Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Transportda yuk tushunchasi nima?
2. Netto ogʻirligi deganda nimani tushunasiz?
3. Brutto ogʻirligi deganda nimani tushunchasiz?
4. Yuklar qanday xususiyatlariga koʻra turkumlanadi?
5. Yuk tashish hajmi qanday oʻlchamda boʻladi?
6. Taraning asosiy vazifasi nimadan iborat?
116
10-BOB. YOʻLOVCHILAR TASHISHNING AXBOROT-
LOGISTIK TEXNOLOGIYALARI
10.1. Yoʻlovchilarni tashish texnologiyasida logistik yondashuv
Transport turlaridan qat‗iy nazar yoʻlovchilar tashishni tashkil
etishda ularga bir xil talablar qoʻyilgan boʻlib, unda yoʻlovchilarni qisqa
vaqt ichida manzillariga yetkazib qoʻyish, transport vositalarining butun
marshrut davomida aniq harakati, transport vositalaridan yaxshi
foydalanish, toʻla xavfsizlik bilan tashishni tashkil etish,
yoʻlovchilarga yuqori madaniyat bilan xizmat etish, iloji boricha
harajatlarni tejamli sarflash talablari qoʻyiladi.
Yoʻlovchilarni koʻplab tashuvchi transportning boshqa turlariga
nisbatan yoʻlovchilar tashuvchi avtomobil transportining bir qancha
afzalliklari bor. Bunday afzalliklarga eng avvalo, yoʻlovchilar
tashuvchi avtomobil transportining yuqori darajali manevrliligi, ya‗ni
yoʻlovchilarni ish va yashash joylariga yetkazib borish xususiyati,
takomillashtirilgan va qattiq qoplamali yoʻllarda yer usti yoʻlovchilar
tashuvchi boshqa transportlarga nisbatan yuqori harakat tezligiyu, zarur
boʻlganda shahar ichi marshrutlarning bir qismini dam olish (shanba
va yakshanba) kunlari shahar atrofida xordiq chiqarish joylariga
boruvchi, shahardan tashqarilarini esa uning aksi, kerak boʻlganda
shahar ichi va atrofi marshrutlaridagi bir qism avtobuslarni ekspress
harakatiga oʻtkaza olinishini kiritish mumkin.
Avtobuslarda yoʻlovchilar tashishning yana bir asosiy afzalligi bu
zarur boʻlganda yangi marshrutlarni tez ishga tushura olinishidir.
Me‘yordagi yoʻl sharoitlari bor joylarda yangi avtobus marshrutlariga
qoʻshimcha ishlar qilinmasdan, masalan, yakka inshootlar, elektr
podsantsiyasi (yordamchi elektr bekati), kontakt shahobchalari
kabilarsiz ishga tushirish mumkin. Bunday qurilmalar tramvay va
trolleybus marshrutlari uchungina zarurdir. Yangi ochilgan avtobus
117
marshrutlariga qilingan katta xarajatlarni nisbatan qisqa davr ichida
qoplanishi mumkin.
Yoʻlovchilar zichligi quvvatiga katta boʻlgan marshrutlarga
ertalabki va kechki «tashish choʻqqisi» soatlarida 15 dan koʻp avtobuslar
chiqarilishi lozim. Harakat chastotasi harakat intervaliga bogʻliq boʻlib,
u ma‗lum joy (bekatdan) qancha vaqt ichida navbatdagi avtobus oʻtish
vaqti minutda oʻlchanadi.
Harakat intervallari shahar marshrutlarida odatda 4-6 min va
kamdan-kam paytda 12-15 min boʻladi.
Avtobuslar harkatini muntazam tashkil etish uchun ular harakat
jadvallari va chizmalari boʻlishi zarur. Harakat chizmasi har bir
marshrutdagi avtobus uchun alohida tuziladi. Bunday chizmalarni
tuzilishlikda marshrut, avtobus va haydovchilarning ish rejimlari asos
qilib olinadi. Harakat chizmalarini belgilashda sutka ichi soatlaridagi,
hafta kunlaridagi va yil fasllaridagi yoʻlovchilar oqimining oʻzgarishini
hisobga olishlik zarur.
Bir guruh marshrutlar uchun harakat chizmalarini tuzishda,
marshrutlarning har birining alohida xarakteri hisobga olinadi. Bunda
turli marshrutlardagi yoʻlovchilar zichligi oʻzgarishi hisobga olinib bir
marshrutdan boshqasiga ayrim miqdordagi avtobuslarni oʻtkazishlik
imkoniyatlari koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Bunday oʻtkazishlarda,
avtobuslar kamaytirilayotgan marshrutdagi yoʻlovchilar tashish ishi
jiddiy susaymaydigan boʻlishi nazarda tutilishi lozim. Bundan tashqari,
iqtisodiyotni nazarda tutib, oʻtkaziluvchi avtobuslar qatnovini oshirib
yubormaslikka ham e‗tibor berilishi lozim.
Harakat chizmalari asosida harakat jadvali tuziladi. Tuzilgan
jadvallar esa aholiga eng yaxshi xizmat koʻrsatish bilan birga
avtobusdan oqilona foydalanishlikni hisobga olgan boʻlishi zarur.
Jadvalda oxirgi punktlaridan joʻnash va ularga kelish hamda
yoʻlovchilar oboroti koʻp boʻlgan uzellardan oʻtish vaqtlari koʻrsatilgan
boʻladi. Bunday jadvallarni tuzishda sutka soatlari ichi ekspluatatsion
harkat tezliklarini hisob qilishni belgilanishi maqsadga muvofiq va bu
narsa yoʻllarning yuklanganligiga, avtobuslarni toʻlganligi va boshqa
sharoitlar bilan bogʻliqdir.
|