Transport logistikasi kafedrasi


Avtomobillarda xalqaro tashishlarda ishlatiluvchi atamalar



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə74/86
tarix19.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#186111
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   86
MA\'RUZALAR

3.Avtomobillarda xalqaro tashishlarda ishlatiluvchi atamalar
Yo’lovchi va yuklarni avtomobilda xalqaro tashuvlar bo’yicha asosiy atamalar 1997 – yil, Bishkek shahrida MDX davlatlari Konventsiyasida kelishib olingan. Bu Konventsiyaga qo’shimcha sifatida O’zbekiston Respublikasida yo’lovchilarni xalqaro tashish marshrutlarini ochish tartibi o’rnatilgan.
Bishkek Konventsiyasi yo’lovchi va yuklarni avtobuslarda xalqaro tashishni, ularni qaysi davlatda ro’yxatdan o’tkazishidan qathiy nazar amalga oshirayotgan Tomonlar tashuvchilariga tegishli bo’lib, ular uchun majburiy kuchga ega.
Konventsiyada quyidagi atamalar mavjud:
Avtobus – yo’lovchi va yuklarni tashish uchun mo’ljallangan, haydovchi o’rnini hisobga olmasdan, 8 tadan kam bo’lmagan o’ringa ega bo’lgan avtomobil;
Yo’lovchi – uning o’zi yoki uning nomidan tashish uchun tuzilgan shartnomaga binoan ‘ulga yoki be’ul tashiladigan jismoniy shaxs;
Tashuvchi – yo’lovchi, yuklarni xalqaro tashishlarni amalga oshirayotgan va tadbirkorlik subhekti sifatida mazkur davlatning qonunchiliga binoan ro’yxatdan o’tkazilgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
Muntazam xalqaro marshrut – davlat chegaralaridan tashqarida yoki marshrut uzunligiga bog’liq bo’lmagan holda ixtiyoriy davlatdan tashqaridagi yo’lovchilarni tashish marshrutini amalga oshiradigan marshrut. Marshrut avtobuslari oldindan kelishilgan marshrutda aniqlangan vaqtda boshlang’ich va oxirgi tashish ‘unktlari, bekat oralig’idagi ‘unktlar hamda yo’lovchi va yuklarni tashish tariflari ko’rsatilgan yo’lda harakatlanadi.
Mayatnikli – bir necha guruh yo’lovchilarni aniq muddatda, bitta davlat hududidan ikkinchi davlat hududiga vaqtinchalik turish joyiga va shu avtobus tashuvchisi ishtirokida bu yo’lovchilarni birlamchi chiqib ketgan davlatga yetkazib qo’yish hisoblanadi. Mayatnikli tizimda birinchi reys “orqaga qaytish” va oxirgi reys “ u yoqqa” asosan bo’sh bo’ladi.
Muntazam (doimiy) bo’lmagan tashish deb “Doimiy” yoki “Mayatnikli” turga kirmagan yo’lovchilarni xalqaro tashishga aytiladi. Bunga sayoxatlar va yakka tartibdagi harakatlar kiradi.

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin