Tt va kt fakulteti



Yüklə 212,69 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix29.07.2023
ölçüsü212,69 Kb.
#137883
O\'zb mustaq yil diniy ta\'lim tizim amalga oshiril islohotlar(1)



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA 
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI 
 
 
 
TT va KT FAKULTETI 
1-BOSQICH TT-12-22S GURUH TALABASINING 
“Dinshuoslik” fanidan 
 
 
MUSTAQIL ISHI 
 
 
 
 
 
Bajardi: 
 
 
 
 
 
Egamberdiyev Navro‘zbek 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
MAVZU: O’ZBEKISTONDA MUSTAQILLIK YILLARIDA 
DINIY TA’LIM TIZIMIDA AMALGA OSHIRILGAN 
ISLOHOTLAR. 
 
REJA : 
 
1.
 
MUSTAQILLIKKACHA BO’LGAN DAVRDAGI DINNING 
AHVOLI. 
2.
 
MUSTAQILLIK DAVRIDA DIN SOHASIDAGI 
O’ZGARISHLAR 
3.
 
DINIY TA’LIM TO’G’RISIDAGI QONUNLAR. 


O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng dinga yangicha qarash va 
munosabat bildirish imkoniyati tug‘ildi. Natijada nisbatan yangi bo‘lgan 
dinshunoslik fani vujudga keldi. Bu fan ilgarigi ateizmdan farqli o‘laroq, dinni 
tanqid qilish, uni jamiyatdan yo‘qotish maqsadida emas, balki unga milliy 
ma’naviyatning bir bo‘lagi sifatida yondashib, uni xolisona o‘rganishni o‘z oldiga 
maqsad qilib qo‘ydi. 
Mustaqillik ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, jumladan, ma’naviy 
hayotdagi yangilanish jarayoni va tub o‘zgarishlar davrini boshlab berdi. Dinga 
bo‘lgan munosabat ijobiy tomonga o‘zgardi: sobiq sovet tizimining dinga ateistik 
hujumkorlik siyosatiga barham berildi, vijdon erkinligi qonun orqali kafolatlandi. 
Sobiq Sovet davrida dinga munosibat yaxshi ekanligi hukumat tomidan ko’p 
bora ta’kidlansa-da, 
Ammo, o‘tgan asrning 20 - yillari boshlarida diniy muassasa va tashkilotlar 
faoliyatiga ruxsat berish, vaqf mulklarini tiklash, ularni mamlakat iqtisodiy va Sovet 
yillaridagi qatag‘onlar davrida hukmronligi aholining har tomonlama ezilishi, 
tahqirlanishining bosh sababi unga ma'naviy jihatdan yetkazilgan navbatdagi zarba 
edi. Avvalo, inson ma'naviyatining bosh mezoni bo‘lgan, axloq-odob, ta'lim-tarbiya, 
hayot maktabi bo‘lgan din va diniy ta'lim faoliyatiga chek qo‘yildi. “Biz o‘z 
millatimizni muqaddas dindan ayro holda tasavvur qila olmaymiz. Diniy qadriyatlar, 
islomiy tushunchalar hayotimizga shu qadar singib ketganki, ularsiz biz o‘zligimizni 
yo‘qotamiz”, - deb ta'kidlagan edi Islom Karimov. 
Mustaqillikkacha bor-yo‘g‘i ikkita islomiy diniy o‘quv yurti (Toshkent islom 
instituti va «Mir Arab» madrasasi) bo‘lgan bo‘lsa, o‘tgan yillar davomida ularning 
soni 11 taga etdi. Boshqacha aytganda, Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent islom 
instituti, 
Buxorodagi 
«Mir 
Arab», 
Toshkentdagi 
«Ko‘kaldosh», 
Qoraqalpog‘istondagi «Beruniy», Namangandagi «Mulla Qirg‘iz», Xorazmdagi 
«Faxriddin 
ar-Roziy», 
Andijondagi 
«Sayyid 
Muhyiddin 
Maxdum», 
Qashqadaryodagi «Xoja Buxoriy», Toshkentdagi «Xadichai Kubro» va Buxorodagi 
«Jo‘ybori Kalon» xotin-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurtlari va Imom al-Buxoriy 
nomidagi hadis ilmi markazidan iborat yaxlit diniy ta’lim tizimi yaratildi. 


2000–2001 o‘quv yilidan boshlab diniy ta’lim muassasalarida Oliy va o‘rta 
maxsus ta’lim vazirligi Kasb-hunar ta’lim markazining Davlat ta’limi standartlari 
bo‘limi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ta’lim standartlari va o‘quv rejasi asosida 
o‘qitish joriy qilindi. Sodda qilib aytganda, o‘quv yurtlarida diniy va dunyoviy 
ta’limning uzviyligi ta’minlandi. 
2000 yildan boshlab Toshkent islom instituti va o‘rta maxsus islom bilim 
yurtlari bitiruvchilarini O‘zbekiston musulmonlari idorasi yo‘llanmasi bilan rejali 
ravishda respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan masjidlarga ishga taqsimlash va 2001 
yil yanvar oyidan boshlab, ilk marta diniy bilim yurtlari talabalariga stipendiya 
berish joriy qilindi. 
YUqoridagi kabi o‘zgarishlarni boshqa konfessiyalar misolida ham ko‘rish 
mumkin. Xususan, 1998 yildan Toshkent Pravoslav hamda Samarqand Protestant 
seminariyalari faoliyat ko‘rsata boshladi, Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O‘rta 
Osiyo eparxiyasining 125 yilligi va Evangel-Lyuteran jamoasining 100 yilligi 
nishonlandi. 
Xulosa qilib aytganda, xalqimizning diniy va ma’naviy qadriyatlarining hozirgi 
demokratik jamiyat qadriyatlari bilan uyg‘unlashishi respublikamizning 
kelajakda yanada ravnaq topishi, jahon hamjamiyatiga qo‘shilishida muhim 
omillardan biri hisoblanadi. 
O’zbekistondagi diniy ta’lim haqida tasavvurni diniy ta’lim to’grisidagi 9-
modda o’zida ifodalaydi: 
9-MODDA. Diniy o’quv yurtlari. 
Diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari ruhoniylar va o’zlariga 
zarur bo’lgan diniy xodimlar tayyorlash uchun diniy o’quv yurtlari tuzishga haqli. 
Diniy o’quv yurtlari O’zbеkiston Rеspublikasi Adliya vazirligida ro’yxatdan 
o’tkazilib, tеgishli lisеnziya olganidan kеyin faoliyat ko’rsatish huquqiga ega 
bo’ladi. 
Oliy va o’rta diniy o’quv yurtlarida ta'lim olish uchun fuqarolar O’zbеkiston 
Rеspublikasining “Ta'lim to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq umumiy majburiy o’rta 
ta'lim olganidan kеyin qabul qilinadi. 


Diniy o’quv yurtlarida diniy fanlarni o’qitayotgan shaxslar diniy ta'lim olgan 
bo’lishlari va o’z faoliyatlarini tеgishli markaziy boshqaruv organining ruxsati bilan 
amalga oshirishlari lozim. 
Xususiy tartibda diniy ta'lim berish man etiladi O‘zbekiston rahbariyati 
mustaqillikning birinchi kunlaridanoq dinning jamiyat hayotidagi muhim o‘rniga 
muvofiq, buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan qadriyatlarni qayta tiklash 
asosida aniq va prinsipial chora-tadbirlar ko‘ra boshladi. Davlatning dinga yangicha 
munosabati “inson e’tiqodsiz yashay olmaydi” degan aniq ishonch asosida 
belgilandi. Bu tamoyil hozirgi kunga kelib “Alloh qalbimizda, yuragimizda” 
so‘zlarida ifodasini topmoqda. 
O‘z navbatida, “dunyoviylik” tamoyilini to‘g‘ri anglash, jamiyat va din 
orasidagi munosabatlarda muvozanatni saqlash lozim bo‘ladi. Zero, dinning 
jamiyatda o‘ziga xos o‘rni mavjud. Bu haqda O‘zbekicton Respublikasi Birinchi 
Prezidenti Islom Karimov tomonidan aytilgan quyidagi so‘zlarni keltirish muhimdir: 
“Dunyoviy va diniy qadriyatlar o‘rtasidagi nozik munosabatlarning mohiyatini har 
tomonlama to‘g‘ri tushuntirishimiz lozim. Tarix va hayot tajribasi shundan dalolat 
beradiki, dunyoviy va diniy qadriyatlar bir-birini to‘ldirmas ekan, 
bugungi kunning og‘ir va murakkab savollariga to‘laqonli javob topish oson 
bo‘lmaydi. SHu ma’noda, biz muqaddas dinimiz arkonlari va qadriyatlarini doimo 
ulug‘lab, shu bilan birga, dunyoviy hayotga ham qat’iy ishonch bilan intilib 
yashagan taqdirdagina o‘z ezgu maqsadlarimizga eta olamiz” 
Jamiyatni ma’naviy yangilashdan ko‘zlangan bosh maqsad - yurt tinchligi, 
Vatan ravnaqi, xalq erkinligi va farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, 
ijtimoiy hamkorlik va millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik kabi ko‘p-ko‘p 
muhim masalalardan iborat. Endigi eng dolzarb vazifamiz - bu jarayonlarning ilmiy-
nazariy asoslarini, ularning yangi-yangi qirralarini mukammal ochib berish, 
o‘quvchilarimiz, talabalarimizga, keng jamoatchilikka sodda, lo‘nda qilib 
tushuntirib berish va ularni yangi hayot, zamon talablariga javob beradigan jamiyat 
qurilishining faol va jo‘shqin ishtirokchilariga aylantirishdan iborat. 


Mustaqillik yillarida dinga yangicha qarash va munosabat natijasida biz uchun 
nisbatan yangi bo‘lgan dinshunoslik fani vujudga keldi. SHu sababdan mazkur fan 
bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalari yaratish zaruriyati muhim masalaga aylandi. 
Dinshunoslik fanini o‘qitishdan maqsad talabalarga dinning kelib chiqishi, 
evolyusiyasi, hozirgi davrdagi holati, insoniyat hayotida tutgan o‘rni haqida umumiy 
ilmiy tushunchalar berishdan iborat. 
Milliy va diniy qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy 
qadriyatlarga uyg‘unlashishi, hozirgi mustaqil O‘zbekiston sharoitidagi ahamiyati 
tushuntiriladi. 
Dinshunoslik fanining mazmuni talabalarda din, uning turli shakllari, 
ta’limotlari, yo‘nalishlari, mazhablari haqida to‘g‘ri ilmiy xulosalar chiqara 
oladigan, diniylik va dunyoviylik munosabatlarini asosli tahlil qila oladigan ilmiy 
dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. 
Bunga erishishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Vijdon erkinligi 
va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun, Jinoyat, Fuqarolik, Oila kodekslaridagi 
din va vijdon erkinligi haqidagi ko‘rsatmalar, qoidalar dasturul amal bo‘lib xizmat 
qiladi. 
Dinshunoslik fanini o‘qitish va o‘rganishning vazifasi quyidagilardan iborat: 
- dinshunoslikni o‘qitish va o‘rganish jarayonida chuqur ilmiylik, tarixiylik, 
xolislik tamoyillariga amal qilinadi; 
- talabalarning diniy ong darajasini hisobga olish, diniy his-tuyg‘ulariga 
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish talab etiladi. Dinni qo‘pol ateistik ruhda) 
tanqid qilish yoxud diniy va’zxonlik qilish, bir dinni ikkinchi dindan ustun qo‘yish 
qonunga zid ekanligi e’tiborga olinadi; 
- dinshunoslikdan ma’ruza, amaliy seminar) mashg‘ulotlariga tayyorgarlik 
ko‘rish va o‘tkazish jarayonida faqat o‘quv qo‘llanmasi, risolalarda muayyan 
mavzuga oid keltirilgan g‘oya, fikr-mulohazalar bilan chegaralanmasdan, balki 
diniy matnlar, birlamchi manbalar, mazkur din muqaddas kitoblari asosida tahlil 
qilinmog‘i maqsadga muvofiqdir; 


- talabalar mazkur fan mazmunini chuqur o‘zlashtirishlariga erishish ularda din 
haqida ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi, olgan bilimlari asosida konkret voqea va 
hodisalarga nisbatan ongli ravishda o‘z shaxsiy fikrlariga ega bo‘lishlarini 
ta’minlaydi; 
“Dinshunoslik” fani talabalarda din, uning turli shakllari, ta’limotlari, 
yo‘nalishlari, mazhablari haqida to‘g‘ri ilmiy xulosalar chiqara oladigan 
dunyoviylik va diniylik munosabatlarini asosli tahlil qila oladigan to‘g‘ri 
dunyoqarashni shakllantiradi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun, jinoyat, fuqarolik, oila 
kodekslaridagi din va vijdon erkinligi haqidagi ko‘rsatmalar, qoidalar dasturulamal 
bo‘lib xizmat qiladi. Din va qonun o‘zaro munosabatlarini to‘g‘ri anglash, 
respublikada demokratik huquqiy jamiyat qurish poydevorini mustahkamlashga 
xizmat qiladi. 
Mamlakatimizda talabalarga “Dunyo dinlari tarixi” fanini o‘qitish muhim 
masalalardan biriga aylandi. 
Dunyo xaritasida mavjud mamlakat borki, unda yashovchi xalqlarning o‘z dini, 
urf-odatlari va an’analari mavjud. Ana shu qadriyatlar xalqlarning yurish-turishi
kundalik faoliyati va umuman hayot tarzini belgilashda asosiy omil bo‘lib 
hisoblanadi. Dunyo xalqlari tarixini o‘rganishda ularning diniy qarashlari, e’tiqod 
va diniy amaliyotlarini e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas. “Dinshunoslik” 
fani ana shu muhim omilni tadqiq etib, tarix bilan bog‘liq ravishda tahliliy o‘rganadi. 
- ushbu fan talabalar yoki boshqa shaxslar muayyan xatti-harakatlarining davlat 
qonunlariga, vijdon erkinligi tushunchasiga mos yoki mos emasliklarini aniqlash 
imkoniyatini shakllantirishi lozim; 
- Mustaqil O‘zbekistonda din, diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan, dinga e’tiqod 
qilish yoki qilmaslik har bir kishining shaxsiy ishi ekanligi talabalarga tushuntiriladi. 
Din ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismlaridan biri sifatida uni 
siyosiylishtirishga yo‘l qo‘ymaslik lozimligini uqdirish kursning asosiy va muhim 
vazifalaridan biridir. 


“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun. Ushbu qonun 1991 
yilda qabul qilingan bo‘lib, 1993 yilda kiritilgan ba’zi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar 
bilan 1998 yilga qadar amalda bo‘lib keldi. 
1990-yillarning boshlarida hukumatimiz tomonidan berilgan imkoniyatlarning 
suiste’mol qilinishi, masjid qurish kampaniyaga aylanib ketishi oqibatida ularning 
soni 89 tadan 5000 tagacha etdi. Ularning aksariyati hujjatlari to‘liq 
rasmiylashtirilmagan, malakali imomlar bilan ta’minlanmagan (95,8% diniy 
ma’lumotsiz) va zarur sharoitlar bo‘lmagan holda faoliyat yurgizib, turli “peshvo”lar 
masjidlarni o‘z uyalariga aylantirishga harakat qildilar. 
Ba’zi diniy tashkilotlarning rahbarlari xorijiy fuqarolar bo‘lib, aslida hech 
qanday diniy ma’lumotga ega bo‘lmay, moliyaviy yordam ko‘rsatish hisobiga 
respublikamiz hududidagi diniy tashkilotlarga rahbarlik qilib olib, missionerlik 
faoliyati bilan shug‘ullanar edilar. Ularning asosiy maqsadi turli yo‘llar va usullar 
bilan bilan o‘z saflarini mahalliy millat vakillari hisobiga kengaytirishdan iborat edi. 
Davr talablari asosida “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi 
Qonunni tubdan o‘zgartirish zarurati tug‘ildi va 1998 yil 1 mayda u yangi tahrirda 
qabul qilindi. 
3-MODDA. Vijdon erkinligi 
Vijdon erkinligi – fuqarolarning har qanday dinga e'tiqod qilish yoki hеch 
qanday dinga e'tiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir. 
Fuqaro o’zining dinga, dinga e'tiqod qilishga yoki e'tiqod etmaslikka, ibodat 
qilishda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka
diniy ta'lim olishga o’z munosabatini bеlgilayotgan paytda uni u yoki bu tarzda 
majbur etishga yo’l qo’yilmaydi. 
Voyaga yеtmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, shuningdеk ularning 
ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda 
dinga o’qitishga yo’l qo’yilmaydi. 
Dinga e'tiqod qilish yoki o’zga e'tiqodlar erkinligi milliy xavfsizlikni va jamoat 
tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, axloqi, huquqi va erkinliklarini 
ta'minlash uchun zarur bo’lgan darajadagina chеklanishi mumkin. 


Chеt el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar O’zbеkiston Rеspublikasi 
fuqarolari bilan tеng ravishda vijdon erkinligi va diniy e'tiqod erkinligi huquqidan 
foydalanadilar hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun 
hujjatlarini buzganlik uchun qonunda bеlgilangan tarzda javobgar bo’ladilar. 
Qaffol shoshiy maqbarasi — Toshkent shahridagi meʼmoriy yodgorlik (16-
asr); Hazrati Imom (Hastimom) nomi bilan mashhur boʻlgan imom Abu Bakr 
Muhammad ibn Ali Ismoil Qaffol ashShoshiyga atab, uning qabri ustiga qurilgan. 
Dastlabki maqbara saqlanmagan. Q.Qaffol Shoshiy maqbarasi meʼmor Gʻulom 
Husayn 
tomonidan 1541—42 yillarda chorsi (25×26×5 
sm) 
pishiq gʻishtdan bunyod etilgan. Maqbarachorgoqtarxli (13,3×12,5 m), katta xona 
va uning toʻridagi sagʻanali xonadan iborat. Katta xona (6×6 m) ning uch 
tomoni peshtoqli, qoʻsh qavatli gumbaz bilan yopilgan. Bosh peshtoq va uning 2 
yonidagi burjlari anʼanaviy usulda. Maqbara burchaklarida 2 va 3 qavatli 8 yoqli 
va toʻrtburchak tarhli hujralar bor. Eshik tepasidagi kitobada maqbara qurilgan 
sana, 
meʼmor va xattotning nomi yozilgan; poygumbazidagi yozuvlar 
saqlanmagan. Maqbaraning tarzlari bezaksiz, derazalariga panjaralar ishlangan. 
Maqbara poliga mavjli qilib gʻishtlar yotqizilgan. Q.Qaffol Shoshiy maqbarasi 
asosida keyinchalik Hazrati Imom majmuasi vujudga kelgan. 

Document Outline

  • 1. MUSTAQILLIKKACHA BO’LGAN DAVRDAGI DINNING AHVOLI.
  • 2. MUSTAQILLIK DAVRIDA DIN SOHASIDAGI O’ZGARISHLAR
  • 3. DINIY TA’LIM TO’G’RISIDAGI QONUNLAR.

Yüklə 212,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin