Transport vositalarini boshqarishni o`rgatish


Transport vositalarida odam tashish qoidalari



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə2/4
tarix21.05.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#118591
1   2   3   4
Transport vositalaridan foydalanish ko`rsatkichlari

Transport vositalarida odam tashish qoidalari
Odam tashish uchun avtobus, mikroavtobus, tramvay, trolleybus, yengil avtomobil kabilar ishlab chiqaruvchi korxonalar tarafidan mo`ljallangan bo`lib, harakatlanishdagi xavfsizliklari to`liq inobatga olingan. Ba`zi holatlarda yuk tashish uchun moslashtirilmagan avtomobillarda odam tashishni vaziyat taqozo qiladi. Bu juda ham mas`uliyatli bo`lib, hara- katlanish xavfsizligi talablariga javob bera olishi kerak.
Yuk avtomobilining yukxonasida odam tashish «C» toifasidagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo`lgan, odamlar soni kabinadagilarni ham qo`shib hisoblaganda 8 nafardan ortiq, bo`lganda esa «C» va «D» toifasidagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo`lgan va shu toifadagi transport vositalaridan birini 3 yildan ortiq, boshqargan haydovchilar tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Eslatma. Harbiy haydovchilarning yuk avtomobillarida odam tashishga yo`l qo`yish Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Odam tashish uchun mo`ljallangan yuk avtomobili yukxonasi bortining balandligidan 30 santimetr pastda joylashgan o`rindiqlar bilan jihozlanishi, ikki yon va orqa o`rindiqlar bortga mustahkamlangan bo`lishi kerak.
Suyanchiqlar yo`lovchilarga qulaylik yaratishdan tashqari, ularning xavfsizligini ham ta`minlaydi.
Tashiladigan odamlar soni jihozlangan o`rindiqdar sonidan oshmasligi kerak.
Keskin to`xtash va manyovrlar bajarishda yo`lovchi travma, tan jarohati olmasligi va harakatlanish davomida noqulayliklar sezmasligi uchun sayyoh avtobusi, shaharlararo qatnaydigan avtobus va odam tashiyotgan yuk avtomobillarida yo`lovchilar soni jihozlangan o`rindiqlar so­nidan oshmasligi kerak.
Harakatni boshlashdan oldin haydovchi yo`lovchilarga avtomobilga chiqish, undan tushish va unga joylashish tartibi haqida tushuntirish berishi kerak.
Yo`lovchilarning xavfsizligi haydovchi tashishni qanday tashkil etganligiga ham bog`liq. Odam tashish uchun mo`ljallangan yuk avtomobillariga yo`lovchilarni chiqarish va tushirish, yo`l harakati xavfsizligiga asosan, transport vositasining orqa va trotuarga qaragan yon (bortlari) tomonidan tashkil etiladi.
Haydovchi harakatni boshlashdan oldin yo`lovchilar xavfsiz tashish sharoiti bilan ta`minlanganligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Odam tashishga moslashtirilmagan yuk avtomobillarining yukxonasida faqat yukni olish uchun borayotgan yoki uni kuzatib borayotgan shaxslarning bo`lishiga yo`l qo`yiladi, bunda ular bortlardan pastda joylashgan o`rindiqlar bilan ta`minlanishlari kerak.
Yukni kuzatib borayotgan ekspeditor kuzatuvchi, harakat xavfsizligi talablariga asosan, o`z o`rindiqlarini yuk ortilgandan keyin yukxonaning orqa tomoniga joylashtirishlari kerak. Aks holda, keskin to`xtash natijasida oldinga suriladigan yuk kuzatuvchini kabinaga siqib qo`yishi mumkin.
Avtobuslarda yoki furgon yukxonali avtomobillarda bolalarni tashishda katta yoshli kuzatuvchi shaxs, bortli yuk avtomobilining kuzovida tashishda esa kamida ikki nafar katta yoshli kuzatib boruvchi shaxs bo`lishi shart. Bunday transport vositalarining oldi va orqa tomoniga «Bolalar guruhini tashish» taniqlik belgisi o`rnatilishi kerak.
Ushbu talablarga qo`shimcha ravishda, bolalarni tashish uchun mo`ljallangan yuk avtomobillari bortining balandligi bir metrdan kam bo`lmasligi kerak.
Yosh bolalar transport vositalari harakatlanishidagi xavfsizlikni to`liq anglay olmaydilar. Shu sababli bu masuliyat kuzatib boruvchilarga yuklatiladi.
Haydovchi transport vositasi to`liq, to`xtagandan keyin odamlarni tushirishi va chiqarishi, eshiklar yopilgandan so`nggina harakatlanishni boshlashi va to`liq, to`xtamaguncha ularni ochmasligi shart.

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin