Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1.
Savdo inventarizatsiyasini boshqarish tizimi
2.
Inventarizatsiya uchun asosiy qoidalar
3.
Moddiy javobgar xodim tomonidan ―mavjudligi‖ boʻyicha
inventarizatsiya qilish jarayonini modellashtirish
4.
Moddiy javobgar xodim tomonidan ―boricha‖ inventarizatsiya
jarayonining matematik modeli
5.
Inventarizatsiya qilish uchun Petri toʻrining grafigi
6.
Taqsimlash markazining manzilini tanlash
102
103
9 - BOB. TRANSPORT LOGISTIKASIDA YUK TASHISH
TIZIMLARI
9.1. Yuk tushunchasi
Yuk tashish ob‘ektlariga kon qazilmalari va mahsulotga qayta
ishlov berish sanoatlari, qurilish va savdo tashkilotlari, boshqa har xil
ishlab chiqarish hamda uy-joy roʻzgʻor buyumlari kiradi. Yuk
deyilganda tashish uchun qabul qilingandan to uni egasiga
topshirilgungacha mahsulotlar tushuniladi. Yuklar ayni buyum
(mahsulot) va taralardan iborat boʻlishi mumkin. Tashilgan yuklarning
oʻlchami faqatgina tonna oʻlchamida boʻladi. Boshqa oʻlchamlar-litr,
dona, kub metr kabilar-tonna oʻlchamiga oʻtkazilishi shart. Koʻpchilik
yuklar tarasiz tashiladi va ularni tarasiz tashish deyiladi.
Yuk (mahsulot)ning sof ogʻirligi netto, tara bilan birgalikdagi
otsirligi brutto, taraning oʻz ogʻirligi - tara ogʻirligi tushunchalari bilan
yuritiladi.
Tashishni tashkil etishda yuklar tonnalarda oʻlchanuvchi brutto
ogʻirligi bilan hisoblab boriladi.
Koʻpchilik yuklar atrof muhit ta‗siriga moyildirlar. Ba‗zi yuklar
havoning namligi ta‗sirida korroziya (zanglash)ga moyildirlar;
boshqalariga - tez buzuluvchi oziq-ovqat buyumlariga yuqori darajali
harorat, sabzavot va hoʻl meva hamda boshqa ba‗zi bir yuklarga esa
sovuq havo ta‗sir etadi.
Turlariga koʻra:
sanoat, qishloq xoʻjalik, qurilish, savdo va
kommunal xoʻjalik yuklari
boʻlishi mumkin.
Ortish-tushirish ishlariga koʻra yuklar:
donali, uyib tashiluvchi va
quyuluvchi yuklarga
boʻlinadilar. Tarali yuklarni odatda donali yuklarga
kiritiladi. Uyib tashiluvchi yuklarga sochiluvchan va ortishda uyilib
tashilishi mumkin boʻlgan mayda-donali yuklar (qum, shagʻal, tosh
koʻmir, oʻtin va h.k.) kiradi. Sochiluvchan yuklarga don va shunga
oʻxshash mahsulotlar kiradi. Donali yuklarni tashishda ular joy miqdori
bilan hisoblab boriladi.
104
Tashish (birligi) ogʻirligiga koʻra yuklar
meyoriy ogʻirlikdagi va
ogʻir massali yuklarga
boʻlinadi. Tarali va donali yuklarning chegaraviy
meyoriy ogʻirligi - 250 kg, dumalatib suruluvchi yuklar uchun – 400 kg.
Koʻrsatilgan miqdordan ogʻir boʻlgan yuklar ogʻir massali yuklar
qatoriga kiritiladi. Agar yuk ogʻirligi 4-5 tonnadan ortiq boʻlsa, uni
tashish uchun maxsus transport vositasi talab qilinishi mumkin.
Oʻlchamlariga koʻra yuklar:
gabaritdagi, ya‘ni avtomobilning
standart kuzovida tashilishi mumkin boʻlgan yuklar; nogabarit yuklarga
boʻlinadi. Nogabarit yuklarga balandligi 2,5m, eni 2,0 m va uzunligi 3,5
m (uzun oʻlchovli yuklardan tashqari) dan ortiq oʻlchamli yuklar kiradi.
Uzun oʻlchamli yuklarga uzunligi kuzov uzunligiga qoʻshimcha uning
uchdan bir qismi va undan ham uzun yuklar kiradi.
Nogabarit yuklar faqatgina davlat avtomobil nazorati (DAN)
ruxsatiga binoan va qizil chiroq (belgi) oʻrnatilgan holda tashilishlari
mumkin. Xavflilik darajasiga koʻra yuklar MDH davlatlarida 7 guruhga
boʻlinadi:
1 guruh - xavfligi kam (qum, shagʻal, tuproq, gʻisht va h.k.);
2 guruh - tez oʻt olinuvchi moddalar (benzin, atseton va h.k);
3 guruh - issiq va chang chiqaruvchi (sement, asfalt, ohak va h.k.);
4 guruh - kuydiruvchi (kislota va ishqorlar);
5 guruh - ballonda tashiluvchi siqilgan va suyultirilgan gazlar;
6 guruh - nogabarit (oʻlchamiga koʻra xavfli yuklar);
7 guruh - portlovchi, zaharlovchi va radiaktiv moddalar;
Xalqaro yuk tashish qoidalariga binoan Yevropa davlatlari
xavfsizlilik darajasiga koʻra BMT ekspertlar qoʻmitasi tavsiyasiga koʻra
yuklarni tashish uchun ADR kelishuvi nomi bilan tashiluvchi buyum va
mahsulotlarni tashish uchun xalqaro konvensiya qabul qilingan boʻlib,
unda yuklar xavflilik darajasiga binoan quyidagi
9 sinfga
boʻlinadi:
1-sinf - portlovchi modda va mahsulotlar;
2-sinf - gazlar: siqilgan, suyultirilgan;
3-sinf - suyuq yoʻnilgʻilar;
4.1.-sinf - yoʻnuvchi qattiq jismlar;
4.2.-sinf - oʻzi yoʻnib ketish xususiyatli moddalar;
105
4.3.-sinf - suv tegishi natijasida gaz chiqaruvchi moddalar;
5.1.-sinf - oksidlovchi moddalar;
5.2.-sinf - organik peroksid (oʻta oksid) lar;
6.1.-sinf - zaharlovchi moddalar:
6.2.-sinf - yuqumli (infeksion) moddalar;
7-sinf - radiaktiv moddalar;
8-sinf - korroziyalanuvchi moddalar;
9-sinf - har xil xavfli modda va mahsulotlar (yuqoridagi
sinflarga kiritilmagan).
Dostları ilə paylaş: |