Transport logistikasi


Yengil avtomobillarda yoʻlovchilar tashish



Yüklə 32,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/92
tarix24.12.2023
ölçüsü32,06 Kb.
#193208
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   92
Transport logistikasi

10.2. Yengil avtomobillarda yoʻlovchilar tashish 
Yengil avtomobillarda yoʻlovchi tashish avtobuslar bilan tashishga 
nisbatan foydalanilayotgan transport vositalari va tashish ishlarni tashkil 
etish tamoyillarga koʻra tubdan farqlanadi. Yengil avtomobillarda 
yoʻlovchilarni tashish asosan quyidagilarga boʻlinadi:
- maxsus taksi avtomombillarda yoʻlovchilarni tashish;
- xizmat yuzasidan yoʻlovchilarni yengil avtomobillarda tashish.
Keyingi tashishlar qatoriga aholi buyurtmasiga binoan tantanalarga 
xizmat etuvchi yengil avtomobillar ishlari ham kiradi. Bundan tashqari 
aholining shaxsiy mulklari boʻlgan yengil avtomobillarda tashishlar ham 
bordir. Yengil avtomobillarda yoʻlovchilar tashish ishlarining aksariyati 
yengil taksi va shaxsiy mulk egalari avtomobillari zimmasidadir.
Taksi yengil avtomobillarda shahardagi yoʻlovchilarni eng qulay 
tashish turlariga kiradi. Ammo, taksi yengil avtomobillardagi
yoʻlovchilarni tashish shahar marshrut transporti almashtirolmay,
ularga qoʻshimcha transport turi boʻlib, aksariyat hollarda vaqti ziq 
boʻlgan yoʻlovchilarni tashishlarda, yoʻlovchining talabiga binoan u 
aytgan ―eshikdan-eshikgacha‖ boʻlgan tashishlarda, yukli yoʻlovchilar
qatnovida, shahar yoʻlovchilar transportning boshqa turi boʻlmagan 
hududlardagi 
tashishlarda 
yoki 
shahar 
yoʻlovchilar 
transporti 
ishlamaydigan tungi soatlardagi tashishlarda ishlovchi yoʻlovchilar 
transporti hisoblanadi. Ayrim hollarda yengil avtomombillardan shahar 
atrofi, qishloq joylardagi va shaharlararo yoʻlovchilar tashishda ham 
foydalaniladi.
Yengil taksi avtomobillarni ishlatishlikda ulardan jadal foydalanish 
xarakterlidir. Sutka davomida bunday avtomobillar 13-14 soat ishda 
boʻlib, oʻrtacha bosib oʻtish masofasi 200-250 km ni tashkil etadi. 
Aksariyat hollarda yengil taksi avtomobillardan foydalanuvchi 
yoʻlovchilar yuk bilan qatnovchi yoʻlovchilardir.


119 
Shuning uchun ham taksidan foydalaniladigan avtomobillarga 
texnik jihatdan yuqori darajada ishonchli, dinamik sifati yuqori, 
yoʻlovchilarni oʻtirish va ular yuklarini joylashtirish qulay boʻlishi 
talablari qoʻyiladi.
Barcha yengil taksi avtomobillarida kira haqini oʻlchab boruvchi 
asbob-taksometr hamda chiroqli signal qurilmalari boʻlishi lozim. Bunda 
koʻk chiroqli signal taksi boʻshligini, qizil chiroqli signal uning aksi, 
ya‗ni bandligini koʻrsatadi. Taksometrning bir necha xil kira haqini 
hisoblovchilari boʻlib, avtomobil harakatiga uzatmalar qutisi orqali 
ishlaydi, agar buyurtmachi talabiga binoan kutib turilsa yoki harakat 
tezligi 15 km/soatdan kichik boʻlsa, asbob ichiga oʻrnatilgan soat 
mexanizm bilan avtomobildan foydalanish haqi hisoblanib boriladi. 
Taksometrlar Davlat standarti talabiga binoan va avtomobil spidometri 
(harakat tezligi koʻrsatuvchi asbob) kabi plombalanishi shart.

Yüklə 32,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin