Ma’ruza mashg’uloti rejasi


shuningdek, mahalliy aeroportlarda parvozlarga xorijiy aviakompaniyalarni



Yüklə 139,55 Kb.
səhifə3/5
tarix07.01.2024
ölçüsü139,55 Kb.
#208416
1   2   3   4   5
14.1-maruza matni. Turizmda transport xizmatlari.

shuningdek, mahalliy aeroportlarda parvozlarga xorijiy aviakompaniyalarni jalb etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etish belgilandi.

Ishchi guruhining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


    • birinchi navbatda Yevropa va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan tovar aylanmasi, tashiladigan yo‘lovchilar soni va investitsiyalarni ko‘paytirish uchun respublikadagi transport aloqa tizimini tubdan yaxshilash;

    • «ziyorat» turizmi yo‘nalishi orqali turistlar oqimini oshirish, shu jumladan Indoneziyadan doimiy aviaqatnovlarni ochish uchun aviakompaniyalarni jalb qilish masalalarini tezkorlik bilan hal etish;

    • turistlar oqimini jalb qilish maqsadida parvozlarning strategik muhim yo‘nalishlarini aniqlash;

    • mamlakat aeroportlarida yangi yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida xorijiy tashuvchilar uchun moslashuvchan chegirma va preferensiyalar tizimini ishlab chiqish;

    • o‘zaro bog‘lovchi qatnovlarni, shu jumladan «mavsumdan tashqari» davrda tashkil etish orqali uzoq magistral yo‘nalishlarda yo‘lovchilar sonini ko‘paytirish;

    • xorijiy va mahalliy aviakompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazish, shuningdek, ularning takliflarini ko‘rib chiqish va ularni aeroportlar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash;

    • charter reyslarini kelishish mexanizmini soddalashtirish;

    • mamlakatdagi ayrim aeroportlarda «Ochiq osmon» rejimini joriy etish;

    • mahalliy aviakompaniyalar tashkil etilishiga ko‘maklashish maqsadida normativ-huquqiy bazani qayta ko‘rib chiqish;

    • mamlakat ichkarisida intermodal tashuvlarni (avtobus, temir yo‘l va aviatashuvlar) ta’minlash uchun turistlarning transport tashuvini yanada rivojlantirish bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqish;

    • aviakompaniyalar xarajatlarini kamaytirish va iste’molchilar uchun aviachiptalar narxini optimallashtirish;

    • mamlakat viloyatlari o‘rtasidagi ichki aviatashuvlar yo‘nalishlari sonini ko‘paytirish;

    • xorijiy yetkazib beruvchilardan aviakerosin sotib olish mexanizmini xarid jarayonida shaffoflik va raqobatni ta’minlagan holda takomillashtirish.

Farmonga muvofiq, uch oylik muddatda blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda reyslarni (avtobus, avia va temir yo‘l) qulay tarzda bog‘lovchi yo‘l chiptalarini sotishni nazarda tutuvchi respublika transport tizimining yagona elektron portali yaratilishi lozim.


Yüklə 139,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin