Odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: - avtomobilning kabinasidan tashqarida (bortli yuk yoki furgon yukxonali avtomobillarda odam tashishdan tashqari);
- traktorlar va boshqa o`ziyurar mashinalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama-uycha, yuk mototsikllari yukxonasida;
- mototsikllarning konstruktsiyasida ko`zda tutilgan joylaridan tashqarida;
- 12 yoshga to`lmagan bolalarni mototsiklning orqa o`rindig`ida, shuningdek, yengil avtomobilga bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o`rnatilmagan bo`lsa, uning oldingi o`rindig`ida;
- 12 yoshga to`lmagan bolalarni hisobga olmaganda transport vositasining texnik tavsifnomasida ko`zda tutilgan miqdordan ortiq.
Bunda transport vositasining haqiqiy vazni uni ishlab chiqargan korxona belgilagan ruxsat etilgan to`la vazndan ortmasligi kerak.
Transport vositalarida yuk tashish qoidalari Transport vositalarida tashiladigan yukni shunday joylashtirish kerakki, yo`lning notekis joylarida qo`zg`alib, burilish va qayrilishlarda muvozanat yo`qolib, yuk tushib ketmasligi kerak.
Tashilayotgan yukning vazni va o`qlarga tushadigan og`irlik miqdorining taqsimlanishi transport vositasini ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan miqdordan oshmasligi kerak.
Aks holda bu transport vositasining harakatlanish xavfsizligiga tahdid soladi.
Haydovchi harakatni boshlashdan oldin yukning to`g`ri joylashganligiga va mahkamlanganligiga ishonch hosil qilishi, harakatlanish vaqtida esa yukning tushib ketmasligini va harakatlanishga xalaqit bermasligini ta`minlash maqsadida uning holatini kuzatib borishi kerak.
Bulardan tashqari, tashiladigan yuk yonib ketmasligi, chang-to`zon ko`tarmasligi, to`kilib yo`lni iflos qilmasligini haydovchi doimo nazorat qilib borishi kerak.
Quyidagi shartlarga amal qilganda yuk tashishga yo`l qo`yiladi:
- haydovchiga tevarak-atrof ko`rinishini cheklamasa;
- transport vositasini boshqarishni qiyinlashtirmasa va muvozanatni buzmasa;
- tashqi yoritish asboblari va yorug`lik qaytargichlarni, davlat raqami va taniqlik belgilarini, shuningdek, ishoralarni va qo`l bilan beriladigan ishoralarning ko`rinishini to`smasa;
- shovqin solmasa, chang ko`tarmasa, yo`lni va atrof-muhitni iflos qilmasa.
Agar yukning joylashuvi va holati qayd etilgan talablarga javob bermasa, haydovchi yuqorida sanab o`tilgan qoidalar buzilishini bartaraf etish choralarini ko`rishi, uning iloji bo`lmasa, bundan keyingi harakatlanishni to`xtatishi shart.
Transport vositasining gabaritlaridan old yoki orqa tomonga bir metrdan, gabarit chiroqlarining chetki qismidan 0,4 metrdan ortiq, chiqib turgan yuk ushbu Qoidalarning 28.3 bandiga muvofiq, «Katta o`lchamli yuk» belgisi bilan belgilanishi, qorong`i vaqtda va yetarlicha ko`rinmaydigan sharoitda esa bunga qo`shimcha qilib oldi oq, chiroq, yoki yorug`lik qaytargich, orqasi esa qizil chiroq, yoki yorug`lik qaytargich bilan belgilanishi kerak.
9.1-rasm O`ta og`ir, katta o`lchamli va xavfli yuklarni tashish, gabarit o`lchamlari yukli yoki yuksiz xolda eni 2,5 metrdan va balandligi yo`l satxidan 4 metrdan, uzunligi bitta tirkama bilan 20 metrdan ortiq, bo`lgan yoxud yuki transport vositasining orqa nuqtasidan 2 metrdan ortiq, chiqib turgan transport vositalarining, ikki yoki undan ortiq tirkamali avtopoyezdlarning harakatlanishi uchun YHX organlarining ruxsatnomasi bo`lishi shart.
Ruxsatnomada harakatlanish yo`nalishi va vaqti ko`rsatiladi. Tashilayotgan yukning hajmi, o`lchamlari va xavflilik darajasiga ko`ra YPX ning patrul avtomobili kuzatishga jalb etilishi mumkin.