5 - SHART. “HARITANI TIKLA ” Bu shart quyidagi tartibda olib boriladi. O’quvchilar oldiga bir qator trigonometriya ayniyatlari qo’yiladi. Ular bu ayniyatlarni har bir viloyatimizning O’zbekiston hududidagi o’rniga qarab , moslab qo’yib chiqadilar. Belgilangan vaqt 1 daqiqani tashkil etadi.Qaysi guruh birinchi bajarib bo’lsa va xatolikka yo’l qo’ymagan bo’lsa, ularga qo’shimcha 1 ta rag’batga ega bo’ladilar. Orqada qolgan va ulgurmagan guruh o’z-o’zidan jarimalar bilan taqdirlanadi.
6 - SHART . “GEYZER USULI”. Bu shartda barcha guruhdagi o’quvchilar oldilariga qo’yilgan A5 formatdagi qog’ozga bugungi yangi mavzu bo’yicha egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini 1 daqiqada yozib chiqishlarini va oldilaridagi qog’ozga yopishtirishlari aytiladi. Yozib bo’lishgandan so’ng, guruh sardori taqdimot qilib berishini aytiladi.O’quvchilar bu shartni ham bajarib bo’lganlaridan keyin, qaysi guruh taqdimoti yuksak saviyada va egallagan bilimlari saviyasi yuqori bo’lsa, shu guruhdagi o’quvchilarga rag’bat berib taqdirlanadi .
Hurmatli o’quvchilar !
Bugungi darsimiz o’z nihoyasiga yetmoqda , shuning uchun , barchangiz olldingizga bugungi darsda ishlab olgan rag’bat va jarima tarqatmalaringizni qo’yib chiqishingizni so’rayman.Shunda barcha o’quvchilar oldilariga yig’ishgan tarqatmalarini qo’yishadi. Agar guruhlarning qay birida rag’batlar ko’proq bo’lsa , o’sha guruh g’olib sanaladi. Barcha guruh o’quvchilaridan eng ko’p rag’bat yig’ib olgan faollarini “5” ball bilan baholanadilar. Qolgan o’quvchilarni ham ishlab olgan rag’bat va jarimalarini hisoblab ballanadilar.
Dars xulosalanadi. Mana o’quvchilar biz bugungi darsimizda trigonometrik funksiyalar va ularni isbotlash usullari haqida bilib oldik . Keyingi darsimizda bundan ham ko’p formulalar bilan ishlaymiz. Shuning uchun ham bugungi darsimizni yanada mustahkam o’rganib , quyida beradigan topshirig’imni uyda a’lo darajada bajarishingizni so’rayman!.
Uyga vazifa: 315-316 misol. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR