Xalqaro transport akademiyasi Transportni rivojlantirish bo’yicha Xalqaro transport akademiyasi 1998-yilning a’relg’ oyida notijorat hamkorlik ko’rinishida tashkil etilgan edi.
Transport akademiyasi MDH davlatlari milliy transport tarmog’laridagi integratsiya jarayonida transportlarni rivojlantirish kompleks muammolarini yetakchi tashkilotlar bilan teng huquqli hamkorlikda, transport sohasidagi har xil davlatlar olimlari va mutaxassislari hamkorligida transport va transport fani yutuqlarini ommalashtirish uchun tahsis etilgan.
Transport akademiyasining asosiy tashkiliy jihatlaridan bittasi tashkilotlarning jamoaviy ahzoligi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda xalqaro transport akademiyasining jamoa ahzolari bo’lib, Yevroosiyo iqtisodiy jamiyatining Integratsiya komiteti, Armaniston, Ozarbayjon, Rossiya, Belarus,Gruziya, Tojikiston va O’zbekistonning transport vazirligi, RF yo’l vazirligi, har xil davlatlarning 100 dan ortiq yirik transport va ekspeditorlik kom’aniyalari va yetakchi transport OO’Yu lari hisoblanadi. Akademiya barcha MDH davlatlaridagi yetakchi transport va ekspeditorlik korxonalari va birlashmalari hamda davlat organlarining transport kompleksi boshqarmalari bilan to’g’ridan-to’g’ri va yaqin aloqani saqlaydi.
Transport akademiyasi o’tkazadigan barcha tadbirlar transport va ekspeditorlik hizmatlari bozorini rivojlantirishdagi konkret masalalarni yechishga qaratilgan.
3.6. O’zbekistonning avtomobillarda xalqaro tashuvchilar uyushmasi (AIRCUZ) AIRCUZ 1995-yilda tashkil etilgan va MCAT ning to’la huquqli ahzosi hisoblanadi.
Uyushmaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
milliy va chet el tashkilotlaridan uyushma ahzolari manfaatlarini himoya qilish;
yo’lovchi va yuklarni xalqaro tashishni rivojlantirishda Assotsiatsiya ahzolariga tahsir qilish hamda ularga maslahatlar berish va boshqa hizmatlar ko’rsatish;
Bojxona Konventsiyasida ko’zda tutilgan MD’ kitobchasini (Karnet TIR) qo’llab yuklarni tashishda O’zbekistonda kafolatli tashkilot funktsiyasini bajarish;
Xalqaro tashuvlarni amalga oshiruvchi tadbirkor va haydovchilarni kasbiy va qayta tayyorlash, avtotransport vositalarining xavfsizligi hamda avtomobilda xalqaro avtohizmatlar bozorini Toshkent avtomoblg’ yo’llar instituti va AIRCUZ tahsis qilgan “BILIMTRANS” ilmiy-o’quv markazi orqali ilmiy tadqiqot qilish.
5. Avtomobillarda xalqaro tashuvlarda yuk va yo’lovchilarni tashishda bojxonadan o’tkazish