Transport logistikasi



Yüklə 32,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/92
tarix24.12.2023
ölçüsü32,06 Kb.
#193208
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   92
Transport logistikasi

Mineral 
o'g'itlar 
zavodi ombori
t/y, 1000 
km
Korxonaning 
relsli ombori
avto, 100 km 
Korxonaning 
yer osti ombori


146 
bu esa zavodga 777,6 sh.b. ga tushadi. Bitta xaltaning sof massasi 
(netto) 1,3 kg, jami esa — 1,3 × 1296 = 1685 kg. Oʻgʻitlar bilan 
toʻldirilgan xaltalardan yuk paketlarini shakllantirish uchun har birining 
narxi 10 sh.b. boʻlgan 72 ta barkash (patnis) zarur boʻladi va ularni xarid 
qilish xarajatlari 720 sh.b.ni tashkil etadi. Bitta poddonning massasi 
(netto) 15 kg boʻlsa, 72 poddonniki 1080 kg boʻladi. Shunday qilib, 
massasi 64,8 t boʻlgan oʻgʻit bilan yopiq vagonda 1685 kg xalta va 1080 
kg barkash tashiladi, ya‘ni jami 2,765 t qoʻshimcha yuk tashiladi. Yuk 
koʻtarish quvvati 68 t (xaltalar va barkashlar bilan birga) vagonda 
yukning umumiy vazni (brutto) 64,8 + 2,765 = 67,565 t ni tashkil etadi. 
Bundan tashqari, tayyor mahsulotlar sexining oʻgʻitlarni polietilen 
xaltalarga qadoqlash bilan bogʻliq xarajatlarni ham hisobga olish kerak. 
Bitta xaltaga nisbatan bu sarf 0,05 sh.b. ni tashkil qilgan boʻlsa, vagonda 
joʻnatilgan 1296 xalta uchun bu xarajat 64,8 sh.b. ni tashkil qiladi. 
Tekis taglikda tashkillshtirilgan yuk paketi 18 ta oʻgʻit bilan 
toʻldirilgan polietilen xaltalardan iborat. Bitta shunday paket uchun 0,4 
sh.b., 72 paket uchun esa — 28,8 sh.b. xarajat qilinadi. Taglikdagi yuk 
paketining brutto massasi (50 × 18) + (1,3 × 18) = 938,4 kg. 
Taglikdagi 72 ta yuk paketini yopiq vagonga elektrpogruzchiklar 
bilan ortish xarajatlari zavodga 0,5 × 72 = 36 sh.b ga tushadi. 
Oʻgʻitni temir yoʻlda tashish tarifi birinchi variantdagidek 2000 
sh.b. ni tashkil qiladi. 
Korxonaning relsli omborxonasida 72 ta yuk paketlarini 
elektrpogruzchik yordamida tushirish xarajatlari 40 sh.b.; qadoqlangan 
mineral oʻgʻitlarni saqlash sarfi xuddi birinchi variantdagidek 160 sh.b 
boʻlsin. 72 ta yuk paketlarini vilkali elektrpogruzchik yordamida 
harakatdagi avtomobil kolonnasiga ortish xarajatlari 40 sh.b., yukni shu 
kolonnada yer osti omborxonasiga yetkazish xarajati esa 500 sh.b 
boʻlsin. Yukni tushurish xarajati korxonaga 40 sh.b. ga tushsa, ehtimoliy 
yoʻqotishlar uncha katta emas — 10 sh.b. atrofida boʻladi. 
Shu bilan birga mineral oʻgʻitlarni qadoqlangan holda yetkazishda 
temiryoʻl va avtomobil tarkibining yuk operatsiyalari tufayli 
toʻxtalishlari sezilarli qisqaradi: bu qisqarishlar taxminiy hisob-
kitoblarga koʻra 250 sh.b ni tashkil qiladi. 


147 
Yakunda mineral oʻgʻitlarni ikkinchi variantda tashishi xarajatlari 
va yoʻqotishlari miqdori quyidagicha boʻladi: 
777,6 + 720 + 64,8 + 28,8 + 36 + 2000 + 40 + + 160 + 40 + 500 
+40 + 10 - 250 = 4167,2 (sh.b.). 
Shunday qilib, mineral oʻgʻitlarni qadoqlangan tashishni joriy etish 
umumiy tashish xarajatlarini 4460 - 4167,2 = 292,8 (sh.b.) ga kamaytirar 
ekan. 

Yüklə 32,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin