Transport vositalari muhandisligi



Yüklə 154,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix07.01.2024
ölçüsü154,65 Kb.
#204407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Транспорт воситаларини лойиҳалаш ва ҳисоблаш асослари ТВМ Курс лойихаси

 
 


Transport vositalari konstruksiyasi va hisobi 

 
 
KURS LOYIHASI UCHUN MAVZU TANLASH 
Kurs loyihalari mavzulari talabalarga topshiriqlar berish boshlanishidan oldin 
kafedra majlisida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi hamda zamonaviy ilmiy-texnik 
talablarga javob berishi, dolzarb bo‘lishi va mutaxassislik bo‘yicha kasbiy faoliyat 
sohasiga mos kelishi lozim.
Kurs loyihalari (KP) mavzulari kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot va 
tajriba-konstruktorlik ishlari, bo‘lajak bitiruvchi mutaxassisligiga mos kadrlar 
buyurtmachi korxonalarning buyurtmalari, kafedra da talabalarning ilmiy va 
amaliyotga yo‘naltirilgan qiziqishlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi.
Kurs loyihasini bajarish shartlari va muddatlari ta’lim yo‘nalishining o‘quv 
rejasi bilan belgilanadi. Kurs loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha topshiriq loyiha 
rahbari tomonidan fan o‘qituvchisi bilan kelishilgan hamda tegishli kafedra mudiri 
tasdiqlagandan so‘ng talaba kurs loyihalarini amalga oshirishga kirishgan 
hisoblanadi. O‘quv rejasida belgilangan muddatlarda talaba kurs loyihalarini 
yakunlaydi, har hafta o‘qituvchi hamda kurs loyihalari rahbari bilan maslahatlashadi 
va nazorat tadbirlarida amalga oshirishning borishi haqida hisobot beradi. Kurs 
loyihalarini amalga oshirishning yakuniy bosqichi talabaning tayyorgarlik darajasini, 
tugallangan loyiha sifatini va ilmiy rahbarning xulosasini hisobga olgan holda reyting 
bahosi bilan jamoatchilik himoyasi asosida amalga oshiriladi. Kurs loyohasi 
himoyasida kafedraning etakchi professor o‘qituvchilaridan iborat guruh ishtirok 
etadi.
Kurs loyihalari mavzulari va rahbari kafedra mudiri tomonidan kafedra 
professor-o‘qituvchilari 
yoki 
tarmoqning 
yetakchi 
korxonalaridan 
tajribali 
mutaxassislar 
orasidan 
tanlab 
tayinlanadigan 
ilmiy 
rahbarlar 
tomonidan 
shakllantiriladi. Talaba rahbar tomonidan taklif qilingan mavzuni qabul qilishi yoki 
tegishli asoslar bilan mustaqil mavzu tanlashi kerak. Kurs loyihalari mavzusini 
tanlashga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, kurs loyihalarini amalga oshirish 
bo‘yicha ko‘rsatmalarni o‘rganish, rahbardan o‘z vaqtida topshiriq olish kerak. 


Transport vositalari konstruksiyasi va hisobi 

 
 
Kurs loyihalari uchun topshiriqda kurs loyihasi mavzusi, kurs loyihalarini 
amalga oshirish uchun dastlabki ma'lumotlar, hisob-kitob va tushuntirish xatining 
hajmi va mazmuni, grafik qism varaqlarining soni va tarkibi belgilanadi hamda 
qo‘shimcha ravishda kurs loyihalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan 
qo‘shimcha ko‘rsatmalar berilishi mumkin. 
Kurs loyihalarining namunali mavzulari ro‘yxati: 
1) g‘ildirak formulasi 4x2, umumiy og‘irligi 3500 kg bo‘lgan avtomobilning 
asosiy uzatmasini loyihalash; 
2) to‘la og‘irligi 1575 kg bo‘lgan yengil avtomobilning ilashish muftasini 
loyihalash; 
3) to‘la og‘irligi 600 kg bo‘lgan hamda 4x4 g‘ildirak formulasiga ega yer usti 
transport vositasining uzatmalar qutisini loyihalash; 
4) g‘ildirak formulasi 8x8, umumiy og‘irligi 40 tonna bo‘lgan yuk 
avtomobilining orqa o‘qini loyihalash; 
5) umumiy og‘irligi 20 tonna bo‘lgan elektrobusning orqa o‘qini 4x2 g‘ildirakli 
joylashuv bilan osmani loyihalash; 
6) to‘rtta boshqariladigan o‘qli 8x8 g‘ildiraklar joylashuvi bilan umumiy 
og‘irligi 36 tonna bo‘lgan yuk mashinasining boshqarish mehanizmini; 
7) g‘ildiraklari 8x8 bo‘lgan umumiy og‘irligi 40 tonna bo‘lgan maxsus 
transport vositasi uchun ressorani loyihalash; 
8) g‘ildiraklari 6x6 bo‘lgan umumiy og‘irligi 20 tonna bo‘lgan ko‘p maqsadli 
transport vositasining ramkasini loyihalash. 
Kurs loyihasi zamonaviy kompyuter texnologiyalari va dasturlaridan 
foydalangan holda bajarilishi mumkin. 

Yüklə 154,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin