Transport logistikasi


Yuk joʻnatuvchi va qabul etuvchi punktlar



Yüklə 32,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/92
tarix24.12.2023
ölçüsü32,06 Kb.
#193208
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   92
Transport logistikasi

9.5. Yuk joʻnatuvchi va qabul etuvchi punktlar 


111 
Yuklar yigʻiluvchi punktlar yuk
 hosil qiluvchi
, ularni qabul etuvchi 
punktlar yuk 
qabul qiluvchi
punktlar deb ataladi.
Yuk hosil etuvchi punktdan joʻnatilgan yuk miqdori, ayni punktning 
joʻnatish boʻyicha yuk aylanmasini xarakterlaydi. Yuk qabul etuvchi 
punktga keltirilgan yuk miqdori, ayni punktni mahsulot qabul etish 
boʻyicha yuk oborotini xarakterlaydi.
Asosiy yuk yigʻiluvchi va qabul etiluvchi punktlarga sanoat 
korxonalari, qishloqlarda jamoa va fermer xoʻjaliklari, tayyorlov 
punktlari, konlar, temir yoʻl bekatlari, suv portlari, aeroportlar, qurilish 
maydonlari, karerlar, moddiy- texnika ta‗minoti baza va omborlari, 
doʻkon va shu kabilar kiradi.
Yuk joʻnatuvchi va ularni qabul etuvchi puntlar, ular oʻrtasidagi 
transport aloqalari ishlab chiqariluvchi hamda iste‗mol etuvchi korxona
va tashkilotlar joylashuvi va iqtisodiy ahamiyati, mahsulot almashuv 
shahobchalari, ishlab chiqaruvchi kuchlar joylashuvi hamda barcha
turdagi transportlar ortish-tushirish punktlari joylashuvi bilan 
chambarchas bogʻliqdir. 
9.6. Mahsulotlani yetkazib berish tizimlari 
Yuklarni tashishda dunyo amaliyotida qоʻllaniladigan asosiy 
atamalar.
Transportda tashish
- Yevropa Konferensiyasida tavsiya qilingan 
bоʻlib, magistral yоʻlda tashishni tashkil qilganlar tomonidan 
ishlatiladigan atama va tushunchalarni оʻz ichiga oladi. Ularga 
quyidagilar kiradi: unimodal (bir turdagi), aralash yuklarni tashish, 
multimodal va intermodal tashishlar.
Unimodal tashish
bir turdagi transportda amalga oshiriladi. Odatda, 
transportirovkaning boshlangʻich va oxirgi punktlari berilgan bоʻlib, 
logistika zanjirining oraliq operatsiyalari bоʻlgan omborlash va
yuklarni qayta ishlash operatsiyalarisiz bajariladi. Masalan, kоʻp 
tonnali yuklarni jоʻnatishda va yukni yetkazishdagi oxirgi punktda 
podyezd yоʻllari bоʻlsa temir yоʻl transportini, mayda partiyali yuklarni 
qisqa masofaga jоʻnatishda esa avtomobil transportini qоʻllash 
maqsadga muvofiqdir.


112 
Aralash yuklarni tashish (intermodal)
ikki xil turdagi transportda 
amalga oshiriladi. Bunda, yuk ishlov berish punktiga transportning 
birinchi turi bilan yetkaziladi yoki saqlamaydigan yoki qisqa vaqt 
saqlaydigan yuk terminaliga boshqa transport turiga оʻtkazish yоʻli bilan 
olib boriladi.
Bir necha transport xujjatlarining mavjudligi, fraxtning yagona ta‘rif 
stavkasining yоʻqligi aralash alohida tashishning belgilari hisoblanadi.
Tоʻgʻri aralash tashishda yuk egasi boshqa transport turi xizmatini 
kоʻrsatayotgan birinchi tashuvchi bilan shartnoma tuzadi.
Multimodal tashish
– yuk transportning bir turidan ikkinchi turiga 
оʻtkazilib, yuklarni bir necha transport (kamida ikkita) turida tashishdir. 
Masalan, Оʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, moliya va 
savdo-sotiq Vazirligining Buxoro terminalidan Buxoro-Olot-Chorjou-
Seraxs- Fors kоʻrfazidagi (Eron) Bender Abbas porti marshruti bоʻyicha
avtopoyezdlarda tashiladigan paxta tolasi, uni omborxonaga qоʻyish, 
uni omborxonadan Yaponiya, Janubiy Koreya yoki Avstraliyaga dengiz
orqali transportirovka qilish uchun kemaga yuklab tashish 
multimodal tashishdir.
Ushbu tashish turi yukni bir turdagi transportdan boshqasiga 
tоʻdalangan yoki yuk turiga bogʻliq holda qadoqlangan idishda
agʻdarishni kоʻzda tutadi. Multimodal tashishda yuk egasi bitta shaxs 
(ekspeditorlik firmasi) bilan shartnoma tuzadi va u, ya‗ni
ekspeditorlik firmasi butun marshrut bоʻylab transportning har xil 
turida harakatlanadi va yuk egasini boshqa transport korxonalari bilan 
shartnoma ishlarini olib borishdan xolos etadi.
-―
Piggibek
‖ – temir yоʻl va avtomobil transportida aralash 
tashishdir;

Yuguruvchi
shosse
‖ – pasaytirilgan polli temir yоʻl platformada 
yuklangan avtomobillarni tashish;

Kuzatuvchi
bilan
tashish –avtomobil haydovchilari kuzatuvida, 
yuklangan avtomobillarni boshqa transport turi bilan tashish (masalan, 
poyezd yoki paromda); 


113 

Kuzatuvchisiz
tashish - avtomobil haydovchilari kuzatuvisiz, 
yuklangan avtomobillarni boshqa transport turi bilan tashish (masalan, 
poyezd yoki paromda); 

Roll-on-roll- of
(―ro-ro‖) – temir yоʻl poyezdlaridagi ― 
―Yuguruvchi shosse‖ dagidek gʻildirakli harakatlanuvchi tarkibni 
kemalarda gorizontal yuklash usulida tashish.
- ―
Lo-lo
‖ – yiriklashtirilgan yuk birligini vertikal yuk kоʻtarish-
tushirish usulidan foydalanib, yuklash va tushirish.
Kabotaj
– bu bitta davlat ichida har xil aholi yashash punktlari 
orasida yuklarni (yoki yоʻlovchilarni) ushbu davlatda rоʻyxatdan 
оʻtmagan avtotransport vositasida tashishdir. Hozirgi vaqtda kabotaj 
YAT(YES)ga a‗zo davlatlardan tashqari barcha davlatlarda (jumladan, 
Оʻzbekiston Respublikasida) ta‗qiqlangan tashish usuli hisoblanadi. 
Kabotaj tashishlarni bajarayotgan avtomobil vositalari vaqtincha qaysi 
davlat hududida turgan bоʻlsa, оʻsha davlatning avtotransportga qоʻygan 
talablariga, undan tashqari ushbu davlat hududida ishlayotgan ichki 
peratorlarga nisbatan qоʻllaniladigan shartlarga mos kelishi kerak.
Kоʻrsatilgan shartlar quyidagilarga tegishli:
ogʻirlik va gabaritlar: YAT a‗zolari bоʻlgan davlatlarga mos
keluvchi
avtotransport vositalarida qоʻllaniladigani kabi;
aniq yuklarni tashish: jumladan, xavfli yuklar, tez buziladigan
oziq-ovqat; 
mahsulotlari va yirik shoxli mollar;
haydovchilar ish kunining davomiyligi: xaydash va dam olish 
davrlari;
tashish tariflari va shartlari: YAT a‗zolari bоʻlgan mamlakatda 
qоʻllanilayotgan tashish shartlarining mosligi. Bir qator 
hamdоʻstlik davlatlarining tashish shartlari qonun doirasida 
aniqlanishi mumkin. Bu holatda zararni qoplash maqsadida 
sugʻurta qilish zarur. 
Bugungi kunda dunyo bozorida mahsulotlarni yetkazib berish 
jarayoni bir qator ishlarni amalga oshirish jarayoni bilan bogʻliq bоʻlib, 
bularga yuklarni samarali yetkazib berish kompleksi, yuklarni teng 


114 
taqsimlash operatsiyalari va xizmatlari kiradi. Transport-ekspeditorlik 
korxonalari aynan ushbu ishlarni amalga oshirish uchun mоʻljallangan. 
 
 
9.1-jadval. Yuk tashish modellari 

Yüklə 32,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin