145
13.1.
Masalalar
yechishga misollar
Misol № 1.
- Taqsimot masalalari
Masalaning qoʻyilishi
. Ishlab chiqaruvchidan
korxona yer osti
omborigacha 64,8 t hajmdagi mineral oʻgʻitlarni ikki xil variantda
yetkazib berish xarajatlarini taqqoslang. Yetkazib berish sxemasi (13.1-
rasm)
keltirilgan.
13.1-rasm. Mineral oʻgʻitlarni yetkazish sxemasi
Birinchi variantda mineral oʻgʻitlar koʻtara (toʻkma) tashilsa,
ikkinchi variantda esa —
polietilen xaltalarda, yuk xaltalari shaklida
tekis barkashlarda tashiladi.
Oʻgʻit ishlab chiqaruvchi zavod relsli omborlarida yuk koʻtarish
quvvati 68 t boʻlgan yopiq vagonlarga oʻgʻitni konveyer va yukchilar
vositasida koʻtarma yuklash xarajatlari — 400 sh.b.; yopiq vagonda
mineral oʻgʻitlarni 1000 km masofaga tashish boʻyicha temir yoʻl
tarifi
— 2000 sh.b.; korxonaning temir yoʻlli omborida oʻgʻitli yopiq vagonni
konveyer va yuk tushuruvchilar yordamida boʻshatish xarajatlari — 400
sh.b.; oʻgʻitlarni korxonaning ochiq temir yoʻl omborxonalarida
vaqtinchalik saqlash bilan bogʻliq xarajatlar—160 sh.b.; keltirilgan
oʻgʻitlarni avtomobil-samosvallarga yuklash xarajatlari — 300 sh.b.;
oʻgʻitlarni avtosamosval bilan yerosti omborxonalarga tashish va
yuklash xarajatlari — 450 sh.b.; keltirilgan oʻgʻitlarni toʻkilish,
shamol
uchirishi, yomgʻir yuvishi tufayli zarari va yoʻqotilishi — 750 sh.b.
Yechish
. Oʻgʻitlarni birinchi variant boʻyicha tashishda umumiy
xarajatlar va yoʻqotishlar miqdori quyidagicha boʻladi:
400 + 2000 + 400 + 160 + 300 + 450 + 750 =
4460
(sh.b.)
Tashishning ikkinchi variantida 64,8 t oʻgʻitni har biri 50 kg boʻlgan
polietilen xaltalarda tashish amalga oshiriladi. Bunday hajmdagi oʻgʻitni
qoplash uchun har biri 0,6 sh.b. dan boʻlgan 1296 ta xalta kerak boʻladi,
Dostları ilə paylaş: