107
- tez buzuluvchi (oziq-ovqat mahsulotlari). Ularni tashish uchun
maxsus sanitariya va harorat shartlari zarur;
- keskin va koʻngilsiz xidli;
- tirik (mol va qushlar). Bunday mollarni tashish uchun transport
vositalari tashiluvchi moddalarni yoʻllarda oziqlantirish va ular axlatini
tozalash va h.k.larga moslangan boʻlishi zarur.
Yuklar
saqlanish sharoitlariga
koʻra 4 guruhga boʻlinadi:
yogʻingarchilik va harorat oʻzgarib turishidan buzilmaydigan
(qum, shagʻal, maydalangan tosh, toshkoʻmir va h.k.). Bunday
yuklarni usti ochiq maydonchalarda saqlash mumkin;
yogʻingarchilikdan buzilishi mumkin (metall, metall buyumlari,
gʻisht va h.k). Ularni usti berk ayvonchalarda saqlash zarur;
yogʻingarchilik va haroratning oʻzgarishi natijasida buziluvchi
yuklar. Bunday yuklarni berkitilgan xonalarda va issiq (sovuq) ni
izolyatsiyalanuvchi va zarur haroratni saqlovchi (tez buziluvchi
mahsulotlar-muzlatkichlarda,
muzlashi mumkin boʻlmagan
suyuqliklarni esa - isitiluvchi omborlarda va h.k.);
maxsus rezervuar (idish) larda saqlanuvchi (suyuq yoʻnilgʻi,
moylar va shu kabilar) kiradi.
Joylab saramjonlash (qoliplash) xarakteriga koʻra
yuklar
taralangan va tarasizlarga boʻlinadi.
Yuklarni
tasniflashdan
maqsad
transport
vositasi,
tashish
usullaridan
yaxshiroq
foydalanish,
ortish-tushirish
ishlarida
mexanizatsiyadan foydalanish kabilardir.
Dostları ilə paylaş: