Bojxona rasmiylashtiruvlari bo’yicha mutaxassis - bojxona brokeri shtatida turib, uning nomidan bojxona operatsiyalarini bajaruvchi vakil. Unga qo’yilgan talablar va mutaxassislik attestatini berish hamda uning muddati O’zbekiston Respublikasining Davlat bojxona komiteti tomonidan belgilanadi.
Bojxona tashuvchisi – tovar jo’natuvchilarga bojxona nazorati ostida tovarlarni tashish uchun transport hizmatlarini ko’rsatadigan O’zbekiston Respublikasi davlat bojxona komiteti litsenziyasiga ega bo’lgan korxona (yuridik shaxs) hisoblanadi.
Bojxona tashuvchisi va tovar egasi o’zlarining munosabatlarini shartnoma asosida qurishadi.*
Deklarant quyidagi majburiyatlarni bajaradi:
bojxona organlari talabi bo’yicha tovar va transport vositalarni deklaratsiya qiladi;
Deklarant bojxona nazorati ostida transport vositalarini ko’rib chiqish va o’lchash huquqiga ega va bojxona organi ruxsati bilan tovarlardan namunalar olishi mumkin.
2. Bojxona rejimi Bojxona rejimi deganda O’zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali harakatlanadigan transport vositalari va tovarlar statusini olish maqsadida aniqlanadigan holatlar yig’indisi tushuniladi.
Eksport – tovarlarni bojxona hududidan ularni orqaga olib kirish majburiyatini olmasdan olib chiqishdir.
Eksport rejimida tovarlarni olib chiqish eksport bojxona to’lovi va boshqa bojxona to’lovlari shartlari bo’yicha, qonunchilikda ko’zda tutilgan iqtisodiy siyosiy choralar va boshqa tadbirlarni bajarishda amalga oshiriladi.
Reeksport – chet el tovarlarini bojxona hududidan olib chiqib ketishdir.
Tovarlar eksporti tegishli bojxona to’lovlarini to’lagandan keyin amalga oshiriladi. Eksport qilinadigan tovarlarga bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtiriladi. Unga nisbatan chegaralangan choralar qo’llaniladi.