Ma’ruza mashg’uloti rejasi


Transport vositasini tanlash quyidagilarga bog'liq bo'ladi



Yüklə 139,55 Kb.
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü139,55 Kb.
#208416
1   2   3   4   5
14.1-maruza matni. Turizmda transport xizmatlari.

Transport vositasini tanlash quyidagilarga bog'liq bo'ladi:


  • Sayohat manzilini tanlash bilan;
  • turistik manzilning davomiyligi;


  • sayohat destinatsiyasini tanlash;
  • sayohatni tashkil etilganligi;


  • turistik manzilning davomiyligi;
  • turistlar uchun zarur bo’lgan axborotlarning mavjudlik darajasi;


  • transport haqidagi ma’lumotlar turlariga bo’lgan tanlov;
  • transport turlariga bo’lgan tanlov;


  • sayohatchilarning xarid qilish qobilyati;
  • transportning narxi bilan.


Turistlar foydalaniladigan transportning o’ziga xosligi shundaki, ko‘p holatlarda undan nafaqat sayyohlar, shuningdek mahalliy aholi ham kundalik ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qilishda: shaxsiy sayohatlar, yuklarni tashish va boshqa maqsadlarda foydalanish imkoniyatiga ega.
Sayohatchilar sonining ortib borishi transport infratuzilmasi va imkoniyatlari, chegarani kesib o'tish, intermodallik, sayohatchilar uchun ma'lumot va turistik xizmat ko'rsatuvchi provayderlar bilan texnologiyalarning o'zaro ishlashi nuqtai nazaridan ko'plab muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Ushbu o'sish turizm faoliyati bilan shug'ullanadigan turli sektorlar o'rtasida yaqin muvofiqlashtirishni talab qiladi. Sayyohlar uchun jamoat transportidan foydalanishni osonlashtirish va ularni tez-tez piyoda yoki velosipedda yurishni rag'batlantirish salbiy atrofmuhit ta'sirini kamaytirishga va mavsumiy cho'qqilarni boshqarishga yordam beradi. Biroq, uzoq masofali transportning atrof-muhitga
ta'siri muhim muammo bo'lib qolmoqda. Shu sababdan transport tizimlari va xizmatlarining o'zi turistik faoliyatning markazida bo'lishi mumkin. Bu esa sayohatchilarni piyoda va velosipedda yurishga asoslangan barqaror turizmni o'z ichiga oladi. Shveytsariya va Germaniya velosiped va piyoda sayohatni targ'ib qilish ommalashib bormoqda. Bu qayta kashf etilgan turizm turi sezilarli darajada o'smoqda va O’zbekistonda ham turizmni an'anaviy shahar joylaridan tabiiy joylarga o'tkazmoqda.
Turizmning ushbu yangi shaklini targ'ib qilish infratuzilma, xizmatlar va axborot bilan ta'minlash uchun mahalliy va mintaqaviy hokimiyat organlarining yaqin hamkorligini talab qiladi.
Transport va turizm o'zaro bog'liq bo’lib, vaqtinchalik yashash joyini o'zgartirmasdan turizm haqida gapirib bo'lmaydi. Yaxshi tashkil etilgan va tartibga solingan transport vositasi turistik diqqatga sazovor joylarning qo'shimcha kafolati hisoblanadi va faqat muvozanatli rivojlanish turizmni sifatli va samarali logistika bilan ta'minlanishini yo’lga qo’yadi.
Turistik yo'nalishlarda transport muhim ahamiyatga ega bo’lib, u turistning belgilangan joyda qolishi bilan bog’liq ijobiy yoki salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin,
Shunday qilib, transport alohida yo'nalishlarning umumiy jozibadorligida katta ahamiyatga ega.
Muayyan transport vositasida sayohat qilish turist uchun diqqatga sazovor joyiga aylanishi mumkin, O’zbekistonda ham transport bilan bog’liq uch turdagi xizmatlarni yuqori darajada tashkil etish mumkin:

Sayohatning ushbu turi tobora ko'payib borayotgan sayyohlar tomonidan talab qilinayotganini inobatga olsak, bunday xizmatlar turizmni rivojlanishini yorqin kelajagining kafolatlatidir.
Bugungi kunda transportlar tomonidan tabiatga yetkazilayotgan zarar ortib bormoqda. Havo va suv sifatini saqlab qolish uchun, shuningdek kelajakda sayohatni yanada ekologik toza qilish yechimini topish juda muhim vazifa bo’lib qolmoqda.
O‘zbekistonda transport logistikasini rivojlantirish, tashqi va ichki qatnovlarni kengaytirish hamda transport xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha kompleks chora- tadbirlar amalga oshiriladi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni bilan tasdiqlangan 2019−2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasida ko‘zda tutilgan.
Hujjatda qayd etilishicha, turli transportlarda yo‘lovchilarni tashish tizimining yetarli darajada muvofiqlashtirilmagani turizmni jadal rivojlantirishga salbiy ta’sir qilmoqda.
Konsepsiyada O‘zbekistonni yo‘lovchilar tashish sohasida mintaqaning yirik transport «xab"iga aylantirish ko‘zda tutilgan.
Buning uchun, jumladan O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga, xalqaro parvozlar geografiyasi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni kengaytirish, sifatini oshirish va aviaparvozlar narxini pasaytirish belgilangan.
O‘zbekiston hududlari va boshqa mamlakatlar o‘rtasida sayohatlarni amalga oshirishda qulay sharoitlarni yaratgan holda havo, temir yo‘l va avtomobil transportini o‘z ichiga olgan qulay va arzon transport logistikasini shakllantirish rejalashtirilgan.
Konsepsiyani amalga oshirish doirasida yo‘lovchi tashishni rivojlantirish dasturi qabul qilinishi lozim. U doimiy transport qatnovlarini amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish, transportning har xil turlari o‘rtasida qulay tutashuv nuqtalarini tashkil etish, respublika va mintaqaviy ahamiyatga molik mavjud avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish va yangilarini qurish, sayyohlik markazlarini tutashtirish, yo‘l bo‘yi infratuzilmasini (kemping, xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, umumiy ovqatlanish punktlari, tibbiy va sanitar punktlar) yaxshilash.

Transport tariflarini optimallashtirish, yirik xalqaro aviatashuvchilarni jalb qilish, byudjet (arzon) aviatashuvlarni tashkil etish va O‘zbekiston hududlari o‘rtasida aviaaloqalarni rivojlantirish belgilandi. Bundan tashqari, mavjud temir yo‘llar takomillashtirilib, yangilari quriladi va yuqori tezlikdagi elektropoyezdlardan foydalanish kengaytiriladi.



Farmon bilan O‘zbekistonning logistika jozibadorligini tubdan yaxshilash,



Yüklə 139,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin