Transport logistikasi kafedrasi


Avtomobillarda xalqaro tashuvlarni boshqarish tizimi



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə79/86
tarix19.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#186111
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   86
MA\'RUZALAR

4. Avtomobillarda xalqaro tashuvlarni boshqarish tizimi
Avtomobil transporti masalalari va dunyodagi avtomobilda xalqaro tashuvlar bilan davlat va nodavlat tashkilotlari shug’ullanadi. Davlat tashkilotlari tegishli xalqaro kelishuvlar yo’li bilan, nodavlat tashkilotlar esa milliy assotsiatsiya , ittifoq, byuro va shunga o’xshash kasbiy jihatlari bo’yicha birlashadigan tashkilotlar qarori bo’yicha bar’o qilinadi.
Asosiy shart bo’lib, nodavlat xalqaro tashkilotlar qabul qilgan masalalar davlat miqyosida qonuniy bo’lishi hisoblanadi. Bunday nodavlat tashkilotlarning faoliyati yaxshi yuritilishi uchun hukumat organlari tomonidan maxsus kafolatli jamg’armalar tashkil etiladi yoki ularning faoliyati boshqa yo’l bilan qo’llab-quvvatlanadi. Nodavlat xalqaro tashkilotlar ko’pincha davlatlaro uyushmalarda maslahat beruvchi organlar statusiga egadirlar, masalan, BMT ining komissiya va sovetlarida.
O’zbekiston Respublikasida xalqaro transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari bo’yicha davlatlararo kelishuvlarni tayyorlash va ularda ishtirok etish avtoyo’l kompleksi rahbari – Bosh Vazir o’rinbosariga yuklatilgan. Yo’lovchilar va yuklarni avtomobilda xalqaro tashuvni rivojlantirish bo’yicha davlatlararo kelishuvlarni tayyorlash va ularda ishtirok etish hamda davlat miqyosida avtomobilda xalqaro tashishni rivojlantirish kontse’tsiyalarini ishlab chiqish O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi zimmasiga yuklatilgan.

    1. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)

Xalqaro yo’nalishda, mustaqil va suveren davlatlar chegaralarini kesib o’tayotgan yo’lovchi tashish yoki ikki va undan ortiq mamlakatlarda tovar ayirboshlab yuk tashish avtomobillarining (engil mashinalar va avtobuslar) harakatlanishi xalqaro kelishuvlarsiz mumkin emas. Mustaqil va suveren davlatlar chegaralaridan o’tadigan transport oqimlari hamma vaqt ham bo’lgan, shuning uchun bunday harakatlanishni boshqarib turish zarurligi ‘aydo bo’ldi, chunki har bitta davlat o’z avtomobil yo’llarini qurish, ekspluatatsiya qilish va transport harakatlanishida har xil qonun-qoidalarga ega. Hozirgi ‘aytda yo’lovchi va yuklarni avtomobilda xalqaro tashish quyidagi uchta konventsiyaga bo’ysunadi:
1926-yilda qabul qilingan “Avtomobil transporti bo’yicha xalqaro konventsiya” hozirgi vaqtda eskirgan va uning o’rniga quyidagi hujjatlar kelgan:
a) Avtomobil yuk transporti bo’yicha BMT konventsiyasi 1949-yilda Jenevada qabul qilingan va “Jeneva Konventsiyasi” deb ataladi;
b) Avtomobil transporti bo’yicha Vena Konventsiyasi 1968-yilda qayta ishlanib, qabul qilingan;
Jeneva Konventsiyasini 88 ta davlat imzolagan, shu jumladan O’Zbekiston Respublikasi va 30 dan ko’p davlatlar Vena konventsiyasining ishtirokchilari hisoblanadi.


    1. Yüklə 2,02 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin