Ttasi menejment,tibbiy biologiya, muhandislik va omh fakulteti O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi A. A. Subhonovaning Tibbiyotda xorijiy til fanidan “In and around the hospital” mavzusida tashkil etilgan ochiq dars bayоnnomasi
TTAsi menejment,tibbiy biologiya, muhandislik va OMH fakulteti O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi A.A. Subhonovaning Tibbiyotda xorijiy til fanidan “In and around the hospital” mavzusida tashkil etilgan ochiq dars BAYОNNOMASI Toshkent 9.10.2021 yil Qatnashdilar: O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi mudiri M.E Axmedova, dekan dots. Eraliyev U.E., katta o’qituvchilar: P.B. Tashkhodjaeva , Z.Sh. Akramova, Sh.M. Shirinqulova, M.A. Saydullaeva, o’qituvchilar: Sh.F. Shorakhimov, D. B. Holboeva, D.S. Abdullaeva, Sh.D. Abraeva, Q.Xojaahmatova, C. Zokirova, N. Djampulatova va boshqalar.
Kun tartibi 1.Tashkiliy qism.
2.Kafedra o‘qituvchisi A.A. Subhonovaning Tibbiyotda xorijiy til fanidan o‘tkazilgan ochiq darsni tinglash va kuzatish.
3.Ochiq darsning muhokamasi.
So’zga chiqdi kafedra mudiri M.E.Axmedova. O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasining o‘qituvchisi A.A. Subhonova 9.10.2021 yilda Tibbyotda xorijiy til fanidan “In and around the hospital” mavzusida ochiq dars o`tkazdi. Ochiq darsda 1-davolash fakulteti 1-bosqich 101-b guruh talabalari ishtirok etishdi. Dars rejada ko‘rsatilgan mavzu bo‘yicha olib borildi. Marhamat muhokama etamiz. So’zga chiqdi P.B. Tashxodjaeva. O‘qituvchida barcha me’yoriy hujjatlar mavjud. Dars jarayonida barcha talabalar faol ishtirok etishdi. Darsda zamonaviy pedagogik texnologiyalar PPT taqdimot tarqatma materiallar, “Aqliy hujum” ”Kichik guruhlarda ishlash” metodlardan foydalangan holda “Ta’rifni top”, “Mozayka” o‘yinlaridan unumli foydalanildi. Darsga qo‘yilgan maqsadga erishildi. Vaqt me’yoriga to‘liq amal qilindi. So’zga chiqdi Xolboyeva D.B. Mavzu yuzasidan elektron variantda ko‘rgazmali materiallar tayyorlangan. Dars mavzusi 80 daqiqani to‘liq qamrab oldi. Oxirgi 10 daqiqa davomida mavzu yuzasidan mustahkamlovchi savollar berildi.Talabalarga mustaqil o‘qish uchun adabiyotlar hamda qo‘llanmalar taqdim etildi.Talabalarni qiziqtirgan savollariga yetarlicha javoblar berildi. Dars yakunida fakultetda decani U.E. Eraliyev ochiq dars va o‘zaro darslarga kirish ishlari bo‘yicha mas’ul – Sh.A. Abdurashitova va fakultet dekan muovini S.G. Alimova, O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi P.B. Tashxodjaeva dars o‘tilishi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishdi.
Qaror qabul qilindi : 1. O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi o’qituvchisi A.A. Subhonovaning “In and around the hospital” mavzudagi ochiq darsi ijobiy baholansin.