Transport logistikasi kafedrasi


Transport-ekspeditorlik xizmati



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə78/86
tarix19.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#186111
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   86
MA\'RUZALAR

Transport-ekspeditorlik xizmati – yuklarni tashkil qilish va jo’natish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan transport xizmatining turi hamda transport ekspeditsiyasi shartnomasi asosida yuklarni tashishga taalluqli bo’lgan boshqa ishlar turining bajarilishidir.
Ekspeditsion xizmatlar deganda tashish jarayonidagi operatsiyalar yoki ishlar tushuniladi. Bu operatsiyalar materiallarni yetkazib berish, omborlash va saqlash, qadoqlash va agregirlashni o’z ichiga oladi.
Bunga hisoblash operatsiyalari, hisoblash va ekspeditorlik operatsiyalari bo’yicha maslahatlar, bojxona rasmiyatchiligi(yuklarni deklaratsiya qilish), yo’nalishni tanlash, harakat jadvalini ishlab chiqish va transport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish, transport xujjatlarini rasmiylashtirish, qabul qilish, yukni to’shirish, yuklash-tushirish ishlari ham kiradi.
Transport-ekspeditorlik hizmatlari o’z ichiga quyidagilarni olishi mumkin:

  • yukni jo’natish joyidan manziligacha bo’lgan tashishni tashkil qilish;

  • mijozning shartiga ko’ra optimal yuk tashish yo’lini tanlash;

  • yuk jo’natuvchining omboridan (terminalidan) yuklarni qabul qilish, yuk qabul qiluvchining yoki tashuvchining omboriga yetkazish va to’shirish;

  • qadoqlash, markirovka qilish, ‘aketlarga solish, navlash va yuklarni saqlash;

  • yukni sug’urtalash;

  • yukning jo’natilgani, turgan joyi, manzilga yetib kelganligi haqida xabar jo’natish;

  • hizmatlar turi haqidagi axborot, boshqa ekspeditorlarning ish tartibi va tariflari hamda boshqa operativ axborotlar;

  • transport-ekspeditorlik faoliyati bilan bog’liq bo’lgan savollar bo’yicha maslahatlar;

  • bojxona rasmiyatchiligini bajarish;

  • yukni tashishni bajarganligi uchun kuzatuvchi bilan bo’lgan hisobni amalga oshirish;

  • yuklarni tashish bilan bog’liq bo’lgan boshqa hizmatlar.

Ekspeditor tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar har tomonlama kengayapti. Ko’pgina transport-ekspeditorlik firmalar yirik yuk terminallarga ega bo’lib, tayyor mahsulotni omborda uzoq saqlashni amalga oshiryapti, bahzi vaqtlarda esa mahsulotni sotib olyapti.
Yuklarni terminalda tashishni tashkil etish va amalga oshirish terminal tashish hisoblanadi. Ular chet mamlakatlarda, asosan shaharlararo va xalqaro yo’llarda yuklarni yetkazishda, yirik dengiz portlarida, transport bog’lamlarida, keyinchalik esa G’arbiy Yevro’a va SHimoliy Afrikaning yukni tashkil qiluvchi quruq yo’lli rayonlarida paydo bo’lgan. Terminal tashishlarni tashkil qiluvchilar rolini, transport-ekspeditorlik firmalari yoki universal hamda maxsus terminallar va har xil usuldagi tashishlar uchun terminal komplekslarni ishlatadigan har xil turdagi transport operatorlari bajaradi.
Universal terminallarning asosiy operatsiyalari quyidagilar hisoblanadi:

  • transport-logistik servizlar bozorini marketing tadqiqot qilish;

  • mijozlar bilan shartnoma tuzish, tushgan xatlarni qabul qilish va ko’rib chiqish;

  • yuklarni yig’ish va tarqatish;

  • qisqa muddatli saqlash;

  • konsolidatsiya, navlash, komplektatsiya qilish va yuklarga ishlov berishning boshqa operatsiyalari;

  • terminalaro tashish va yukni oxirgi istehmolchiga yetkazish;

  • terminal servis xizmatlarining axborot-kom’g’yuter qo’llab-quvvatlanishi;

  • transport-logistik hizmatlar uchun hisoblar.

Maxsus terminallar yuk turini aniqlash yoki turlarga ajratish operatsiyalarini, masalan, tez buziladigan narsalar, oziq – ovqatlar, qog’ozlar va sh.o’. transport-logistik serviz operatsiyalarni amalga oshiradi. Maxsus yuk terminallari mijozning tashishga nisbatan bo’lgan talablarini yaxshi anglashga, yuklarni saqlash va ishlov berishga, logistik menejmentning samaradorligi va serviz hizmatini ko’tarish va logistik xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Eksport-import operatsiyalarda yuqorida sanab o’tilgan barcha transportirovka turlari va transport serviz hizmatlarini ko’rsatish bir butunlikni tashkil etadi va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda material resurslar harakatlanishi jarayonida bosh tashkil etuvchisi hisoblanadi.



Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin