga yig‘im olinadi.
Tashishdan majburan voz kechilishida (aviakompaniyaning aybi bilan) summani qaytarish yig‘imlarsiz amalga oshiriladi.
Summani qaytarishning asosiy tamoillari quyidagi shartlardir:
agar to‘liq foydalanilmagan aviachipta summasini qaytarishda, yo‘lovchiga tashuv uchun to‘langan summa, qaytarish uchun jarima yig‘imlarni ushlab qolingan holda qaytariladi, agar bu kabi yig‘imlar tarifni qo‘llash qoidalarida belgilangan bo‘lsa.
Agar, qisman foydalanilgan aviachipta bo‘yicha qaytarish amalga oshirilsa, yo‘lovchiga tashuvning foydalanilmagan segmenti uchun summa, mazkur segmentda amalda bo‘lgan qaytarish uchun yig‘im ushlab qolingan holda, qaytariladi.
Bunday holda summani qaytarsh quyidagicha hisoblanadi: qo‘llanilgan tarifdan, barcha zarur jarima yig‘imlarini ushlab qolib, tashuvni sotish kunida amal qiluvchi, foydalanilgan yo‘nalishda bir tomonlama tarif chiqarib tashlanadi. Bir tomonga tarif e’lon qilinmagan bo‘lsa, tashuvni sotish kunida e’lon qilingan yuqori darajadagi bir tomonlama tarif qo‘llaniladi.
2021-yil 28-martdan bagajsiz va qaytarib berilmaydigan tariflar bo‘yicha xarid qilingan aviachiptalarni qaytarishda quyidagi shartlar amal qiladi:
- faqat tashuvning foydalanilmagan qismlarida e’lon qilingan aeroport yig‘imlari qaytariladi.
Yo‘lovchi yoki uning birga uchayotgan yaqin qarindoshlari vafot etgan taqdirda, qo‘llaniladigan tarif turidan qat’i nazar, tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda, jarima yig‘imlarisiz qaytarishga ruxsat etiladi.
Quyidagi hollarda “Uzbekistan Airways” AJ veb-saytidan sotib olingan, biroq foydalanilmagan aviachiptalar uchun summalarni qaytarish avtomatik ravishda amalga oshirilmaydi:

  1. Yo‘lovchiga borish mamlakatining vakolatli davlat organlari tomonidan kirish taqiqlangan shaxslar ro‘yxatida bo‘lganligi sababli tashuv rad etilgan taqdirda;

  2. Yo‘lovchining sog‘lig'i sababli tashishdan rad etilgan taqdirda; 3.Aviachiptani qaytarib berishni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etilishini talab

qiladigan boshqa hollarda;
4. Yo‘lovchi vafot etgan taqdirda.
Yuqoridagi sabablarga ko‘ra aviachiptalarni qaytarish uchun “Uzbekistan Airways Sales” filialiga murojaat qilish va qaytarish sababiga mos keladigan tasdiqlovchi hujjatlarni olib kelish zarur:

  1. “Parvozni rad etish dalolatnomasi”;

  2. “Tashuv xizmatini rad etish to‘g‘risidagi dalolatnoma”;

  3. Yo‘lovchining o‘limi to‘g‘risidagi guvohnoma.

Yüklə 139,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin