Tteeaacchhiinngg anguage and literature scientific-methodological journal of the ministry



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/121
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#180566
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   121
elektron jurnal 7-son 2023

Аннотация:
в данной статье описаны этапы процесса работы над глаголами в начальных классах и роль и значение 
используемых в этом процессе современных дидактических игр.
Ключевые слова:
дидактика, игровая деятельность, действие, ситуация, программа, идея, практическое знание, 
умение, этап, внимание, категория, воображение, сознательное понимание, творчество.
Didaktik o‘yinlar o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga qaratilgan vosita hisoblanadi. U 
o‘quvchida fikrlash qobiliyatini, tasavvur doirasini hamda kreativlikni hosil qilishda yordam beradi. O‘yin faoliyatidan 
endigina ajralgan o‘quvchilarda mustahkam bilim, tushuncha, ko‘nikma va malakalar hosil qilishda asos bo‘lib 
xizmat qiladi. Fe’l so‘z turkumi mavzusini didaktik o‘yinlar bilan integratsiyalashdan oldin fe’l so‘z turkumiga 
xos bo‘lgan ma’lumotlar qaysi davrlarda(boshlang‘ich sinfning) o‘rganilishini tahlil qilish lozim. Chunki fe’l so‘z 
turkumi mavzusi tuzilish jihatdan biroz yirikroq va murakkabroq mavzu hisoblanadi. Tabiiyki, bolaga murakkab 
ma’lumotlarni ongli tushuntirish mushkul ish hisoblanadi. Shu sababdan bosqichlar kesimida taqsimlangan holatda 
so‘z turkumlari(jumladan, fe’l) haqidagi bilim, ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi. Fe’l so‘z turkumuni o‘rganish 
jarayoni quyidagi tartibda bo‘ladi: 
Boshlang‘ich sinflarda fe’l so‘z turkumi haqida tushuncha berish jarayoni birinchi sinfdan boshlansada, ushbu 
jarayonda bolaga chuqurlashgan holda ma’lumotlar berilmaydi. Faqat fe’l so‘z turkumiga oid so‘zlarning ma’nosiga 
to‘xtab o‘tiladi. Fe’l so‘z turkumini o‘rganishga ajratilgan vaqt 23 soatni tashkil qiladi[1]. Ushbu 23 soat davomida 
o‘quvchilarda quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanadi: 
1. Barcha so‘zlarning ma’nolarga ko‘ra guruhga ajralishi (ya’ni, bunda o‘quvchi fe’l so‘z turkumiga oid so‘zni 
ma’nosini anglagan holda “fe’l” guruhiga kiritadi. 
2. Fe’l so‘z turkumiga oid bo‘lgan so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri qo‘llay olishi (fe’llar ishtirokida gaplar 
tuzishi, ularni orfografik qoidalar asosida yoza olishi) kerak. 
3. Fe’l so‘z turkumi mavzusiga oid ikki yoki uchta gaplar tuza olishi, rasmlar asosida matn tuza olishi kerak. 
Uchinchi sinfda esa fe’l so‘z turkumi mustaqil so‘z turkumi sifatida o‘rgatila boshlanadi. Ushbu jarayonda 
quyidagilarga asosiy e’tibor qaratiladi: 
1. Harakat bajarilgan yoki bajarilmaganligi binoan fe’l so‘z turkumiga oid so‘zlarni bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar 
kabi guruhlarga bo‘lishi, ularni ongli ravishda ushbu guruhlarga kirita olish
2. -ma qo‘shimchasi vositasida bo‘lishli fe’llar asosida bo‘lishsiz fe’llar yasash qobiliyatining shakllanishi 
kabilarni tashkil qiladi. 
Eng oxirgi jarayon(boshlang‘ich sinflarda) to‘rtinchi sinfda ta’lim dasturi talablari asosida o‘quvchilarda quyidagi 
bilim, ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi: 
1. Fe’l so‘z turkumiga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlarni o‘rganish, tahlil qila olishi
2. Fe’l asosiy kategoriyalaridan biri zamon kategoriyalari haqida tushuncha hosil qilish; 
3. Fe’lning zamon kategoriyasi orqali tuslanishini o‘rganish; 
4. Barcha fe’llarni uch zamon doirasida tuslay olish ko‘nikmalarini shakllantirish kabilar hisoblanadi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga fe’l so‘z turkumi haqida tushuncha berishdan oldin har bir pedagog o‘z aql 
salohiyatiga va qobiliyatiga murojaat qilgan holda o‘quvchiga tez, ongli ravishda tushunishiga yaqinda xizmat 
qiluvchi usulni o‘ylashi kerak. Xorij ta’lim tizimidagi ilmiy tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, kichik yoshdagi bolalar, 
ayniqsa, endigina o‘yin faoliyatidan uzoqlashgan bolaga murakkab nazariy qoidalar emas, balki, amalda ko‘rsatilgan 
yo‘l-yo‘riqlar asosidagi bilimlar qiziqdir[2]. Shu o‘rinda Konfutsiyning bir mashhur gapiga to‘xtalib o‘tmoq joiz: 
“Men nimainiki eshitsam, tez unutaman. Nimaniki ko‘rsam, eslab qolaman”[3]. Birinchi sinfda o‘quvchiga fe’l so‘z 
turkumi haqida dastlabki tushunchalar berilgandan so‘ng, u o‘z nutqida shu bugunga qadar ishlatgan so‘zlarning 


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
55
2023-yil 7-son
Tadqiqot
ma’nosini (fe’l so‘z turkumiga oid bo‘lgan so‘zlar) tushuna boshlaydilar. Ushbu davrda bilimlarni ongli ravishda 
mustahkamlashning samarali yo‘li rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimida jadallik bilan o‘sib borayotgan “olingan 
bilimlarni hayotga qo‘llash” texnologiyasidir. Bunda pedagogdan talab qilinadigan yagona vazifa o‘quvchining ota-
onasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish jarayonidir. Agar ota-ona ushbu davrda farzandlarining harakatlarini faqatgina 
kuzatsalar, farzandlarining bilim olish jarayonidagi to‘siqlar o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Ammo shuni ta’kidlab o‘tish 
joizki, o‘qituvchi o‘quvchilarga fe’l so‘z turkumi haqida tushuncha berganidan keyin o‘zlarining har bir qilayotgan 
ishlarini, harakatlarini yozib kelishlarini aytishi lozim. Bu jarayonda kichik yoshdagi bola, birinchi navbatda, o‘z 
xatti-harakatlarini tahlil qilishni o‘rganadi, ikkinchidan, fe’l so‘z turkumiga oid so‘zlarni ongli ravishda tushuna 
boshlaydi. Yoki ushbu amalning teskarisi sifatida bugun daftarga yozilgan fe’llarni (harakatlarni) o‘quvchiga amaliy 
bajartirish hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan ilmiy qarashlardan so‘ng, o‘qituvchi fe’l so‘z turkumining nima ekanligi 
to‘g‘risida va nima uchun bolalarga fe’llarni o‘rgatish muhimligi to‘g‘risida bilganidan keyin ushbu turkumga oid 
harakat so‘zlarni ishlatishga yordam beradigan qiziqarli o‘yin mashg‘ulotlarini ishlab chiqishi maqsadga muvofiqdir. 
Ayniqsa, yosh bolalar uchun.Nazariy tushuncha sifatida o‘quvchilarga fe’l so‘z turkumi o‘ziga xos tarzda harakat-
holatni ifodalashi aytib o‘tilishi kifoya (sinf bosqichiga qarab chuqurlashib boraveradi). Shunday bir didaktik o‘yinlar 
borki, u kichik yoshdagi bolaga o‘zi xohlamagan ravishda quvnoqlik baxsh etadi. “Uchburkcha bo‘ylab harakatlan” 
didaktik o‘yini fikrimizning yorqin isbotidir. Ushbu o‘yin uchta fan integratsiyasi asosida yaratilgan. Ular: 
1. Ona tili va o‘qish savodxonligi 
2. Musiqa (musiqa ohangida harakat qilinadi) 
3. Matematika (uchburchak). 
O‘yinni tashkil qilishda u, albatta, mavzu mohiyatiga xos bo‘lishi lozim. Ya’ni o‘yinda qo‘yiladigan shart va 
o‘yin tuzilmasi bir-birini rad etmasligi lozim. Uchburchak uch tomondan tashkil topgani bois mavzudagi tayanch 
tushunchalar ham uchta bo‘lishi talab etiladi. Bundan kelib chiqadiki, fe’l zamonlarini o‘quvchiga o‘rgatayotgan 
davrda ushbu o‘yinni qo‘llash maqsadga muvofiq. Uchburchakning uch tomonini uchta zamonga moslab nomlab 
olinadi. Musiqa qo‘yilib, o‘quvchilardan ixtiyoriy ravishda doskaga chiqishlari so‘raladi. Musiqa to‘satdan to‘xtatilib, 
fe’l so‘z turkumiga oid bir so‘z o‘qib eshittiriladi. O‘quvchilarni so‘zni eshitgan zahoti qaysi zamon shaklida ekanligini 
ongli ravishda tushunib, shu zamon nomi bilan nomlangan uchburchak tomoniga borib, harakat qiladilar. To‘g‘ri, 
bu jarayonda ba’zi tushunchalarni tushunmagan o‘quvchilar boshqa o‘rtoqlariga qarab bajaradilar deyish mumkin. 
Lekin bola shu tariqa o‘rganishni boshlaydilar. Ko‘rish qobiliyati orqali tez eslab qoladi. 

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin